O‘ZBEKISTON – FURSATDAN UNUMLI FOYDALANADIGAN INSONLAR YURTI
🔰Aziz Voitov sohada kechayotgan islohotlarning bevosita joylardagi ijrosini ko‘zdan kechirish maqsadida navbatdagi tashrifini Navoiy viloyatiga amalga oshirdi.
Aytib o‘tishimiz joizki, Navoiy qishloq xo‘jaligida o‘ziga xos maktab va o‘ziga xos o‘ringa ega. Bu borada tuman mehnatkashlari paxta deymizmi, g‘alla deymizmi yoki meva-chevalarmi – har sohada yuzlari yorug‘ bo‘lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo‘lishi uchun tinimsiz mehnat qilmoqdalar.
Birgina misol: dastavval Xatirchi tumanidagi yangi tashkil etilgan “Navoiy Fayzkom tekstil” misolida ko‘radigan bo‘lsak, ayni paytda bu yerda 450 ta ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, ip-kalava ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Endi esa bu yerda to‘quv, bo‘yash va tayyor mahsulot ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Bunda esa yana qo‘shimcha 550 ta ish o‘rni yaratiladi. Demakki, bitta loyiha mingta hamyurtimizni doimiy ish o‘rni bilan ta'minlaydi. Shu o‘rinda aytib o‘tsak, 8,7 gektarda qad rostlagan ushbu majmuada bugungi kunda bozorgir bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Korxonada kuniga 15 tonna kalava chiqarilayotgan bo‘lsa bu oyiga 450 tonna demakdir. Eng asosiysi, mahsulotlar bugungi kunda Rossiya, Polsha, Turkiya kabi mamlakatlarga yo‘l olmoqda.
#qishloq_xojaligi #vazir #tashrif #tekstil #ip_kalava #eksport #Navoiy
Vebsayt • Telegram • Facebook • YouTube • Instagram