QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.2K photos
2.56K videos
7 files
8.58K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Subsidiya olishga onlayn ariza topshirish uchun qayerga murojaat qilishim lozim

💻Agrosubsidiya.uz manzili orqali kirib, o‘zingiz olmoqchi bo‘lgan subsidiya turini tanlab, ariza qoldirishingiz mumkin.

☘️Chat-bot orqali kelgan mazkur savolga to‘liq javobni sayt orqali bilib olishingiz mumkin.

#savol_javob #chat_bot #Subsidiya #onlayn_ariza

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON PIYOZ EKSPORTIGA KIRITGAN VAQTINCHA CHEKLOVNI BEKOR QILDI

🧅2023-yil 15-martdan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati piyoz narxi barqarorlashganligi sababli piyoz eksportiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovni bekor qildi.

Ma’lumot uchun:
Piyoz narxining keskin o‘sishi, aholining ichki iste’mol talabini qondirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Hukumat topshirig‘i bilan O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilning 1-apreliga qadar piyoz eksportiga vaqtincha cheklov o‘rnatilgan edi.

#oziq_ovqat #zaxira #piyoz #eksport

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥Bugun soat 18:30 da “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Xulosa o‘zingizdan” tok-shousini jonli efir orqali kuzatishingiz mumkin.

Ko‘rsatuvning ushbu soni Mamlakatimizda chorvachilik: imtiyoz va natija, istiqbolli loyihalar muhokamasiga bag‘ishlangan.

Xususan, soha mutaxassislari tomonidan chorvachilikning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish, sohaga innovatsiyalarni joriy etish hamda ozuqa yetishtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.

Ko‘rsatuvda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasi hamda "O'zbekchorvanasl" agentligi mutaxassislari, chorvador fermerlar o‘z fikr-mulohazalari bilan qatnashishdi.

🟥🟥🟥🟥EFIRNI TO'LIQ KO’RISH

#backstage #xulosa_ozingizdan #mtrk

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTONDA GOLUBIKA YETISHTIRISH – IMKONIYATLAR VA CHEKLOVLAR

🫐Joriy yilning 15-mart kuni “O‘zbekistonda golubika yetishtirish – imkoniyatlar va cheklovlar” mavzusida qator seminar va mahorat darslari
o‘tkazildi. Unda ishtirokchilar bog‘dorchilikda qo‘llanilayotgan eng yangi texnologik yechimlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.

#golubika #seminar #IAU

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ВЫРАЩИВАНИЕ ГОЛУБИКИ В УЗБЕКИСТАНЕ – ВОЗМОЖНОСТИ И ОГРАНИЧЕНИЯ

🫐15 марта текущего года прошел ряд семинаров и мастер-классов на тему «Выращивание голубики в Узбекистане - возможности и ограничения», на которых можно было ознакомиться с самыми последними технологическими решениями, применяемыми в садоводстве.

#голубика #семинар

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHA XODIMLARI UMUMXALQ HASHARIDA FAOL ISHTIROK ETDI

🌳18-mart kuni
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq yurtimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq hashari bo‘lib o‘tdi.

#hashar #umumxalq #yashil_makon

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
🌸BAHOR - hamma narsa gullaydigan va o‘zgarib turadigan davr. BAHOR so‘zida 5 ta harf, bahor manzaralari ajoyib va go‘zal bo‘ladigan 5 ta davlat.

#bahor #Ozbekiston #Yaponiya #Rossiya #Gollandiya #Gruziya #bu_gozal
*****
🌸ВЕСНА – время, когда все цветет и преображается. 5 букв в слове ВЕСНА, 5 стран, в которых весенние пейзажи сказочно красивы.

#весна #Узбекистан #Япония #Россия #Голландия #Грузия #это_красиво

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
XAYRLI AN’ANALAR DAVOM ETMOQDA

🔰Bugun biz yurtimizning barcha viloyatlaridagi dehqon bozorlari va yirik savdo markazlarida tashkil etilgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining arzonlashtirilgan savdo yarmarkalaridagi haqiqiy holat bilan yaqindan tanishish maqsadida poytaxtimizning Yunusobod dehqon bozorida bo‘ldik.

#yarmarka #dehqon_bozori

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥Navro‘z bayrami arafasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq yurtimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq hashari bo‘lib o‘tdi.

Unda yurtimizdagi barcha davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari faol ishtirok etishdi. Jumladan, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi boshqarma va tashkilotlar ishchi xodimlari hamda ilmiy tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlarining ilmiy mutaxassislari, o‘qituvchi va talabalar ham Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti hududini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishda faol ishtirok etdilar. Bu haqda O‘zbekiston 24 telekanalida efirga uzatilgan lavhada tanishshingiz mumkin.

#repost #axborot_24 #hashar

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟩🟩🟩🟩🟩🟩 13-17-MART 2023

🌸#kun_fotosi

INGICHKA TOLALI PAXTA YETISHTIRISHGA ALOHIDA E’TIBOR QARATILMOQDA

👩‍🌾AYOL TOMORQASIDAN DAROMAD OLSA...

🌱HAR BAHORDA SHU BO‘LAR TAKROR: SURXONDA O‘RIK HOSIL TUGDI

👥QISHLOQ XO‘JALIGI VA FAO: OʻZBEKISTONDA “YASHIL” USULIDA GILOS YETISHTIRISHNING RIVOJLANISHI

🌳
MEVALI DARAXTLARNI PAYVAND QILISH: BOG‘NI YANGILASH VA HOSILDORLIKNI OSHIRISH

🔰DO‘STLIKDAGI ZAMONAVIY SUTNI QAYTA ISHLASH KORXONASI

🐝#kun_fotosi

QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRI POYTAXTDA TASHKIL ETILGAN ARZONLASHTIRILGAN SAVDO YARMARKALARI FAOLIYATINI KO‘ZDAN KECHIRDI

✨️“AGROWOLRD UZBEKISTAN – 2023” 18-XALQARO KO‘RGAZMASI ISH BOSHLADI

#dayjest #hafta_yakuni #qiziqarli #yangiliklar

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tabiatning kuchi - buyukligida
(Tsitseron)

📍Toshkent viloyatining togʻli tumanlari.

#kun_fotosi #iqtibos #tabiat #tog #osmon #suv
*****
Сила природы велика.
(Цицерон)

📍Горные районы Ташкентской области.

#фото_дня #цитата #природа #горы #небо #вода

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌙Yangi oy chiqishi: 20-martdan 23-martgacha
🌕Oyning to‘lishi: 24-martdan 26-martgacha

🧲Geomagnit faollik: Ushbu haftada kichik to‘lqinlar kuzatiladi (Kp-indeks: 2-4)

🔅Ultrabinafsha nurlari ko‘rsatkichi:
20-24-mart kunlari — yuqori (7 ball);
21-23 va 25-26 mart kunlari — juda yuqori (8-10 ball).

🔤Havoning namligi: 20-mart – 61%; 21-mart – 57%; 22-mart – 47%; 23-mart – 35%; 24-mart – 41%; 25-va 26 - mart – 48%.

Haftalik ob-havo haqida qisqacha
🌧19-20-mart kunlari O‘zbekistonning aksariyat qismida yomg‘ir yog‘adi, 20-mart kuni Farg‘ona vodiysi viloyatlarida momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib qoladi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.

🌡Ushbu kunlarda havo harorati +17...+20° darajaga tushadi, mamlakatning ayrim hududlarida shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Navro‘z— umumxalq bayrami — 21 mart kuni O‘zbekiston aholisini kam bulutli va quruq ob-havo kutmoqda. Havo harorati +22...+25° darajaga ko‘tariladi. 17-21-mart kunlari Toshkent, Namangan viloyatlarining 2000 metrdan yuqori tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjud. Bayramdan so‘ng, hafta yakuniga qadar ochiq, iliq ob-havo saqlanib qoladi.

Dehqon va fermerlar uchun tavsiyalar:
📝Bahorning ushbu iliq kunlarida pushta olib chigit ekiladigan maydonlarda pushtani sug‘orish, tekis maydonlarda tuproq namligi bug‘lanib ketishining oldini olish uchun yuza qatlamni boronalash, tez qiziydigan qir-adir mintaqalarda yerni chigit ekishga sifatli tayyorlash tavsiya etiladi. Chigit ekish ishlari ilmiy tavsiyalar asosida amalga oshiriladi.

#ob_havo #iqlim #tavsiya

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌙Новолуние: с 20 по 23 марта
🌕Растущая луна: с 24 по 26 марта

🧲Геомагнитная активность: На этой неделе ожидаются лишь небольшие геомагнитные возмущения (Кп-индекс:2-4).

🔅Ультрафиолетовый индекс:
20 и 24 марта – высокий (7 баллов);
С 21 по 23 марта и 25-26 марта – очень высокий (8-10 баллов).

🔤Влажность воздуха: 20 марта – 61%; 21 марта – 57%; 22 марта – 47%; 23 марта – 35%; 24 марта – 41%; 25 и 26 марта – 48%.

Кратко о погоде на неделю
:
🌧19-20 марта по большей части Узбекистана местами пройдут дожди, 20 марта — по областям Ферганской долины, возможны грозы. По Каракалпакстану и Хорезмской области сохранится погода без осадков. По предгорным и горным районам дожди, местами сильные.

🌡Температура воздуха в эти дни снизится, но не значительно, до +17…+20 градусов, в отдельных регионах возможно усиление ветра до 15−20 м/с.
В день празднования Навруза, 21 марта, жителей Узбекистана ждёт малооблачная и сухая погода. Температура воздуха повысится до +22…+25 градусов.
По горным районам Ташкентской, Наманганской областей 17−21 марта прогнозируется лавино опасность, на высоте свыше 2000 метров. После выходных дней, до конца недели сохранится ясная, теплая погода.

Рекомендации дехканам и фермерам:
📝В теплые и солнечные весенние дни актуально проводить качественное орошение полей во время посева семян. Также рекомендуется осуществлять орошение поверхностного слоя почвы для предотвращения испарения почвенной влаги на равнинных участках и необходима качественная подготовка земли к посеву семян в холмистых районах, где бывает высокая температура в вегетационный период. Посев семян лучше всего проводить на основе научных исследований и рекомендаций.

#погода #климат #рекомендации

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ISSIQXONADA OQBOSH KARAM KO‘CHATLARI YETISHTIRILMOQDA

🔰Bugun Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy tajriba stansiyasi va unda amalga oshirilayotgan ishlar, issiqxonada yetishtirilayotgan oqbosh karam haqida hikoya qilamiz.

Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy tajriba stansiyasi 1967-yilda tashkil etilgan. O‘tgan yillar mobaynida bu yerda mahalliy sabzavot va poliz ekinlarining 30 dan ortiq yangi navlari yaratildi.

#ilmiy_tadqiqot_instituti #yangi_nav #karam
*****

В ТЕПЛИЦАХ ПОЛНЫМ ХОДОМ ИДЁТ ПРОЦЕСС ВЫРАЩИВАНИЯ САЖЕНЦЕВ БЕЛОКОЧАННОЙ КАПУСТЫ

🔰Наш рассказ пойдёт о деятельности Самаркандской научной испытательной станции Самаркандского филиала института и о том, как создаются и выращиваются новые сорта белокочанной капусты.

Данная научная испытательная станция была создана в 1967 году. За время работы здесь было создано свыше 30 новых местных сортов овощей и бахчевых.

#научно_исследовательский_институт #новые_сорта #капуста

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥Navro‘z bayrami arafasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq yurtimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tdi.

Unda yurtimizdagi barcha davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari faol ishtirok etishdi. Jumladan, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi boshqarma va tashkilotlar ishchi xodimlari hamda ilmiy tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlarining ilmiy mutaxassislari, o‘qituvchi va talabalar ham obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shishdi. Bu haqda O‘zbekiston 24 telekanalida efirga uzatilgan lavhada Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Abdulla Mansurovning umumxalq xayriya hashari va uning ahamiyati haqida bildirgan fikrlari bilan tanishishingiz mumkin.

#repost #axborot_24 #hashar #yashil_makon

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌺Navro‘z - hayot, iliqlik, farovonlik va salomatlik ramzi hisoblanadi.
Bu ezgulik va mehr-oqibat, to‘kinlik va unumdorlik bahor bayramidir.

Har bir oilada hamisha to‘kin-sochin dasturxon bo‘lsin, bolalarning kulgusi yangrasin, har bir xonadon quvonchga to‘lsin.

Barchamiz uchun baxtli yil bo‘lsin!

#Navroz #bayram #21_mart #bahor

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM