QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14K subscribers
24.1K photos
2.72K videos
7 files
9.48K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
YANGI NAV – YANADA KO‘PROQ DAROMAD DEMAK

🔰Agrar sohadagi ilg‘or tashabbuslar bilan tanishish, ularni amaliyotga joriy etish maqsadida ikki kun avval Sirdaryo viloyatida bo‘lgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ayni damda ishchi tashrif bilan Qashqadaryoda.

Joylarda agrar sohadagi islohotlarning ijrosini ta’minlash, mavjud muammolarni joyida o‘rganib ularning yechimlarini ishlab chiqishni maqsad qilgan vazirning ilk tashrifi “Koson elita urug‘chiligi laboratoriyasi” MCHJ bo‘ldi. Bu yerda Aziz Voitov urug‘chilik fermer xo‘jaliklari uchun tashkil etilgan o‘quv-amaliy seminarda ishtirok etdi.

Qashqadaryo viloyatida 11 ming gektar yer urug‘ qadashga tayyorlab qo‘yilgan. Viloyatda ushbu hudud sharoitiga moslashtirilgan 37 navdagi urug‘ sinovdan o‘tkazilib, ekilayotgani tadbirda ta’kidlandi.
*****
НОВЫЙ СОРТ — ЕЩЁ БОЛЬШИЙ ДОХОД

🔰Министр сельского хозяйства Азиз Воитов, побывавший два дня назад в Сырдарьинской области для ознакомления с передовыми инициативами и ходом претворения их в жизнь, сегодня находится в Кашкадарье с рабочим визитом.

Первым адресом в программе посещения руководителя министерства, призванного обеспечить реализацию реформ в агропромышленном комплексе, изучить существующие проблемы и выработать пути их решения на месте, стало ООО «Косон элита уругчилиги лабораторияси». Здесь Азиз Воитов принял участие в учебно-практическом семинаре, организованном для семеноводческих хозяйств.

Под посев семенного материала в Кашкадарьинской подготовлено 11 тысяч гектаров земель. На мероприятии отмечалось, что 37 сортов семян, адаптированных к условиям данного региона, проходят испытания и высаживаются в регионе.

#tashrif #urugchilik #seminar #agrotex_klaster #Qashqadaryo #визит #семеноводство #семинар #Кашкадарья

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MIRISHKOR: CHO‘L HUDUDIDAGI IMKONIYATLAR MASKANI

🔰Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Qashqadaryo viloyatiga ishchi tashrifi davomida navbatdagi manzil Kasbi tumani bo‘ldi. Tumandagi "Indorama" MCHJ klasteriga qarashli dala maydonida sifon usulida sug‘orish amaliyoti ko‘zdan kechirildi.

Bugungi kunda ko‘plab xorijiy davlatlar qishloq xo‘jaligida suv taqchilligi muammosiga suv tejovchi texnologiyalar orqali yechim topmoqda. Masalan, Isroilda 75-80 foiz ekin maydonlari tomchilatib sug‘orish tizimiga o‘tkazilgan. E’tiborlisi, O‘zbekistonda ham bu tizim ommalashib, so‘nggi yillarda 400 ming gektarda tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalari joriy qilindi.

👉Batafsil
*****
МИРИШКОРСКИЙ РАЙОН: НОВЫЕ ВОЗМОЖНОСТИ В СТЕПНОЙ МЕСТНОСТИ

🔰Касбинский район стал следующим пунктом в программе рабочего визита министра сельского хозяйства Азиза Воитова в Кашкадарьинскую область. Состоялось знакомство с практикой сифонного орошения, используемого кластером ООО «Indorama».

Многие зарубежные страны давно осознали, что  решение проблемы дефицита воды в сельском хозяйстве возможно исключительно за счет водосберегающих технологий. Например, в Израиле система капельного орошения внедрена на 75-80 процентах орошаемых земель. Не случайно этот и другие методы получили признание и в Узбекистане, где за последние годы на 400 тыс гектаров внедрены технологии капельного и дождевого орошения.

👉Подробнее

#tashrif #suv_tejovchi_texnologiyalar #seminar #tomat_pastasi #klaster #Qashqadaryo #визит #капельное_орошение #семинар #Кашкадарья #томатная_паста

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YERNI LAZERLI TEKISLASH: SUV TEJALADI, QO‘L MEHNATI KAMAYADI

🚜Ishchi tashrif bilan Qashqadaryoda bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning  tumanlardagi agrar soha obyektlari bilan tanishayotgani haqida xabar bergan edik.

Kunning ikkinchi yarmida Aziz Voitov boshchiligidagi ishchi guruh viloyatning Kasbi tumani “Navro‘z” MFY hududidagi “Indorama” korxonasiga qarashli dala maydonida bo‘ldi.

Ishchi guruh dastlab, yerni lazer yordamida tekislash jarayonlarini ko‘zdan kechirishdi. Bu yerda eng so‘nggi texnologiya asosida yerni tekislash ishlari amalga oshirilmoqda. Eʼtiborlisi, lazerli uskuna yordamida yer yuzasi bitta sathda olinadi. Ushbu amaliyot hosildorlikni oshirish, maydondagi suv taqsimotini bir meʼyorda amalga oshirish, ekinlarning vegetatsiya davrini to‘liq nazorat qilish uchun muhim hisoblanadi.
*****
ЛАЗЕРНОЕ НИВЕЛИРОВАНИЕ ПОЧВЫ: ЭКОНОМИЯ ВОДЫ, СОКРАЩЕНИЕ ОБЪЕМОВ РУЧНОГО ТРУДА

🚜Как уже сообщалось, министр сельского хозяйства Азиз Воитов, находящийся в Кашкадарье с рабочим визитом, продолжает знакомство с объектами агросферы в районах области.

Во второй половине дня рабочая группа во главе с Азизом Воитовым посетила поля компании «Индорама» на территории СГГ «Навруз» Касбинского района.

Рабочая группа смогла оценить процесс лазерного выравнивания поверхности почвы. Работы проводятся по новейшей технологии. Заметим, что поверхность снимается на одном уровне с помощью лазерного оборудования. Подобный метод важен для повышения урожайности, равномерного распределения воды в поле и полного контроля за вегетационным периодом сельскохозяйственных культур.

#tashrif #yerni_lazer_yordamida_tekislash #klaster #jarayon #Qashqadaryo #визит #лазерное_выравнивание #процесс #Кашкадарья

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalar asosida faoliyat yuritayotgan korxonalar ko'p.
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni qanchani tashkil qiladi, deb o‘ylaysiz?
Final Results
25%
257 ta
28%
420 ta
22%
500 ta
34%
1200 ta
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI pinned «O‘zbekiston iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalar asosida faoliyat yuritayotgan korxonalar ko'p.
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni qanchani tashkil qiladi, deb o‘ylaysiz?
»
В экономике Узбекистана много предприятий, работающих на основе иностранных инвестиций. Как вы думаете, сколько предприятий с участием иностранного капитала работает в области сельского, лесного и рыбного хозяйства?
Final Results
22%
257
29%
420
17%
500
46%
1200