QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
22.3K photos
2.66K videos
7 files
9.13K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
FUNDUK YETISHTIRISH BO‘YICHA OZARBAYJON TAJRIBASI

🔰Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Alievning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan ushbu davlatda bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Prezidentning davlat tashrifi dasturi doirasida har ikki davlatning turli vazirlik va tashkilotlari rahbarlari hamda ishbilarmon doiralar vakillari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida amaliy uchrashuvlar o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbarining topshiriqlari ijrosini ta’minlash yuzasidan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Ozarbayjonning shimolida joylashgan “Agrarko” kompaniyasiga qarashli o‘rmon yong‘og‘ini yetishtirish va qayta ishlashga ixtisoslashgan obyektlarda bo‘ldi.

Maqsad esa dunyo miqyosida talab oshib borayotgan o‘rmon yong‘og‘ini aynan o‘zimizni yurtda ham o'zlashtirish. Buning uchun bu ishni puxta yo‘lga qo‘ygan ozar hamkasblarning ishlari bilan yaqindan tanishish.

Agrar soha obyektlari bilan tanishuv chog‘ida Azizi Voitovga Ozarbayjon Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Mejnun Mamedov hamrohlik qilar ekan, mamlakatda nafaqat o‘rmon yong‘og‘ini yetishtirish borasida, balki butun agrar sohada olib borilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuqlar haqida batafsil ma’lumotlar berdi.

Vazir Aziz Voitov korxona faoliyati bilan tanishar ekan, soha mutaxassislari bilan o‘rmon yong‘og‘ini qayta ishlashda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar, bugungi kunda dunyo miqyosida ushbu mahsulotga bo‘lgan ehtiyoj korxonaning eksport ko‘rsatkichlari haqida ham fikr almashdi.

#Ozarbayjon #funduk #tajriba

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLARINING BOKUGA TASHRIFI

🔰Boku shahrida Turkiy davlatlar II agrobiznes forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Qishloq xo‘jaligi vazirlarining ikkinchi yig‘ilishi doirasida tashkil etildi. Eslatib o‘tamiz, TDT Qishloq xo‘jaligi vazirlarining birinchi yig‘ilishi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgandi.

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov tashkilotga a'zo mamlakatlarning ilmiy-texnologik va iqtisodiy salohiyati mamlakatlar iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini, eksport geografiyasini kengaytirish va jahon bozoriga chiqishni ta'minlashga imkon berishini ta'kidladi.
*****
ВИЗИТ МИНИСТРОВ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА ОРГАНИЗАЦИИ ТЮРКСКИХ ГОСУДАРСТВ В БАКУ

🔰В Баку состоялся второй агробизнес-форум тюркских государств. Мероприятие было организовано в рамках второго заседания министров сельского хозяйства Организации тюркских государств (ОТГ). Напомним, что первое заседание в подобном формате прошло в Узбекистане.

Министр сельского хозяйства Узбекистана Азиз Воитов, в свою очередь, отметил, что научный, технологический и экономический потенциал стран-членов организации позволяет обеспечить стабильное развитие экономик данных государств и расширение географии экспорта через выход на мировой рынок.

#forum #agrobiznes #yigilish #kooperatsiya #Ozarbayjon

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM