Yaqinda Italiyaning Rim shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO)ning “Samaralilik, inklyuzivlik va chidamlilik” mavzusidagi Qishloq xoʻjaligini barqaror mexanizatsiyalash boʻyicha global konferensiyasi (QXMGK) boʻlib oʻtdi.
✅ Unda Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi vakillari ham ishtirok etdi.
Shuningdek, konferensiya ishtirokchilariga yurtimizda xoʻjalik yuritishning yangi mexanizmi – klaster va kooperatsiyalar faoliyati qoʻllab-quvvatlanib, texnika parkini yangilash darajasining oshishi hamda amalga oshirilgan tizimli islohotlar natijasida, chigit ekish mavsumi 15 kundan 10 kunga, gʻalla oʻrish mavsumi 30 kundan 20 kunga qisqarib, shudgorlash ishlarini 25-30 kunda yakunlash imkoniyati yaratilganligi, mexanizatsiya xizmatlarini yaxshilash maqsadida agrar sohada lizing xizmatlarini takomillashtirish boʻyicha bir qator loyihalar ishlab chiqilganligi hamda mexanizatsiya darajasini oshirishda berilayotgan imtiyozlar haqida maʼlumotlar berildi.
Ushbu anjuman yettita tematik sessiyani oʻz ichiga olib, unda ishtirokchilar global qishloq xoʻjaligi hosildorligini oshirish uchun barqaror qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashning texnologik imkoniyatlariga tegishli masalalar muhokama qilishdi.
#Fao #konferensiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM