QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14K subscribers
24.1K photos
2.72K videos
7 files
9.48K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚜 AGRITECHNICA-2023”: ZAMONAVIY QISHLOQ XO‘JALIGI TEXNIKALARI NAMOYISHI

12-noyabr kuni Gannover shahrida qishloq xo‘jaligidagi innovatsiyalarga bag‘ishlangan “AGRITECHNICA-2023” xalqaro qishloq xo‘jaligi texnologiyalari ko‘rgazmasi ochildi.
 
📈 18-noyabrgacha davom etadigan ko‘rgazmada qishloq xojaligi mashinasozligining barcha yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi yetakchi korxonalarning innovatsiyalari, jumladan 52 davlatdan tashrif buyurgan yirik ishlab chiqaruvchilarning 2810 ta texnikasi umumiy maydoni 386 ming kvadrat metr bo‘lgan jami 24 ta pavilyonda namoyish etilmoqda.

👥 Tadbir 135 mamlakatdan 400 000 dan ortiq ishtirokchilarni o‘zida jamlagan.

#zamonaviy_texnika #innovatsiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TUPROQSHUNOSLIKDA – INNOVATSION
TEXNOLOGIYALAR JORIY ETILDI


📈 Ma’lumki, hozirgi kunda tuproq tahlillarini amalga oshirishda yuqori aniqlik va tezlikka ega bo‘lgan yangi zamonaviy uskunalardan keng foydalanish qishloq xo‘jaligida, xususan, yer resurslarining asosini tashkil etuvchi tuproqlardan samarali va oqilona foydalanish, mavjud muammolarning yechimini topishda muhim ahamiyatga ega.

🌱 So‘nggi yillarda Innovatsion rivojlanish agentligi  tomonidan sohada ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish va ilmiy-tadqiqot institutlarining zamonaviy moddiy-texnik salohiyatini mustahkamlashga alohida e’tibor berilmoqda.

🔼Xususan, o‘tgan davr mobaynida Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutiga xorijdan yuqori texnologiyalar olib berildi.

Tuproq namunalarini tahlil qilishda Germaniyadan keltirilgan Agilent 5800 ICP-OES spektrometridan foydalanish yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur uskuna namuna tahlili paytida IntelliQuant butun to‘lqin uzunligi diapazoni bo‘ylab ma'lumotlarni to‘playdi va keyin ulardan namunadagi 70 tagacha element konsentratsiyasini hisoblash uchun foydalanadi.

#innovatsiya #tuproqshunoslik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM