Chigit ekilgan maydonlarda agrotexnik tadbirlar o‘tkazilmoqda
🌱 Joriy yilda respublika hududlarida 2024-yil paxta hosili uchun 1 mln. 12 ming 445 gektar maydonda chigit ekish ishlarini amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
ℹ️ Shuningdek, respublikada 249 ming (25%) maydonda yaganalash, 375 ming yoki 37 foiz maydonda chopiq qilish, 32 ming gektar maydonda chuqur yumshatish ishlari o‘tkazilganligi maʼlum bo‘ldi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oziq-ovqat mahsulotlari sifati qat’iy nazorat qilinmoqda
🇺🇿 Ushbu haftada poytaxtimizning "Navro‘z" dehqon bozoriga sotish uchun keltirilgan 10 tana 2,6 tonna yirik shoxli mol, 24 tana 0,61 tonna mayda shoxli mol go‘shti, 3 tonna parranda go‘shti, 54 000 dona tuxum, 2,6 tonna sut va sut mahsulotlari hamda 54 tonna o‘simlikka mansub mahsulotlar veterinariya sanitariya ekspertizasidan o‘tkazilib, iste’molga yaroqliligi aniqlandi.
❗️ Shuningdek, tekshiruvlar davomida 10 holatda 45 kg go‘sht va go‘sht mahsulotlari, 4 holatda 89 dona tuxum mahsulotlari, 5 holatda 185 kg o‘simlik mahsulotlari iste’molga yaroqsiz deb topilib, belgilangan tartibda zararsizlantirildi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kavrak haqida qiziq ma’lumot
🌼 Kavrakning yer yuzida 160 dan ziyod turi, O‘rta Osiyoda 104, yurtimizda 50 turi uchraydi. Kavrakning yelim-smolasi xalq tabobatida o‘pka sili, o‘lat, zaxm, ko‘k-yo‘tal, tish og‘rig‘i, asab va boshqa kasalliklarni davolash uchun, hamda quvvat beruvchi, balg‘am ko‘chiruvchi va gijja haydovchi dori sifatida qo‘llaniladi.
ℹ️ Ilmiy tibbiyotda kavrak yelim-smolasi – “assafetida” nomi bilan kukun, emulsiya va tindirma holida og‘riq qoldiruvchi, balg‘am ko‘chiruvchi, quvvat beruvchi va tinchlantiruvchi vosita sifatida ishlatiladi va ko‘pgina davlatlar farmakopeyasiga kiritilgan. Jahon bozorida 1 kg kavrak shirasining o‘rtacha narxi 150-200 AQSh dollar bo‘lib, mahalliy tadbirkorlar 47-50 dollardan eksport qilmoqda.
🌎 Hindiston, Xitoy va Fransiyada kavrakdan dori vositalari, efir moylari va turli ziravorlar ishlab chiqarib yiliga 8,7 mlrd dollargacha daromad qiladi. Kavrakning jahon bozoridagi yillik aylanmasi esa 17 mlrd dollarni tashkil etadi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Navoiy viloyatida zararli chigirtkalarga qarshi kurash tadbirlari boshlandi
🗺 Dastlabki manzillardan biri Konimex tumani boʻlib, mazkur tumanda asosan saksovulzorlarda marokash va saksovul chigirtkasi tarqalgan.
🦗 Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati mutaxassislari tomonidan Beshquduq ovuli hududidagi yaylovlarda kimyoviy vositalar bilan ishlov berildi.
✅ Maʼlumot uchun, hududlarda chigirtka tarqalishini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga mahalliy hokimliklar ham masʼul boʻlib, aniqlangan hududlar boʻyicha tezkor shtab maʼlumotlari asosida ishlar tashkil etib kelinmoqda.
🕓 Hudud iqlimi tufayli Navoiy viloyatida zararli chigirtkaga qarshi kurash tadbirlari kechroq boshlanadi. Hududda 2024-yilda 39 103 gektar maydonda kimyoviy ishlov berish bashorat qilingan boʻlib, bugungi kunda 1820 gektar maydonda ishlov oʻtkazildi.
🔔 Kurash tadbirlari 4 ta yuqori unumli maxsus avtomashina, 6 ta traktor purkagichlari, 20 dan ortiq motorli purkagichli qoʻl apparatlari yordamida olib borilmoqda.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Eksportbop qulupnay: 40 million so'mdan ortiq sof daromad
🇺🇿 Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida har bir donasi 50-60 gramm tosh bosadigan qulupnaylar yetishtirilmoqda.
📈 Asosan eksport qilish maqsadida yetishtirilayotgan mazkur qulupnay Italiyaning "Alba" navi bo‘lib, tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra mavsum boshidan buyon 40 million so‘mdan ortiq sof daromad qilingan.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Polvonariq mahallasida 100 gektar maydonda pista bog‘i tashkil etiladi
🇺🇿 Samarqand viloyati Payariq tumanida qurg‘oqchilikka chidamli daraxt navlaridan pista, bodom, yong‘oq bog‘larida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar ustidan nazorat qilinmoqda.
🌱 Jumladan, hududdagi "Polvonariq" mahallasida joylashgan Sindarov Zafar fermer xo‘jaligiga qarashli 100 gektar maydonda pista ko‘chatlarini ekish ishlari olib borilmoqda.
ℹ️ Viloyat qishloq xo‘jaligi sohasi mas'ullari ushbu fermer xo‘jaligida bo‘lib, pista ekiladigan yerning holati, yaratiladigan bog‘dagi ko‘chatlarni sug‘orish tartibini o‘rganishdi.
💧O‘z navbatida ekin yetishtirishda suv tejovchi texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati xususida ma'lumotlar berildi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
💧O‘z navbatida ekin yetishtirishda suv tejovchi texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati xususida ma'lumotlar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xitoydan keltirilgan chigitning 1 oylik holati
🌱 Respublika Paxtachilik kengashi a’zolari Toshkent viloyati Bekobod tumani “Yangi hayot” fermer xo‘jaligi dala maydonlariga 05.04.2024 kuni ekilgan chigitning bir oylik holati bilan tanishdi.
🌿 G‘o‘za urug‘i mexanika yordamida innovatsion usulda qo‘shqator qilib ekilgan bo‘lib, yovvoyi o‘tlar o‘smasligi uchun kimyoviy preparat qo‘llangan va polietilen qoplama ostiga ekilgan.
ℹ️ “Yangi hayot” fermer xo‘jaligi agronomi, xitoylik mutaxassis Hi Chan ma’lum qilishicha, bu qo‘shqator usulda ekish natijasida har bir gektarga 25 kg.dan chigit sarflangan, odatda, mahalliy navni an’anaviy bir qator usulda ekishda gektariga 30-35 kg urug‘ sarf qilinadi. Fermer xo‘jaligi agronomining ma’lum qilishicha, "Chjuntay A2" navi Bekobod tumanida yerga qadalgan mahalliy chigitlardan 10 kun o‘tib ekilgan bo‘lsa-da, ayni paytda ularga tenglashib olgan.
📈 Ushbu nav yurtimizda ilk bor tajriba sifatida ekilgan bo‘lib, uning ustunlik jihati – yerdan unumli foydalanish va yuqori hosil olish imkonini beradi. Tajriba kutilgan natijani bersa, kelgusi yildan "Chjuntay A2" navi respublikaning boshqa hududlarida ham yetishtirilishi maqsad qilingan.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM