QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.2K photos
2.56K videos
7 files
8.58K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
BUGUN – XALQARO VETERINARIYA KUNI

👨‍⚕️Aprel oyining oxirgi shanbasi Xalqaro veterinariya uyushmasi (World Veterinary Association, WVA) tomonidan Xalqaro veterinariya kuni (World Veterinary Day) deb e’lon qilingan va 2000-yildan buyon ko‘pgina mamlakatlarda nishonlab kelinadi.

Bugun eng muruvvatli kasb sohiblari – veterinarlar o‘z bayramlarini nishonlamoqdalar. Hayvonlaru parrandalarni davolovchi shifokorlar, albatta, o‘zlarining to‘rt oyoqli-yu, qanotli mijozlaridan minnatdorlik so‘zlarini kutmaydilar. Ammo, shubha yo‘q: kezi kelganda jonivorlar insonlardan ham kuchliroq minnatdorlikni namoyon etadilar.

O‘zbekiston veterinariya sohasi vakillari ham jonzotlar salomatligi, xavfsizligi yo‘lida fidokorona mehnat qilmoqdalar. Bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar veterinariya xizmatini yanada yuqori sifat bosqichiga chiqarib, veterinar kasbining obro‘sini oshirishga xizmat qilmoqda.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston veterinariya sohasi vakillarini kasb bayramlari bilan tabriklab qolamiz.

#Xalqaro_veterinariya_kuni #veterinariya #veterinar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM