Toshkent shahrida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning “O‘zbekiston tog‘ va vodiy o‘rmonlarini barqaror boshqarish” loyihasi doirasida O‘zbekistonda “Milliy oziq-ovqat xavfsizligi sharoitida yer, baliqchilik va o‘rmonlarga egalik qilishni mas'uliyatli boshqarish bo‘yicha ixtiyoriy ko‘rsatmalarni qo‘llash” masalalariga bag‘ishlangan trening tashkil etildi. Treningni FAOning yerga egalik qilish bo‘yicha xalqaro maslahatchisi Bredli Paterson olib bordi.
✅ Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi mutaxassislari, “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyiha instituti, “O‘rmonloyiha” loyihalash institutining mutaxassislari hamda davlat o‘rmon xo‘jaligi tarmoqlarining vakillari ishtirok etishdi.
#Fao #tadbir #baliqchilik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishdagi istiqbolli vazifalar belgilab olindi
Baliq va baliq mahsulotlariga bo‘lgan talab yildan yilga ortmoqda. Shu bois, mamlakatimizda baliqchilikni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Baliq yetishtiruvchi tadbirkorlarga bir qator imkoniyat va imtiyozlar berilmoqda.
Baliqchilikning rivojlanishi oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash barobarida, aholini baliq tarkibidagi yuqori sifatli oqsillar bilan ta’minlash imkonini beradi.
Xususan, Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayogan XVI-Verona Yevroosiyo iqtisodiy forumi doirasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abduraxmonovning Rossiya Federatsiyasi Federal baliqchilik agentligi rahbari Ilya Shestakov bilan baliqchilikni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasida baliqchilik sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Jumladan, muloqot asosini intensiv usulda baliq yetishtirishni bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish va rag‘batlantirish, mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish, sohaga innovatsion g‘oyalar, ilmiy ishlanmalar, zamonaviy texnologiyalar va ilm-fan yutuqlarini keng joriy qilish, baliqchilik tarmog‘ini yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator taklif tashkil etdi. Tomonlar baliqchilikka ixtisoslashtirilgan klasterlar tashkil etish istiqboli haqida muloqot qildilar.
Bundan tashqari, Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirish, baliq mahsulotlari turlarini ko‘paytirish, eksport salohiyatini oshirish, mavjud havzalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish, intensiv texnologiyalar asosida baliq yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish hamda baliqchilik xo‘jaliklarining ozuqa bazasini mustahkamlash masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.
#qishloq_xojaligi #hamkorlik #baliqchilik
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram