🍅Pomidor – mazali sabzavot, shuning barobarida barcha taomlarning qariyb yarmining tarkibiga kiruvchi masalliq. Pomidorlar dunyoning ko‘plab o‘lkalarida sevib iste'mol qilinadi – ularning yoqimli ta'mi va foydali xususiyati bu mahsulotni allaqachon favqulodda ommabop qilib yuborgan. U haqda bir nechta qiziq faktlar bilan o‘rtoqlashamiz.
🔴Pomidor – eng talabgir sabzavotlardan biri.
Har yili dunyoda 60 million tonnadan ortiq pomidor yetishtiriladi.
🔴Pomidorning 10 000 dan ziyod turi mavjud. Eng maydasi atigi 2 sm diametrga ega bo‘lsa, eng katta turi qariyb 1,5 kilogramm keladi.
🔴Serotonin –
“baxt gormoni” ko‘p miqdorda mavjudligi sababli, pomidorning kayfiyatni ko‘tarish xususiyati shokoladnikidan qolishmaydi.
🔴Pomidorning ayrim navlarida olimlar
24 tagacha foydali mikroelementlar aniqlashgan.
🔴Pomidor 95% suvdan iborat.
🔴Bir stakan
pomidor sokida immunitetni faol tiklovchi
C vitamini va A vitamini kunlik me'yorining yarmi mavjud.
🔴Gretsiya va Italiyada
pomidorlar muzeylari faoliyat yuritadi.
🔴Ayrim pomidorlar o‘zlarining tashqi ko‘rinishlari yoki ta'mlarini aks ettiruvchi noyob nomlarga ega. Masalan,
“Qora shahzoda” pomidori
to‘q binafsharang bo‘lsa,
“Yirik zebra” yashil va sariq yo‘l-yo‘l tusga ega.
🔴Har yil yoz oxirida Bunol shahrida pomidorlar sharafiga bayram o‘tkaziladi, u
“La Tomatina” deb ataladi. Bayramga ko‘plab shaharlardan mehmonlar keladi va pomidorlar jangida qatnashadi.
#bu_qiziq #pomidor
🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram