QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.5K photos
2.52K videos
5 files
8.34K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#patisson #konserva #ozuqa
KONSERVA SANOATI VA CHORVACHILIKDA PATISSONNING QO‘LLANILISHI

🥗 Patisson qovoqchali sabzavot ekinlariga kirib, ularning 2-4 kunlik yosh meva (tuguncha)lari sirkalash uchun, yetilmagan mevalari oshxonalarda va konserva sanoatida qo‘llaniladi, yetilgan yirik mevalari esa chorva mollariga shirali ozuqa sifatida beriladi.
👉 Batafsil
———
ПРИМЕНЕНИЕ ПАТИССОНА В КОНСЕРВНОЙ ПРОМЫШЛЕННОСТИ И ЖИВОТНОВОДСТВЕ

🥗 Патиссон относится к кабачковым овощным культурам. Молодые 2-4 дневные плоды используют для маринования. Незрелые плоды на кухнях и консервном производстве. Зрелые крупные плоды дают в качестве сочного корма скоту.
👉 Подробнее

Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
RAPS – CHORVA MOLLARI UCHUN OQSILGA BOY O‘SIMLIK

🌿Ma’lumki, chorvachilikni rivojlantirish mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning ustuvor vazifasi sanaladi. Shu bois yurtimizda chorvachilikni rivojlantirish, bu borada tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishga ustuvor ahamiyat qaratilayotgani bejizga emas.

Mutaxassislar tomonidan chorvadorlarga ozuqabop o‘simliklarni ekish borasida ko‘pgina tavsiyalar berilmoqda. Xususan, so‘nggi paytlarda raps o‘simligining chorva uchun kalloriyaga boy ozuqa hisoblanishi ta’kidlanmoqda.

Rapsning urug‘ hosili yuqori bo‘lib, gektaridan 30-40 sentnergacha bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari urug‘ tarkibida 45-48 foiz miqdorida moy va 22-25 foiz oqsil mavjud. Shuningdek ko‘k massasi tarkibida 3-4 foizgacha oqsil bo‘ladi.

#qishloq_xojaligi #chorvachilik #raps #oqsil #yashil_massa #ozuqa
*****
РАПС – БОГАТОЕ МАСЛОМ, БЕЛКОМ И КЛЕТЧАТКОЙ РАСТЕНИЕ ДЛЯ ЖИВОТНОВОДСТВА

🌿Уровень развития животноводства напрямую влияет на процесс обеспечения продовольственной безопасности нашей страны. Не случайно, отрасль, имея столь приоритетное значение, находится в орбите внимания государства, особенно в части создания условий для увеличения числа предпринимательских структур.

Специалисты дают немало рекомендаций животноводам по высадке питательных для животноводства культур. В частности, становится очевидно, что рапс является одним из самых высококалорийных видов кормов для крупного рогатого скота.

Урожайность семян рапса высокая и может достигать 30-40 центнеров с гектара. Кроме того, семена содержат 45-48 процентов масла и 22-25 процентов белка. Также, помимо этого, 3-4 процента зелёной массы содержат белок.

#сельское_хозяйство #животноводство #рапс #белок #зелёная_масса

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
CHORVACHILIKNING ISTIQBOLINI BELGILOVCHI OMIL

🔰Ayni paytda Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov joylarda qishloq xo‘jaligidagi islohotlarning izchilligini ta’minlash, olib borilayotgan ishlar samaradorligini ko‘zdan kechirish maqsadida Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi.

Dastlab, vazir “Buxoro Agroklaster Chorva” MCHJ faoliyati bilan tanishdi.

Ushbu chorvachilik kompleksining tashkil etilganiga uch yilgina bo‘lishiga qaramay bugungi kunda respublikadagi boshqa chorvachilik komplekslariga na’muna bo‘lib kelmoqda. Ilm va innovatsiyani to’gri joriy qila olish chorvachilik sohasining keyingi istiqbolini belgilovchi omil ekanligiga mana shu yerda guvoh boʻlasiz. Chorva mollarini musiqa qo’yish orqali parvarish qilish, ularni boqishda gigienik talablarga qat’iy rioya qilish, maxsus oziqlantirish ratsioni bu yerda amaliyotga puxta joriy etilgan.

Bugungi kunda chorvachilik majmuasida jami 3 000 bosh sut va go‘sht yo‘nalishidagi qoramollar parvarishlanib kelinmoqda. Shundan 1 000 bosh Golshtin, Simmental va Shvis zotli sog‘in sigirlardir. Naslchilik seleksiya ishlarini keng ko‘lamda tashkil etish maqsadida hozirda bu yerda Angus va Belgiya zotli qoramollar ham keltirilib parvarishlanmoqda.

Bir bosh sog‘in sigirdan o‘rtacha 28 litr kunlik esa jami 28 tonna sut olishga erishildi.

Shuningdek, bu yerda intensiv gidroponika usulda yashil ozuqa yetishtirish ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 1 kg bug‘doydan 7 kg yashil ozuqa, kunlik esa 3 tonna 800 kg yetishtirib berilmoqda.

Bundan tashqari chorva mollarining ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida chorvachilik kompleksiga 400 gektar ozuqa ekin yer maydoni ajratilgan bo‘lib beda, silos va don uchun makkajo‘xori va oraliq ekinlardan roj bilan tritikali ekib kelinmoqda.

#tashrif #vazir #chorvachilik_kompleksi #qoramol #Chorvadorlar_maktabi #intensiv_gidroponika #ozuqa_bazasi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM