O‘zbekiston-Yaponiya: Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatida hamkorlik yanada kengayadi
🇺🇿 🇯🇵 Bugun poytaxtimizdagi “International hotel Tashkent” mehmonxonasida O‘zbekiston-Yaponiya: Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish forumi bo‘lib o‘tdi.
🟢 Unda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Yaponiya Qishloq, o‘rmon va baliqchilik vazirligi vakillari hamda bir qator tashkilotlar mutasaddi xodimlari ishtirok etishdi.
⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Yaponiya Qishloq, o‘rmon va baliqchilik vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu forumda Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohasida o‘zaro rivojlanish va hamkorlikning istiqbollari va yangi imkoniyatlari mavzusida bir qator taqdimotlar qilindi.
🔘 Taqdimotlarda tijoriy foydalanish uchun yapon oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha takliflar, shuningdek Yaponiya oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sektori, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining rivojlanish istiqbollari, yopiq yer ustidagi akva-madaniyat borasida ma’lumotlar berib o‘tildi.
😄 Shuningdek, forum doirasida "Yaponiya oshxonasi" mutaxassislari ishtirokidagi yapon milliy taomlari ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tdi. Forum ishtirokchilari mazkur taomlardan tatib ko‘rib, baho berishdi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM