QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.76K videos
7 files
9.73K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
📈Qishloq tumanlarida saqlash, qayta ishlash infratuzilmasi rivojlandi. Quvvati 900 ming tonnali 66 ta yangi zamonaviy agrologistika markazlari va 13 mingta qayta ishlash korxonalari ishga tushdi. Muzlatkichli va saqlash omborxonalari quvvati 1,5 mln tonnaga yetib, 2,5 barobarga oshdi.

2030-yillarda 100 ta agrologistika markazlari tashkil etilib, jami 165 taga, quvvati 3,5 mln tonnaga (o‘sish - 3,5 baravar) yetadi. Bunga XMIlardan 252 mln dollar yo‘naltiriladi.

2025-yilgacha OTBning 197 mln dollar mablag‘lari hisobidan Toshkent (110 mln.doll), Samarqand (45 mln.doll) va Andijon (32 mln.doll) viloyatlarida jami quvvati 1,7 mln tonnali 3 ta yirik zamonaviy agrologistika komlekslari tashkil etiladi.

#xalqaro_konferensiya #vazir #oziq_ovqat_xavfsizligi #omborxonalar #muzlatkichlar #agrologistika_komlekslari

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoz deganda yodimda –
Qolar tog‘ning jilg‘asi.
Tog‘ning tiniq osmoni-yu,
Bolajonlar kulgusi.

#kun_fotosi #yoz
*****
Чем остается в памяти
Лето, проведенное мной?
Это – горный ручеек
Да небо, чистое, как смех детворы.

#фото_дня #лето

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
XALQARO KONFERENSIYA QIZG‘IN O‘TDI

🔰“Barqaror rivojlanish maqsadlari: oziq ovqat xavfsizligi va suv ta’minoti”
xalqaro konferensiyasi dolzarb va qiziqarli chiqishlarga boy bo‘ldi.

Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, mamlakat barqaror rivojlanishida oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohalarining salmoqli o‘rin tutishi haqida to‘xtaldi.

Bugun global miqyosda kechayotgan tabiiy-iqlim jarayonlarida oziq-ovqat xavfsizligi har qachongidan ham ko‘ra muhimroq o‘rin tutmoqda. Suv resurslarining qisqarishi, suvga talabning o‘sib borishi qishloq xo‘jaligida tegishli chora-tadbirlarni ko‘rishni, suv tejamkor texnologiyalarni keng tatbiq etishni taqozo qilmoqda.
*****
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ ПРОШЛА В КОНСТРУКТИВНОМ РУСЛЕ

🔰Международная конференция «Цели устойчивого развития: продовольственная безопасность и водоснабжение» вобрала в себя множество самых актуальных и интересных выступлений и точек зрения.

Министр сельского хозяйства Азиз Воитов в своем вступительном слове остановился на важной роли развития сельского хозяйства и обеспечения продовольственной безопасности в устойчивом и поступательном движении вперёд всего Узбекистана.

Сегодня тема продовольственной безопасности как никогда актуальна в природно-климатических процессах, происходящих в глобальном масштабе. Сокращение водных ресурсов и растущая потребность в воде требуют принятия соответствующих и действенных мер в плане более широкого применения водосберегающих технологий.

#xalqaro_konferensiya #suv_taminoti #Qishloq_xojaligi_vazirligi #международная_конференция #Министерство_сельского_хозяйства

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘LKAMIZDA BU MAVSUMDAGI ILK PAXTA OCHILDI

Surxondaryoda xizmat safarida bo‘lib turgan ijodiy guruhimiz mana shunday sevinchli voqeaning guvohi bo‘ldi.

Ijodiy guruh Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Abdumo‘min Jo‘raev” fermer xo‘jaligiga kelganda, fermer ularni xushxabar bilan kutib oldi – ayni shu kunlarda xo‘jalikda ilk paxta ochilibdi. Dalani aylanar ekansiz, g‘o‘zalarning qaddi tikligi, har birida 15-20 tadan ko‘sak mavjudligi yuqori hosildan darak berayotganligini anglaysiz.

“2023-yil mavsumida paxtaning “Sulton” elita navini ekkanmiz. Ekish ishlarini 19-mart kuni boshladik, o‘z vaqtida sug‘orib, agrotexnik tadbirlarini amalga oshirdik. Mana, natijasini ko‘rib turibsiz. Paxtaning barvaqt pishishi yig‘im-terim ishlarini erta boshlash va sifatli hamda mo‘l hosil olish imkonini beradi”, - deydi fermer Abdumo‘min Jo‘raev.

Ha, Surxon oftobining tafti va voha mirishkorlarining oqilona mehnati samarasi o‘laroq pishib yetilgan paxtalarni ko‘rar ekansiz, asta “yetkazganiga shukr”, deb qo‘yasiz.

#paxta #fermer_xojaligi #Surxondaryo

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
В УЗБЕКИСТАНЕ ПОКАЗАЛИСЬ НА СВЕТ ПЕРВЫЕ КОРОБОЧКИ ХЛОПКА

Наша творческая группа, будучи в командировке в Сурхандарье, стала свидетелем этого запоминающегося события.

Дело в том, что, когда журналисты прибыли в фермерское хозяйство «Абдумумин Джураев» Джаркурганского района, фермер буквально с порога поделился с ними радостной новостью – в хозяйстве созрел первый хлопок. Прогуливаясь по полю, нетрудно понять, что хлопчатник вырос высокий, стройный, а наличие 15-20 коробочек на каждом кусте это не что иное, как предпосылки для высокого урожая.

«В сезоне 2023 года мы посадили элитный сорт хлопчатника «Султан». К посадке приступили 19 марта, вовремя орошали и проводили агротехнические мероприятия. И вот результат. Раннее созревание хлопчатника дает возможность раньше начать уборку и получить качественный и обильный урожай», — говорит фермер Абдумумин Джураев.

Да, когда перед вами хлопок, созревший в лучах солнца Сурхана, и который является плодом большого труда, невольно начинаешь думать о незыблемых ценностях, о том, что всё, что ни делается, к лучшему.

#хлопок #фермерское_хозяйство #Сурхандарья

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
NIDERLANDIYA BILAN HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA ETILDI
🇺🇿🤝🇳🇱
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Niderlandiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Andre Karstens bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Niderlandiya elchisi uning mamlakati O‘zbekiston bilan qishloq xo‘jaligi sohasidagi aloqalarni kengaytirish niyatida ekanligini bildirdi. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini mintaqadagi eng jo‘shqin taraqqiy etayotgan, ishonchli bozor deya ta'rifladi va Niderlandiya qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanligini izhor qildi.

Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ikki mamlakat o‘rtasida agrar sohadagi hamkorlik aloqalari keyingi yillarda jadal rivojlanayotganligini qayd etib, munosabatlar ko‘lamini yanada kengaytirish uchun imkoniyatlar yetarli ekanligini ta'kidladi.

Elchi niderlandiyalik biznes doiralari O‘zbekiston agrar sohasiga katta qiziqish bildirishlari, jumladan bog‘dorchilik, suv resurslaridan oqilona foydalanish, agrotexnika va texnologiyalar borasida hamkorlik niyatida ekanliklarini yetkazdi.
*****
ОБСУЖДЕНЫ ПЕРСПЕКТИВЫ СОТРУДНИЧЕСТВА С НИДЕРЛАНДАМИ
🇺🇿
🤝🇳🇱
Министр сельского хозяйства Республики Узбекистан Азиз Воитов провел встречу с Чрезвычайным и Полномочным Послом Нидерландов в Узбекистане Андре Карстенсом.

На встрече руководитель дипломатического представительства в нашей стране заявил, что его страна намерена расширять спектр сотрудничества в агропромышленном комплексе с Узбекистаном.

Особое внимание уделялось выращиванию не только традиционных, но и других видов сельскохозяйственных культур, включая создание теплиц, специализирующихся на цветоводстве.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #qishloq_xojaligi #issiqxonalar_faoliyati #Ozbekiston #Niderlandiya #FAO #международное_сотрудничество #министр #теплицы #Узбекистан #Нидерланды #ФАО

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
XALQARO DAVRA SUHBATI QIZG'IN O'TMOQDA

🔰Ayni damda Toshkent shahrida “Qishloq xo‘jaligi yerlariga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish, ularni bozor aktiviga aylantirish hamda yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish” mavzusidagi xalqaro davra suhbati boshlandi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov so‘nggi yillardagi degradatsiya oqibatlari yaylovlar hosildorligining pasayishiga, o‘simliklar bioxilma-xilligi va chorva mollari ozuqa bazasining kamayib ketishiga sabab bo‘layotganiga to‘xtalar ekan, bu holatning oldini olish va bartaraf etishda xalqaro tajribalarni amaliyotga joriy etishning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi.

#xalqaro_davra_suhbati #qishloq_xojaligi #vazir #FAO

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Biroz avval xabar berganimizdek, Toshkentda o‘tkazilayotgan "Qishloq xo‘jaligi yerlariga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish, ularni bozor aktiviga aylantirish hamda yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish" mavzusidagi xalqaro davra suhbati davom etmoqda.

Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ham qatnashib, mavzu doirasida o‘z fikrlarini bildirdi:

"Hammamizga maʼlumki, bugun insoniyat oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri bu global iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga kelayotgan qurg‘oqchilik, cho‘llanish va degradatsiya masalalaridir. Avvalgi tadbirlarimiz yaylovlarni muhofaza qilish masalalariga bag‘ishlangandi. Bugun esa mavzuni kengaytirib, yer islohotlarini ham qo‘shdik. Yaʼni yerga bo‘lgan huquq va uni kuchaytirish orqali tadbirkorlarimiz hamda yer egalarining mulkiga bo‘lgan investitsiyani ko‘paytirish va bu orqali yerlar degradatsiyasining oldini olish bo‘yicha ishlarni muhokama qilish uchun ushbu davrada yig‘ildik. Shu o‘rinda bir masalani aytib o‘tish kerakki, respublikamizning qariyb 60 foizini qishloq xo‘jaligi yerlari tashkil etadi. Shundan 21 mln gektari bu tabiiy yaylovlardan iborat va ularda chorvachilik, ipakchilik, asalarichilik kabi qishloq xo‘jaligi tarmoqlari muhim ahamiyat kasb etadi, ulardan ozuqa bazasi sifatida foydalanilmoqda. Bugungi davra suhbatida juda ko‘p olimlarimiz mavzu dorasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishmoqda, muammoga birgalikda yechim topishga harakat qilamiz".

#xalqaro_davra_suhbati #qishloq_xojaligi #vazir #investitsiya #yerlar_degradatsiyasi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗣Xalqaro davra suhbatida ta’kidlanganidek, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Global Ekologik Jamg‘armasi (GEF) tomonidan moliyalashtirilgan loyihalarni amalga oshirish orqali yaylovlarni barqaror boshqarish, ekotizimni saqlash, yerlarning degradatsiyasi, qurg‘oqchilik va sho‘rlanishga qarshi kurashishga katta hissa qo‘shmoqda.

Tadbir davomida Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ning katta maslahatchisi Nariman Nishanov OAV vakillariga intervyu berar ekan quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi:

“O‘zbekiston Respublikasida yaylovlarning o‘rni va ahamiyati juda muhim. Nega deganda, mamlakatdagi qishloq xo‘jaligi yerlarining qariyb 21 mln gektari yaylovlardan iborat bo‘lib, ular hozirgi kunda turli darajadagi degradatsiya yaʼni tanazzulga uchrash jarayonida turibdi. Ularni asrab qolishga qaratilgan bir qator texnologiyalar mavjud. Hozirgi kunda shuningdek, qurg‘oqchilikka qarshi o‘simliklar turlarini ko‘paytirish, yaylovlardagi mavjud yashil qoplamni tiklash, chorvachilikning salbiy taʼsirini kamaytirishdan iborat bo‘lgan bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Fermer xo‘jaliklari uchun ham iqlim o‘zgarishining oldini olish va yaylovlardan oqilona foydalanishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar o‘tkazilmoqda”.

#xalqaro_konferensiya #qishloq_xojaligi #FAO

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Joriy yilning 6-iyul kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Barqaror rivojlanish maqsadlari: oziq ovqat xavfsizligi va suv ta‘minoti” xalqaro konferensiyasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ham qatnashib, “Аgrar sohani 2023-yilgacha rivojlantirish bo‘yicha imkoniyat va istiqbollari” mavzusida taqdimot qildi.

Konferensiyadan so‘ng Kun.uzsayti muxbiri Ilyos Safarov Qishloq xo‘jaligi vaziri bilan kichik intervyu uyushtirib, muhim savollarga javob oldi.

#xalqaro_konferensiya #vazir #Qishloq_xojaligi_vazirligi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SOYA URUG‘INI YETISHTIRISHDAGI ANGORLIK PESHQADAM

🌱Respublikada 2023-yil hosili uchun fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan jami 102,7 ming gektar ochiq maydonga soya ekildi.

Ushbu maydonlarga ekish uchun 9,3 ming tonna soya urug‘ligi talab etilishi hisob-kitob qilinib, urug‘liklar “O‘zdonmahsulotlari” AKning hududiy don korxonalari tomonidan soya yetishtiruvchilarga shartnoma asosida yetkazib berildi.

Mazkur maydonlarda 142,7 ming tonna soya doni yetishtirilishi prognoz qilinmoqda. Ushbu soya donidan 24 ming tonna soya moyi va 107 ming tonna soya shroti ishlab chiqish imkoniyati yaratiladi.
*
АНГОРЦЫ В ЛИДЕРАХ ПО ВЫРАЩИВАНИЮ СЕМЯН СОИ

🌱Под урожай 2023 года соя в общей сложности была засеяна под открытым небом фермерскими хозяйствами и сельхозпредприятиями на площади 102,7 тыс. га.

Подсчитано, что для посева потребуется 9300 тонн семян сои. Необходимый объем семенного материала доставлен районными предприятиями АК «Уздонмахсулот».

Прогнозируется, что будет выращено 142,7 тыс. тонн сои. Таким образом можно будет произвести 24 000 тонн соевого масла и 107 000 тонн соевого шрота.

#soya #oziq_ovqat #fermer_xojaligi #sabzavotchilik #polizchilik #Ozdonmahsulotlari #соя #фермерское_хозяйство #Уздонмахсулот

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“BONAFARM GROUP” PARRANDACHILIK KLASTERINI TASHKIL ETISH INVESTITSIYA LOYIHASINI BOSHLADI

🤝Joriy yilning 6-iyul kuni Qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov va Vengriyaning “Bonafarm Group” kompaniyasi bosh direktori Attila Chanyi oʻrtasida onlayn muloqot boʻlib oʻtdi.

Samimiy va do‘stona ruhda oʻtgan muloqot avvalida vengriyalik hamkorlar O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasidagi bugungi jadal yig‘im-terim ishlariga qiziqishlarini bildirdilar.

Shundan so‘ng kompaniya vazirlikka mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasiga sarmoya kiritish shartlari, qiymati va ular ko‘rsatilgan yozma taklifni yaqin kunlarda kiritish niyatida ekanligini bildirdi.

Muloqot chog‘ida, avgust oyi oxiriga qadar loyiha doirasida ishchi guruh shakllantirilib, har ikki tomondan aniq vakillar biriktirilishi kerakligi ham ta’kidlandi.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, “Bonafarm Group” kompaniyasi 2009-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Vengriyadagi chorvachilik, sut, vinochilik va parrandachilik sohalarida faoliyat yurituvchi eng yirik agro-oziq-ovqat guruhidir.

Ushbu yirik kompaniyaning savdo aylanmasi 1,9 milliard dollarni tashkil etadi. Bugungi kunda kompaniyada 8400 dan ortiq xodim va mutaxassislar mehnat qilishmoqda.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #klaster #parrandachilik #video_konferensiya

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM