QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14K subscribers
24.2K photos
2.72K videos
7 files
9.49K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
HAMKORLIK YO‘NALISHLARI ANIQLASHTIRIB OLINDI

🤝O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri hamda Vengriyaning “Bonafarm Group” kompaniyasi vakillarining onlayn-uchrashuvi o‘tkazildi.

Vazir Aziz Voitov O‘zbekiston vengriyaliklar bilan keng ko‘lamli hamkorlik uchun ochiq ekanligini, parrandachilik sohasida rejalashtirilayotgan loyiha ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lishini bildirdi.

Mazkur tashrif davomida erishilgan kelishuvlarning mantiqiy davomi o‘laroq, bu galgi uchrashuvda yirik investitsion loyihalar uchun O‘zbekistonda yaratilgan soliq, bojxona va boshqa imtiyozlar, qishloq xo‘jaligi sohasida amal qilib kelayotgan 40 dan ziyod turdagi subsidiyalar va boshqa imkoniyatlar haqida ma'lumot almashildi, parrandachilik klasteri uchun qulay yer tanlash va hamkorlikning boshqa nuqtalari atroflicha muhokama qilindi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #video_konferensiya #qishloq_xojaligi #parrandachilik #klaster

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“ZAMIN”DA ZAMONAVIY YONDOSHUV

🌾Surxon zaminida qadimdan yer bilan tillasha olgan mirishkor dehqonlar mehnat qilib kelgan. Bugun ham shunday. Birgina misol: Angor tumanidagi bitta klaster misolida fikrimizni davom ettiramiz. “Zamin Angor klaster” MChJ paxtachilik-g‘allachilikka ixtisoslashgan klaster hisoblanadi. Ushbu klasterga qarashli 6 500 gektar yer maydonidan 4 860 gektariga rizq-ro‘zimiz bo‘lgan bug‘doy ekilgan.

Bugun baraka urug‘lari unib, o‘sib, pishib yetildi. O‘rim avj pallada. Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ayni ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida Surxondaryo viloyatiga ishchi tashrif bilan keldi. Vazir ishni Angor tumanida yuqoridagi klasterga tegishli 22 gektar maydondagi g‘alla o‘rim-yig‘imi bilan tanishishdan boshladi.

Ayni kunda g‘alla o‘rimiga klaster tomonidan 19 ta kombayn jalb qilingan. 130 ta tashish texnikasi hosilni omborxonalarga eltayapti. 70 ta ishchidan iborat 10 ta otryad doimiy mehnat bilan mashg‘ul. Ma'lumotlarga ko‘ra bu yerda har bir gektaridan 100 sentnerdan hosil olishga muvaffaq bo‘lingan. Bugun bozorda bug‘doyning o‘rtacha narxi 3200-3500 so‘mni tashkil qiladi.

#vazir #tashrif #bugdoy #klaster #Surxondaryo

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
BALIQ EMAS-QARMOQ BERISH LOZIM

🌱Sarlavhamizdan baliqchilikka bo‘lgan yondoshuv kutmang. Biz ayni kunda xalqning boy va ma'mur yashashi uchun qilinayotgan harakatlar mana shu mezonga asoslanishini nazarda tutdik. Zero barcha ishlar tashkiliy va tizimli ravishda asoslantirilgan bo‘lsa, uning natijasi ham ijobiy bo‘ladi. Fikrimizni bir muncha vaqt avval e'lon qilgan postimiz qahramoni Angor tumanidagi “Zamin Angor klaster” MChJ misolida yana davom ettiramiz. Paxtachilik-g‘allachilikka ixtisoslashgan klaster ayni kunlarda g‘alladan bo‘shagan yerlarni basma-bas ikkilamchi ekin ekish uchun taqdim etishni boshlagan.

Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov aholiga dehqonchilik uchun “E-Auksion” orqali ajratilgan 11 gektar yer maydonida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida navbatdagi manzilga tashrif buyurdi. Angor tumanining 3 ta yirik mahallasida istiqomat qiluvchi jami 50 nafar fuqaro yuqoridagi maydonlarga urug‘ qadash imkoniga ega bo‘lgan. Kam ta'minlangan, ayollar va yoshlar daftarlarida ro‘yxatda turuvchi ushbu hamyurtlarimizga 20 sotixdan 1 gektarga qadar ajratilgan maydon ikkilamchi ekin ekish uchun hozirlangan va bugungi kunda yerga urug‘ qadash ishlari jadallik bilan ketayapti.

Makkajo‘xori, tariq mosh, loviya kabi don va dukkakli ekinlar yuqorida yozganimizdek, ayni hamyurtlarimizga baliq tutish uchun berilgan qarmoqdir. Misol keltiramiz: 20 sotixga ekilgan makkajo‘xori hosilining o‘zidan 15-17 mln so‘m daromad keltirsa, uning poyasi ham alohida pul turadi.

#vazir #tashrif #E_Auksion #ikkilamchi_ekin #makkajoxori #klaster #Surxondaryo

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
GUARA BODOMLARI ENDI SURXONDA HAM BITADI

🥜Dunyoga mashhur va eksport geografiyasida o‘ziga xos mavqe'ga ega Guara va Avijo bodom navlari mahalliylashtirilmoqda. Buning uchun Samarqand viloyatida joylashgan Invitro laboratoriyasidan birlamchi ko‘chat buyurtma qilinib, dastlabki nihollar yerga ekildi. Surxondaryo viloyatidagi ishchi tashrif doirasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov mazkur amaliyot bilan yaqindan tanishish maqsadida Termiz tumanida bo‘ldi. “Surxon oltin mevalari” MChJ umumiy 185 gektar yerda ish yuritadi.

Shundan 32.7 gektari Termiz tumanida joylashgan bodom bog‘i hissasiga to‘g‘ri keladi. “Xalqobod” hududidagi maydonda yangi intensiv usulda bodom ekish jarayonlari bilan tanishildi. Klaster asosan uzum, o‘rik va bodom yetishtirishga ixtisoslashgan. Bu yildan bodomning dunyoga mashhur navlari sinov tariqasida ekildi. Ta'kid o‘rinli-katta maydonga! 3 yilda navnihollar bo‘yi 2 metrga yetuvchi daraxtga aylanadi. Hosildorlik to‘liq yetuklik davriga kirganida bitta daraxtdan o‘rtacha 50 kilogrammni tashkil etadi.

#vazir #tashrif #bodom #uzum #orik #klaster #Surxondaryo

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram