QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.84K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
BALIQ EMAS-QARMOQ BERISH LOZIM

🌱Sarlavhamizdan baliqchilikka bo‘lgan yondoshuv kutmang. Biz ayni kunda xalqning boy va ma'mur yashashi uchun qilinayotgan harakatlar mana shu mezonga asoslanishini nazarda tutdik. Zero barcha ishlar tashkiliy va tizimli ravishda asoslantirilgan bo‘lsa, uning natijasi ham ijobiy bo‘ladi. Fikrimizni bir muncha vaqt avval e'lon qilgan postimiz qahramoni Angor tumanidagi “Zamin Angor klaster” MChJ misolida yana davom ettiramiz. Paxtachilik-g‘allachilikka ixtisoslashgan klaster ayni kunlarda g‘alladan bo‘shagan yerlarni basma-bas ikkilamchi ekin ekish uchun taqdim etishni boshlagan.

Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov aholiga dehqonchilik uchun “E-Auksion” orqali ajratilgan 11 gektar yer maydonida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida navbatdagi manzilga tashrif buyurdi. Angor tumanining 3 ta yirik mahallasida istiqomat qiluvchi jami 50 nafar fuqaro yuqoridagi maydonlarga urug‘ qadash imkoniga ega bo‘lgan. Kam ta'minlangan, ayollar va yoshlar daftarlarida ro‘yxatda turuvchi ushbu hamyurtlarimizga 20 sotixdan 1 gektarga qadar ajratilgan maydon ikkilamchi ekin ekish uchun hozirlangan va bugungi kunda yerga urug‘ qadash ishlari jadallik bilan ketayapti.

Makkajo‘xori, tariq mosh, loviya kabi don va dukkakli ekinlar yuqorida yozganimizdek, ayni hamyurtlarimizga baliq tutish uchun berilgan qarmoqdir. Misol keltiramiz: 20 sotixga ekilgan makkajo‘xori hosilining o‘zidan 15-17 mln so‘m daromad keltirsa, uning poyasi ham alohida pul turadi.

#vazir #tashrif #E_Auksion #ikkilamchi_ekin #makkajoxori #klaster #Surxondaryo

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
CHILLAKI CHILLADAN AVVAL PISHDI

🍇Qishloq xo‘jaligi vaziri boshchiligidagi ishchi guruhning ayni kunlarda Surxondaryo viloyatiga amalga oshirayotgan ishchi tashrifi borasida ma'lumot berib borayapmiz.

Mazkur amaliy tashrifda yana bir yangilikka duch kelindi. Termiz tumani, “Xalqobod” hududidagi aholi xonadonlarida uzumning ertapishar (chillaki) navi g‘arq pishibdi. Odatda bu hudud uchun ham uzumning bu navi bir necha kundan so‘ng hosil yig‘ishga omil bo‘lishi kerak edi. Ammo, bu yilgi ob-havoning o‘ziga hos kelganligi mazkur mevaga ijobiy ta'sir qilgan. Ayni mana shu nav bozor rastalariga va dasturxonlarga tortiq qilishga shay. Ham yetilgan, ham ayni tobida. Qishloq xo‘jaligi vaziri hududda aholi bilan muloqot qildi.

Bog‘dorchilik ko‘nikmalari borasida fikrlashdi. O‘z navbatida chillakini yetilgan boshlarini ko‘zdan kechirib, yangilik hamyurtlarimiz uchun ham o‘ziga hos xushxabar ekanligini e'tirof qildi.

#vazir #tashrif #uzum #chillaki #Surxondaryo

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
GUARA BODOMLARI ENDI SURXONDA HAM BITADI

🥜Dunyoga mashhur va eksport geografiyasida o‘ziga xos mavqe'ga ega Guara va Avijo bodom navlari mahalliylashtirilmoqda. Buning uchun Samarqand viloyatida joylashgan Invitro laboratoriyasidan birlamchi ko‘chat buyurtma qilinib, dastlabki nihollar yerga ekildi. Surxondaryo viloyatidagi ishchi tashrif doirasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov mazkur amaliyot bilan yaqindan tanishish maqsadida Termiz tumanida bo‘ldi. “Surxon oltin mevalari” MChJ umumiy 185 gektar yerda ish yuritadi.

Shundan 32.7 gektari Termiz tumanida joylashgan bodom bog‘i hissasiga to‘g‘ri keladi. “Xalqobod” hududidagi maydonda yangi intensiv usulda bodom ekish jarayonlari bilan tanishildi. Klaster asosan uzum, o‘rik va bodom yetishtirishga ixtisoslashgan. Bu yildan bodomning dunyoga mashhur navlari sinov tariqasida ekildi. Ta'kid o‘rinli-katta maydonga! 3 yilda navnihollar bo‘yi 2 metrga yetuvchi daraxtga aylanadi. Hosildorlik to‘liq yetuklik davriga kirganida bitta daraxtdan o‘rtacha 50 kilogrammni tashkil etadi.

#vazir #tashrif #bodom #uzum #orik #klaster #Surxondaryo

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
POLIZ MAHSULOTLARI EKSPORTI DAVOM ETMOQDA

🍉Bugungi kunda O‘zbekistonning meva-sabzavot va poliz mahsulotlariga xorijda o‘ziga xos talab shakllanib ulgurdi. Yangi bozorlarda esa ayni mahsulotlarga bo‘lgan qiziqish tobora o‘sib bormoqda. Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ishchi tashrif doirasida Surxon zaminining qishloq xo‘jaligi imkoniyatlari bilan tanishuvini davom ettirdi. Sohadagi rivoj va taraqqiyot omillariga diqqatini qaratdi.

Termiz tumani misolida fikrimiz davom etadi. Tadbirkor Azamat Musurmonov umumiy maydoni 7 gektarlik yerni ijaraga olib, tarvuz va qovun urug‘larini qadagan. 5 gektar yerga ekilgan “Dolbi” navli tarvuz 70 kunda pishib yetilgan. Gektaridan 50 tonnaga yaqin hosil olish mo‘ljali bor. Shunday chiqayapti ham. 1 ta ko‘chat o‘rtacha 18-20 kilogramm mahsulot bermoqda. Bozordagi narxdan hisob-kitob qilsak, gektaridan 500 million so‘mga yaqin daromad ko‘rish mumkin.

#vazir #tashrif #tarvuz #qovun #Surxondaryo #eksport
*****
ПРОДОЛЖАЕТСЯ ЭКСПОРТ БАХЧЕВОЙ ПРОДУКЦИИ

🍈В рамках рабочего визита министра сельского хозяйства Азиза Воитова продолжилось знакомство с сельскохозяйственным потенциалом Сурхандарьинской области. Руководитель профильного министерства обратил особое внимание на факторы развития и прогресса в сфере.

Предприниматель Азамат Мусурманов арендовал 7 гектаров земли и высадил семена арбузов и дынь. Арбуз сорта «Долби», размещенный на 5 гектарах земли, созрел за 70 дней. Планируется собрать по 50 тонн с гектара. Один саженец дает в среднем 18-20 килограммов продукции. Если просто посчитать по рыночной цене, то прибыль должна составить около 500 миллионов сумов с гектара.

#министр #визит #арбуз #дыня #Сурхандарья #экспорт

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
SURXONDARYOLIK G‘ALLAKORLAR MAMLAKATIMIZDA BIRINCHI BO‘LISHDI

🌾89,3 ming gektar
maydonda mahalliy iqlimga mos, ertapishar g‘alla navlarini parvarishlagan surxondaryolik g‘allakorlar shu kungacha qabul punktlariga 209 ming 185 tonna sara don topshirib, shartnomaviy rejani 101,1 foizga bajardilar.

Jumladan, Angor, Termiz, Denov, Sho‘rchi, Jarqo‘rg‘on tumanlaridagi bir qator fermer xo‘jaliklari 95-100 sentnerdan hosil olib, viloyat xirmoniga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shdi.

Viloyat g‘allachiligidagi bu muvaffaqiyat qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarning jadallashganligi, klasterlar faoliyatining yo‘lga qo‘yilganligi, fermerlarning moddiy manfaatdorligi, yerga, mulkka egalik hissining oshganligi, zamonaviy usullarning izchillik bilan joriy etilganligi samarasidir.

Joriy yilda Surxondaryo g‘allakorlari gektarlar hosildorligini o‘rtacha 76,6 sentnerga yetkazib, mavjud maydonlardan 695 ming 500 tonna sara don ishlab chiqarishni mo‘ljallamoqda. Viloyatda g‘alla o‘rim-yig‘imi qizg‘in davom etmoqda.

#G'alla #Surxondaryo #o'rim_yig'im #klaster

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram