QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.84K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
QASHQADARYO: QISHLOQ XO‘JALIGIDA ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHI

🔰Sohada kechayotgan islohotlarning bevosita joylardagi ijrosini ko‘zdan kechirish maqsadida amaliy tashrif bilan Qashqadaryoda bo‘lib turgan Aziz Voitov Chim hududida joylashgan “Javlonbek sifat invest” fermer xo‘jaligi tomonidan oziq-ovqat ekinlari ekish uchun kollektor va zovur atrofidan 6 gektar maydonni foydalanishga kiritish ishlari bilan tanishidi.
Bu yerda bir necha yil avval qarovsiz yotgan adirliklarda bugun o‘zlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Shundan so‘ng Aziz Voitov “Fayzullaev Muxiddin” fermer xo‘jaligining issiqxonasida yetishtirilayotgan uzum, gul, bodring hamda 6 gektar paxta maydoni g‘o‘za qator orasida uzum ko‘chatlari yetishtirish ishlari bilan tanishdi. Ekin maydonlarining o‘tgan yillardagiga qaraganda qisqargani ham, suv taqchilligi ham qashqadaryolik mirishkorlarni shashtlaridan qaytara olmagan. Ishning ko‘zini bilgan fermer har bir qarich yeri bilan nafaqat qishloq xo‘jaligining rivojiga, balki mahalliy bozorlarning to‘kinligiga ham o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Tashrif yakunida vazir dasturdan chetga chiqqan holda, ipak qurtidan ipak mahsulotlarni ishlab chiqaradigan fabrika faoliyati bilan ham tanishdi. Aytish kerakki, qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, sifatli pilla yetishtirish va tayyorlash, uni qayta ishlash, xom ipak va ipak kalava ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlarni tashkil etish bugun asosiy masalalardan biriga aylanib ulgurgan. Korxona hududdagi xotin-qizlarni doimiy va mavsumiy ish bilan ta'minlab ulgurgan.

#vazir #tashrif #agrotexnik_tadbirlar #fermer_xojaligi

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
CHORVACHILIK QISHLOQ XO‘JALIGINING OLD YO‘NALISHIGA AYLANMOQDA

🐄Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanidagi “Ahmadiy” fermer xo‘jaligi vakillari imtiyozlardan foydalanib, aholi dasturxonini to‘kin qilishga va agrar soha rivojiga o‘z hissasini qo‘shayotgan yurtdoshlarimizdan.

Fermer xoְ‘jaligi rahbari 2005-yilga kelib yer maydonini 32 gektarga kengaytirdi, shunga yarasha qoramollar soni ham 134 boshga yetkazildi. Imkoniyatlar kengaygani sayin orzu-maqsadlar ham ortib boraveradi. 2016-yilga kelib, fermer xo‘jaligiga chorvachilikni rivojlantirish uchun Germaniyadan 64 bosh qoramol olib kelindi.

Albatta, mollarni o‘zimizning tabiiy iqlim sharoitimizga, fermalarimizga moslashtirish jarayonlari samarali va kutilganidek o‘tayotganini ko‘rgan fermer xo‘jaligi 2019-yilda yana 32 bosh chorva moli olib kelindi. Albatta, fermer xo‘jaligi vakillari bu imkoniyatlar bilan cheklanib qolmadi. 2022-yilda yana 64 bosh qoramol olib kelinib, parvarish qilinmoqda.

#chorvachilik #qoramol #fermer_xojaligi #Sirdaryo

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
XOVOSDA TO‘QSONBOSTI EKINLAR EKISHGA TAYYORGARLIK AVJIDA

🧅Shu kunlarda Sirdaryo viloyatining Xovos tumaniga yo‘lingiz tushsa, dala maydonlaridagi qizg‘in ish jarayonlarining ustidan chiqasiz. Qaysi manzilga boqmang, keyingi yil hosili uchun ekin ekayotgan, joriy yildagi hosilni esa, yig‘ishtirib olayotgan mirishkorlarga ko‘zingiz tushadi.

Dalalarda kuzgi piyozni ekish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Shuningdek, hozirda tumanda 4 ming gektar yer maydoniga to‘qsonbosti ekin sifatida piyoz, sarimsoqpiyozlarni ekish ko‘zda tutilmoqda.

Jumladan, tumandagi “Jahongir mirzo” fermer xo‘jaligining 5 gektardan ziyod yer maydonida ham piyoz ekish ishlari avjida. Buni qarangki, ayrim maydonlarda ekilgan piyozlarni dastlabki sug‘orishga ham ulgurildi. Shuni alohida keltirish joizki, ajratilgan yer maydonining 413 gektariga kuzgi piyozni ekish maqsad qilingan. Bugungacha esa, 300 gektar maydonga ushbu ekin ekib bo‘lindi.

Kuzning ikkinchi oyi yaʼni oktyabrga kelib esa tumandagi yer maydonlariga to‘qsonbosti ekinlarni ekish boshlanadi. Ushbu ekinlarni tumandagi 2000 gektardan ortiq maydonda ekish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda ekin ekish uchun yerlar tayyorlanmoqda. Bu yerlarga to‘qsonbosti ekin sifatida nafaqat piyoz, sarimsoqpiyoz, balki ko‘katlar, sabzi kabilar ham ekiladi.

#fermer_xojaligi #piyoz #toqsonbosti #sarimsoqpiyoz

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM