QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.7K photos
2.53K videos
5 files
8.39K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Toshkent viloyati: sohada o’rta bo’g’in mutaxassislarni taraqqiyotining muhim omili

Toshkent viloyatida ishchi tashrif bilan bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi Bo‘ka agrotexnologiyalar texnikumi faoliyati bilan tanishdi.

📌Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 2019-yilda tashkil etilgan mazkur texnikum xalqaro hamkorlikka ham keng yo‘l bergan bo‘lib, aynan 2022-2023-o‘quv yili yakuniga ko‘ra, 23 nafar yoshlar Rossiya Federatsiyasiga o‘qishga yuborilgan.

🔗Vazir Ibrohim Abdurahmonov Toshkent viloyatining qishloq xo‘jaligi tizimi uchun tayyor agronom kadrlar yetishtirib berishi lozim bo‘lgan ta’lim dargohidagi sharoitlar bilan tanisharkan, o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlashga jiddiy e’tibor qaratish lozimligini aytib o‘tdi.

✍️Dala maydonlarida ishlaydigan, bevosita ilmni amaliyotga joriy etish vazifasini amalga oshiradigan, uni amaliyotda qo‘llay oladigan kadrlarni tayyorlash eng muhim vazifa ekanligi qayd etildi.

🎓Aynan o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash uchun nafaqat bir tomonlama ilm, balki, bugun texnologiyalar, ilm va barcha amaliyotni integratsiyasi to‘g‘risida fikr yuritish zarur.

☁️Vazir shuningdek, bu yerdagi ta’mirlash ishlari, o‘quv jarayonlari yoshlar bilim olishi uchun zarur sharoit yaratish borasida o‘z takliflarini bildirdi.

Agrar soha uchun bilimli yosh agronomlar juda zarur bo‘lgan bir paytda texnikumda ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun viloyat kesimida fermer va klasterlarning ehtiyojlarini o‘rganib chiqqan holda yangi o‘quv yilidan agrar soha uchun kadrlar tayyorlashda qo‘shimcha yo‘nalishlar tashkil etish bo‘yicha o‘z tavsiyalar berildi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM