QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
13.7K subscribers
30.2K photos
3.05K videos
7 files
11.7K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti huzurida naslli urug‘chilik stansiyalari tashkil etildi

🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining "Ipakchilik sohasida naslli urug‘chilik stansiyalari faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

🇺🇿Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti tarkibida davlat muassasasi shaklidagi naslli urug‘chilik stansiyalari tashkil etildi.

ℹ️Ularning asosiy vazifalari – ipak qurtining yuqori sifatli elita urug‘larini tayyorlab, urug‘chilik korxonalarini ular bilan ta’minlash hamda ushbu yo‘nalish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish.

Stansiyalarga zarur bino va inshootlarni qurish uchun Farg‘ona va Xorazm viloyatlari hokimlari 1 gektardan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarni ajratishadi.

🌳Bundan tashqari, intensiv tutzorlarni tashkil etish uchun 18 gektar yer maydoni ijara huquqi asosida ajratiladi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌱🌱🌱

Ayni daqiqalarda Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani “Markaziy Farg‘ona” hududidagi “Mezon” fermer xo‘jaligida amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda.

💬Mazkur fermer xo‘jaligida Xitoyning “Tian ye agro” kompaniyasi bilan hamkorlikda 75 gektar maydonda 76 sxemada qo‘shqator usulda plyonka ostiga, tomchilatib sug‘orish texnologiya asosida, gektariga 230-250 ming tup ko‘chat parvarishlanib, paxta yetishtirilgan.

🔘50 dan ortiq fermerlarni jamlagan ushbu seminarda paxtachilikdagi yangicha yondashuv, uning ahamiyati, olinayotgan hosilning sermahsulligi haqida ma’lumotlar berib o‘tilmoqda.

🔵Bundan tashqari, yangicha texnologiya fermer hamda mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirib berilmoqda.

📰Aytish kerak, bugungi kunda paxtachilikda olib borilayotgan islohotlarning zamirida ilm hamda amaliyotning uyg‘unlashuvi yotadi. Shunday ekan bugun har bir fermer dala maydoniga ilm bilan yondashmog‘i kerak.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Meraque" kompaniyasi O‘zbekistonda dronlardan foydalanish ko‘lamini kengaytirmoqchi

🇺🇿🇲🇾Malayziyaning yetakchi robototexnika yetkazib beruvchisi "Meraque Group" kompaniyasi va O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasidagi hamkorlik qishloq xo‘jaligi texnologiyalaridagi innovatsiyalar yo‘lidagi muhim qadamdir. O‘zaro anglashuv memorandumini Shahobjon Sharifov va MERAQUE bosh direktori Razali Ismoil imzoladi. Ushbu hamkorlik O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi sohasini yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, u 4,3 million gektar ekin maydonlarini o‘z ichiga oladi.

👥"Meraque" kompaniyasi kelgusi uch yil ichida O‘zbekistonda 1000 ta ish o‘rni yaratadigan va 100 000 gektar qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatadigan ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish uchun 20 million Malayziya ringgiti sarmoya kiritmoqchi. Kompaniya, shuningdek, mintaqadagi texnologik takomillashtirish uchun qo'shimcha 30 million ringgit yig'moqchi.

✔️Hamkorlikning asosiy qismi – qishloq xo‘jaligi uchun dronlar ekotizimini yaratish siyosatini ishlab chiqish bo‘ladi, bu esa mamlakatning 100 000 fermeri uchun samaradorlik va barqarorlikni oshiradi. "Meraque" shuningdek, dron operatsiyalarini qo'llab-quvvatlash uchun o'quv dasturlari orqali o'qitish va bilim almashishga e'tibor qaratadi.

🗣Razali Ismoilning aytishicha, bu hamkorlik ikki mamlakat qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishga xizmat qiladi.

🔗Ushbu havola orqali matn bilan to‘liq tanishishingiz mumkin.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱

Maysa (gazon) ekish va uni sifatli saqlab turish borasida muhim tavsiyalar


🌱Maysaning me’yorida o‘sishi, rivojlanishi va sifati ko‘p jihatdan tuproq unumdorligi hamda donadorligiga bog‘liq. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tuproq shu qadar mayin bo‘lishi lozimki, uning eng katta bo‘lagi jo‘xori urug‘idek kelishi darkor.

Chunki faqat unumdor, yumshoq va mayda donali tuproqda suv, havo, ozuqa moddalari almashuvining talab etiladigan me’yorda bo‘lishini ta’min etish mumkin. Unumsiz, tarkibida organik moddalar yetarli bo‘lmagan, qurilish maydonining chuqur qatlamlaridan olingan tuproqlar gazon uchun yaroqsiz hisoblanadi.

🔗Bunday tuproqqa ekilgan o‘t urug‘lari to‘liq unib chiqishi mumkin, ammo keyinchalik chimzor sug‘orilishi oqibatida tuproq zichlasha boshlaydi, o‘simlik ildizi chuqurroq qatlam va yon tomonga rivojlanmasdan siqilib qoladi.

🔘Natijada o‘simlikning asosiy qismi nobud bo‘ladi, qolgani esa juda sust rivojlanadi, chimlovning holati va umumiy ko‘rinishi buziladi. Shuning uchun maysazor barpo etishda joy tanlash va tuproqni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi.

🍃Maysazor barpo qilish uchun, avvalo, yer to‘g‘ri tanlanishi va tegishli loyiha tuzilishi talab etiladi. Odatda loyihada yerni relyefi bo‘yicha tekislash, yo‘l va daraxtlarning joylashuvi hamda tuproqni tayyorlash ishlari aks ettiriladi. Yerni tayyorlash dastlab, 30 sm chuqurlikda chopish, tekislashdan boshlanadi.

💬Urug‘ning bir tekis unib chiqishi hamda yaxshi rivojlanishi u yilning qaysi faslida ekilganiga bog‘liq. Qish faslining oxiri va kech kuzda ekilgan maysa urug‘i tuproqdagi namlik darajasining yuqoriligi sababli chirib ketishi va butunlay nobud bo‘lishi mumkin.

🌐Shuning uchun urug‘ bahorda mart aprel, kuzda sentabr-oktabr oylari oralig‘ida ekilgani ma’qul. Agar urug‘ni yoz oylarida ekishga to‘g‘ri kelsa, u holda maysa yumshoq teshikchali mato yoki bo‘z bilan yopilishi lozim. Urug‘ yerga to‘liq ko‘milishi shart emas.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston-Marokash: hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi yana bir qadam

🇺🇿🇲🇦Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev Marokash Podshohligining O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Odil Embarsh bilan uchrashdi.

🗣Uchrashuv avvalida Muhammad Odil Embarsh O‘zbekistonning agrar sohadagi salohiyati bugungi kunda dunyo davlatlarining nazariga tushgani hamda hamkorlik aloqalari har qachongidan-da ko‘payib borayotganini e’tirof etdi.

🔗Binobarin, O‘zbekiston hamda Marokash podsholigining qishloq xo‘jaligida amalga oshirayotgan islohotlarining o‘xshash tomonlari borligini ma’lum qildi.

🔵Muloqot davomida, ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kengaytirish, bu bo‘yicha ishbilarmon doiralarni takliflarini o‘rganib chiqqan holda, o‘zaro kelishuvlarni tashkil etish bo‘yicha muhokamalar olib borildi.

📰O‘z navbatida, Qahramon Yuldashev Marokash Podshohligi bilan agrar sohada hamkorlik qilish O‘zbekiston uchun ham har qachongidan-da manfaatli ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga, bu borada "Ishchi guruh" tuzish hamda hamkorlik Memorandumini imzolashga kelishib olishdi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM