QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.76K videos
7 files
9.73K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Manfaatdorlik bor joyda o‘sish bo‘ladi

O‘zbekistonda agrar sohani isloh qilish, unga bozor mexanizmlari va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, klaster usuli yo‘lga qo‘yildi, bu esa bozor tamoyillariga o‘tishda, sohada davlat aralashuvini keskin kamaytirish, reja ortidan quvish va majburiy mehnat holatlariga butunlay chek qo‘yishda muhim omil bo‘lmoqda.

Oxir-oqibat hosildorlik ham, daromad ham oshmoqda.

Bugun hayotning o‘zi yangi innovasion usul — klaster tizimining huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy afzalliklari ko‘pligini namoyon etmoqda. Eng avvalo, klaster usulida mahsulot yetishtiruvchi va uni qayta ishlovchilar manfaatdorligi kafolatlanayotganini ta’kidlash joiz. Qolaversa, tizim orqali “mavsumiy ishchi” tushunchasiga barham berilayotgani uning ahamiyatli jihatlaridan, deyish mumkin.

Darhaqiqat, klaster bo‘lguncha hamma fermerlar paxta planini bajarish va yillab shu pulni orqasidan yurish bilan sarson edi.
20 yil oldin ham tolani jahon bozoridagi bahosi 1.8-2.0 dollar edi, hozir ham shu narx, katta o‘zgarish yo‘q. Lekin O‘zbekistonda paxta narxi 120 foizga oshdi, sababi talab ko‘paydi, klasterlar yangi ip kalava fabrikalarini tashkil qildi, yangi ishlab chiqarish quvvatlari ko‘paydi.

#paxta #klaster #manfaatdorlik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Uzumni qayta ishlash sanoati: ilg‘or tajriba va imkoniyatlar

📌 Avval xabar berganimizdek, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov amaliy tashrif bilan Samarqand viloyatida bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida vazir Toyloq tumanida joylashgan “Bog‘izag‘on” MChJ ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

🖋Bugunga kelib O‘zbekiston Markaziy Osiyoda uzumchilik va uni chuqur qayta ishlash bo‘yicha asosiy davlatlardan biri hisoblanadi. Bu soha uchun qulay bo‘lgan iqlimiy shart-sharoitlar qish faslida yaxshi saqlanadigan, uzoq masofaga tashishga moslashgan, shuningdek, har turli vino, sharbat, konsentrat, konyaklar va shampan vinolarini ishlab chiqarishda xomashyo bo‘ladigan hamda, iste’mol yo‘nalishidagi ko‘plab yuqori sifatli navlarni yetishtirishga imkon beradi.

🏫Mazkur uzumchilik klasteri ham uzumni qayta ishlash bilan bir qatorda, turli markali vino va konyak ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bu yerda vino mahsulotlari ishlab chiqarish 2 yo‘nalishga bo‘lingan, ya’ni ishlash va qayta ishlash. Bundan tashqari bu yerda xorijga eksport qilish imkoniyati ham yo‘lga qo‘yilgan. Korxonada maxsus omborxona tashkil qilingan bo‘lib, bir necha yillik mahsulot namunalari saqlanmoqda. Muxtasar aytganda, bir mahsulotdan ikki xil xom-ashyo ishlab chiqarilmoqda.

📌 Vazir o‘z navbatida fermer xo‘jaliklarining fikr va mulohazalarini tinglab, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini quritish uchun zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini keng tatbiq etish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

#uzumchilik #klaster #hosildorlik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Manfaatdorlik bor joyda o‘sish bo‘ladi

Joriy yilning 18-noyabr kuni Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Bunyod Oxunov “Textile Technologies Group” paxta-to‘qimachilik klasterida bo'ldi.

B.Oxunov tashrif davomida, Toshkent viloyati paxta to'qimachilik klasteri rahbarlari bilan uchrashdi. Unda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan yangi mexanizmlar mazmun-mohiyati, klasterlarning muammo va takliflari o‘rganildi.

🏠Jumladan, klasterlar faoliyatida muqobil energiyadan foydalanishni kengaytirish, suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash, innovatsion yechimlarni joriy etish bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

📌Darhaqiqat, bugun hayotning o‘zi yangi innovasion usul — klaster tizimining huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy afzalliklari ko‘pligini namoyon etmoqda.

🔗Binobarin, klaster tizimini joriy etish, zamonaviy issiqxona xoʻjaliklarini yaratish va tomorqa xoʻjaligi amaliyotini kengaytirish nafaqat hosildorlikni, balki qishloqda aholi turmush darajasini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi. Taʼbir joiz boʻlsa, ushbu yangi tuzilma oʻtgan juda qisqa vaqt ichida agrar sohani harakatlantiruvchi yetakchi kuch — drayveriga aylandi.

Mamlakatimizda iqtisodiyotni, jumladan, qishloq xoʻjaligi sohasini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish, fermer, klaster hamda kooperatsiyalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash masalasiga har doimgidan ham koʻproq ahamiyat berilayotganining boisi ham shunda.

📝Boshqacha aytganda, bu tizim dehqonlarimiz, agrar soha vakillariga yangicha zamonaviy uslubda ishlashni oʻrgatdi. Hosildorlik, daromadni oshirdi.

#klaster #muloqot

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Хоразм вилоятига ташрифи доирасида “Хива кластер” масъулияти чекланган жамиятининг тўқимачилик корхонаси фаолияти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев в ходе поездки в Хорезмскую область ознакомился с деятельностью текстильного предприятия общества с ограниченной ответственностью "Хива кластер".

#Mirziyoyev #safar #Xorazm #klaster

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X