QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.9K subscribers
24.4K photos
2.72K videos
7 files
9.53K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💧 Tomchilatib sug'orish - suv tejashning samarali usuli

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va tubdan isloh qilish borasida bir nechta me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Shu bilan birgalikda yerdan unumli foydalanish, hosildorlikni ko‘paytirish, daromadni oshirish, iste’mol uchun sifatli va raqobatbardosh mahsulot tayyorlash talabi ham oshdi.

Lekin suv resurslari cheklanganligi sababli aholi boshiga to‘g‘ri keladigan suv resursi yildan-yilga kamayib bormoqda.

Tabiiyki, hamma dala ham birdek emas. Mabodo sizning yeringiz joylashgan hududda oqar suv bo‘lmasa yoki elektr tarmog‘i o‘tkazilmagan bo‘lsa ham muammo emas! Artezian quduqlarini qazish, transformator o‘rnatish orqali bu masalani ham hal qilish imkoniyati bor. Elektr energiyasi yetib borishi uchun kerakli ehtiyot qismlar bilan ta’minlanadi.

🌱 Tomchilatib sug‘orish – dalaga emas, o‘simlikka suv berish degani. Mineral o‘g‘itlar suv tarkibiga qo‘shilgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ildizga yetib boradi. Avval 10ga yaqin suvchi talab qilingan yerni atigi bir kishi sug‘orib chiqishi mumkin. Vaqtni, mablag‘ni tejaydi. Hosildorlikni oshiradi.

#tomchilatib_sugorish #hosildorlik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tomchilatib sug’orishning an’anaviy usullarga nisbatan afzalliklari

💧
Tomchilatib sug'orish o'simliklarni kasalliklardan himoya qilish, ozuqa moddalarining to'g'ri miqdorini ta'minlash va hosildorlikni oshirishning samarali usuli hisoblanadi.

Shuningdek, tomchilatib sug'orish suv va energiya sarfini kamaytirishga imkon beradi, bu esa uni ekologik jihatdan qulayroq va tejamkor qiladi.

🌱 Bundan tashqari, tomchilatib sug'orish tuproq namligini boshqarish va o'simliklarni kerakli miqdorda va o'z vaqtida suv bilan ta'minlash imkonini beradi, bu ularning sog'lom o'sishi va rivojlanishiga yordam beradi.

#Tomchilatib_sugorish

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGIDA EKOLOGIYA VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH

Bugun jahon hamjamiyati insoniyat oldida turgan eng muhim muammolardan biri global iqlim o‘zgarishi ekanligini tan olmoqda.

Hozirgi kunga kelib, dunyo miqyosida har bir davlat ham iqtisodiy, ham ijtimoiy rivojlanishi uchun o‘zidagi bor imkoniyatlarini to‘liq ishga solmoqda.
☀️ Iqlim o‘zgarishi mamlakat qishloq xo‘jaligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Кeyingi 30 yilda mintaqamizda havo harorati bir yarim darajaga ko‘tarildi.

Tahlillar qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish kabi keskin choralar ko‘rishni taqozo etadi.
Hozirda suvni tejamkorlik bilan sarflash nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyoda dolzarb masalaga aylangan. Chunki suv iste’moli yildan-yilga ortib bormoqda, suv zaxiralari esa cheksiz emas. Bularning barchasi dunyoning aksariyat mamlakatlarida suv resurslarini boshqarishga eng yangi va yuqori samara beradigan texnologiyalarni jalb etish loyihalariga alohida e’tibor qaratishni taqozo etmoqda.

📈 Aytish joizki, bu borada O‘zbekistonda ham so‘nggi yillarda katta ishlarga qo‘l urilmoqda. Suv resurslaridan samarali foydalanish uchun sohaga yangi va tejamkor texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha jahonning ilg‘or mamlakatlari bilan hamkorlikda loyihalar hayotga joriy etilmoqda.

Suv resurslarini axborotlashtirish va kerakli miqdordagi suvni o‘z vaqtida yetkazib berish orqali suv resurslari yo‘qotilishining oldini olish bilan suv resurslaridan yanada samarali foydalanish mumkin.

Xususan, O‘zbekiston kabi yog‘ingarchilik kam va suvni ko‘p iste’mol qiladigan mamlakatlarda suv resurslaridan samarali foydalanish qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda.

#ekologiya #tomchilatib_sugorish #suv_resurslari

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tomchilatib sug'orish - suv tejashning samarali usuli

💧 Butun dunyoda boʼlgani kabi yurtimizda ham suvni tejab ishlatish muhim ahamiyatga ega. Mavjud suv resurslarining salmoqli qismi qishloq xoʼjaligi ekinlarini yetishtirishga sarflanishi eʼtiborga olinsa, bu beminnat neʼmatdan tejab-tergab foydalanish samarali usuldir.

🔰 Shu maqsadda qishloq xoʼjaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi texnologiyalar joriy etilsa, hosildorlik oshishi bilan birga, suvni tejash imkoniyati ham yuzaga keladi.

Mazkur infografikada resurs tejamkor texnologiyalarning joriy etilishi natijasida energiya tejamkorlik hamda tomchilatib sug'orishning afzalliklari aks etgan.

#sugorish #hosildorlik #tomchilatib_sugorish

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM