QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
22.4K photos
2.66K videos
7 files
9.15K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TDAU: BARCHA IMKONIYATLAR BARKAMOL YOSHLAR UCHUN

🟢Toshkent davlat agrar universitetida barcha sharoitlar yoshlarning kelajakdagi hayotida mukammal va yetuk inson bo‘lishlari uchun yaratilgan.

Universitetda talaba yoshlar uchun 13 ta sport klubi, 5 ta badiiy jamoalar tashkil etilgan. Shuningdek, yoshlarning vaqtini qiziqarli va mazmunli o‘tkazish uchun kerakli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Jumladan, 5 ta ma'naviyat xonasi, Axborot resurs markazi, "Insight" sport klublari, "Universiada" da faoliyat yuritayotgan "Munozara" klubi mavjud.

🌍 Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan 50 ga yaqin shartnoma va memorandumlar imzolangan. Hamkorlik shartnomalariga asosan universitetning 150 dan ortiq talabasi Germaniyaning Bavariya fermerlar uyushmasiga, 300 nafardan ortiq talaba Rossiya Federatsiyasining Janubiy Ural davlat agrar universitetiga ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tash uchun borib kelishdi. 200 dan ortiq professor-o‘qituvchilar tuzilgan hamkorlik shartnomlariga asosan dunyoning turli davlatlarida xalqaro loyihalar doirasida o‘quv kurslari va seminarlarda ishtirok etib kelishdi.

🔸 Shuningdek talabalar turar joylarida ham talabalar bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud.

#tdau #barkamol_yoshlar

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM