QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
22.3K photos
2.66K videos
7 files
9.13K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Navoiy: kishi tadbirli bo‘lsa, ko‘zlagan maqsadiga albatta erishadi

Agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijadorligi bilan yaqindan tanishish maqsadida qishloq xo'jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov amaliy tashrif bilan Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi.

📍Tashrifning ilk lokatsiyasi bo‘yicha Xatirchi tumani "Orzu" fermer xo‘jaligi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

📌13 gektar maydonni egallagan hududda yangicha yondashuv va yangi texnologiya asosida Xitoyning “Xin Lu Zao 52” navi 90 sxemada yakka qilib ekilgan.

🔗Bu yerdagi olib borilayotgan ishlar qoniqarli darajada emas. Sababi, agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida bajarilmagan, chigit ekish texnologiyalariga ham amal qilinmagan, tomchilatib sug‘orish texnologiyasidan foydalanish ham aytarli darajada emas. Vazirning e’tiroziga sabab bo‘lgan jihat ham ayni shu.

💬Shundan so‘ng, yondosh hududda joylashgan g‘alla maydoni ko‘zdan kechirildi. 7 gektar maydonda bug‘doyning “Alekseyevich” navi ekilgan bo‘lib, bu bug‘doy doni bo‘liq-bo‘liq shaklda bo‘ladi va ayni paytda bug‘doy dalasida g‘alla o‘rim-yig‘imi uyushqoqlik bilan boshlanish arafasida. Agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilgani bois, gektaridan 80 sentner hosil olish ko‘zda tutilgan.

❗️Zero, hosildorlikni oshirish orqali oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabni qondirish, uning xavfsizligini ta’minlash, eksport geografiyasini kengaytirish – xalqimizning turmush sharoitini oshirish imkonini beradi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Koreya Respublikasining “Aqlli issiqxonalar” texnologiyasi o‘rganiladi

🇺🇿🇰🇷Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Janubiy Koreyaning “Camtic” kompaniyasi vakillari hamkorligida Koreya tajribasi asosida “Aqlli issiqxonalar” texnologiyalari bo‘yicha 10-kunlik o‘quv-seminari davom etmoqda.

⚡️Mazkur o‘quv-seminar “O‘zbekistonda aqlli qishloq xo‘jaligi sanoat texnologiyalari innovatsion markazini tashkil etish” loyihasi doirasida o‘tkazilmoqda.

Loyiha asosida tizim tashkilotlari va Toshkent davlat agrar universitetining saralab olingan 50 nafar ishtirokchilari koreyalik mutaxassislar tomonidan 3,5 yil davomida “Aqlli issiqxonalar”ni kompyuter dasturi asosida boshqarish jarayonlari, issiqxonalarni raqamlashtirish borasidagi Koreya tajribasini o‘rganish va uning afzalliklari, imkoniyatlari bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshiradi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏢 Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan Sholi parvarishi bo‘yicha tavsiyanoma chop etildi.

🔗Mazkur tavsiyanomada sholini ekish, sug‘orish, oziqlantirish va begona o‘tlarga qarshi kurashish bo‘yicha bir qator ko‘rsatmalar bilan tanishishingiz mumkin.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM