QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.4K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.85K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
28-avgustdan 3-sentyabrgacha ob-havo ma'lumoti

28-avgustdan boshlab
Quyosh chiqishi – 05:45
Quyosh botishi – 19:03

🌓 O‘sayotgan oy: 28-29-avgust
To‘lin oy: 30-avgust - 1-sentyabr
Tugayotgan oy: 2-3-sentyabr

🧲 Geomagnit faollik:
Hafta davomida kuchsiz geomagnit to‘lqinlar bo‘ladi (Kp-indeks: 3-2-3-3-3-3-3).

🔅 Ultrabinafsha nurlari ko‘rsatkichi:
Hafta davomida juda yuqori daraja (8-9 ball) bo‘lishi kutilmoqda.

🔤 Havoning namligi:
28-avgust - 59%; 29-avgust - 41%; 30-avgust - 38%; 31-avgust - 45%; 1-sentyabr - 35%; 2-sentyabr - 33%; 3-sentyabr - 30%;

Haftalik ob-havo haqida qisqacha:

O‘zbekiston hududining katta qismida havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 27-32°, bo’ladi.

Respublikaning togʻ oldi va tog‘li hududlarida havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 18-23° bo’ladi.

Dehqon va fermerlar uchun tavsiyalar
G‘o‘zani sharbat usulida tunda sug‘orish ishlari o‘tkaziladi, mayin kultivatsiya qilish hamda zararkunanda va hashortalarga qarshi uyg‘unlashgan himoya chorlari qo‘llaniladi, o‘sishni sozlovchi preparatlar (retordantlar) bilan ishlov berish hamda chilpish (chekanka qilish) ishlari tizimli yo‘lga qo‘yiladi.

#ob_havo #iqlim #tavsiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌖Tugayotgan oy: 4-10-sentyabr

🧲Geomagnit faollik: Hafta davomida kuchsiz geomagnit to‘lqinlar bo‘ladi (Kp-indeks: 3-3-2-3-3-2-2).

🔅Ultrabinafsha nurlari ko‘rsatkichi: Hafta davomida yuqori daraja (7-8 ball) bo‘lishi kutilmoqda.

🔤Havoning namligi: 4-sentyabr – 30%; 5-sentyabr – 30%; 6-sentyabr – 29%; 7-sentyabr – 27%; 8-sentyabr – 26%; 9-sentyabr – 32%; 10-sentyabr – 45%;

Haftalik ob-havo haqida qisqacha
:
⛅️O‘zbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
🌡Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 27-32° bo’ladi.
Respublikaning togʻoldi va tog‘li hududlarida havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
🌡Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 19-24° bo’ladi.

Dehqon va fermerlar uchun tavsiyalar:
📝Ko‘saklarga quyosh nuri yaxshi tushishi va ularning yaxshi ochilishiga alohida e'tibor qaratiladi. Buning uchun g‘o‘za ekilgan maydonlarda defoliatsiya ishlari amalga oshiriladi. Shuningdek chigit vaqtli ekilgan hududlardagi paxtani sifatli va toza yig‘ib-terib olishga e'tibor qaratish lozim.

#ob_havo #iqlim #tavsiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌖Tugayotgan oy: 11-12-sentyabr
🌔Yangi oy: 13-16-sentyabr
🌗O‘sayotgan oy: 17-sentyabr

🧲Geomagnit faollik: Hafta davomida kuchsiz geomagnit to‘lqinlar bo‘ladi (Kp-indeks: 2-3-4-2-3-3-4).

🔅Ultrabinafsha nurlari ko‘rsatkichi: Hafta davomida juda yuqori daraja (5-7 ball) bo‘lishi kutilmoqda.

🔤Havoning namligi: 11-sentyabr – 36%; 12-sentyabr – 33%; 13-sentyabr – 32%; 14-sentyabr – 31%; 15-sentyabr – 33%; 16-sentyabr – 32%; 17-sentyabr – 32%;

Haftalik ob-havo haqida qisqacha:
⛅️O‘zbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
🌡Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 27-32° bo’ladi.
Respublikaning togʻoldi va tog‘li hududlarida havo o’zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
🌡Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 18-23° bo’ladi.

Dehqon va fermerlar uchun tavsiyalar:
📝G‘alla ekilgan maydonlarda sug‘orish ishlari amalga oshiriladi. Bog‘larda pishib yetilgan mevalar terib olinadi. Shuningdek, g‘o‘za maydonlarida paxtani sifatli va toza yig‘ib-terib olishga e'tibor qaratish lozim.

#ob_havo #iqlim #tavsiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌗O‘sayotgan oy: 18-24-sentyabr

🧲Geomagnit faollik: Hafta davomida kuchsiz geomagnit to‘lqinlar bo‘ladi (Kp-indeks: 2-2-2-2-2-4-2).

🔅Ultrabinafsha nurlari ko‘rsatkichi: Hafta davomida yuqori daraja (4-7 ball) bo‘lishi kutilmoqda.

🔤Havoning namligi: 18-sentyabr – 32%; 19-sentyabr – 31%; 20-sentyabr – 38%; 21-sentyabr – 36%; 22-sentyabr – 36%; 23-sentyabr – 31%; 24-sentyabr – 31%;

Haftalik ob-havo haqida qisqacha
:
⛅️O‘zbekiston hududining katta qismida havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
🌡Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 23-28° bo’ladi.
Respublikaning togʻoldi va tog‘li hududlarida havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
🌡Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 15-20° bo’ladi.

Dehqon va fermerlar uchun tavsiyalar:
📝G‘alla ekilgan maydonlarda sug‘orish ishlari amalga oshiriladi. Bog‘larda pishib yetilgan mevalar terib olinadi. Shuningdek, g‘o‘za maydonlarida paxtani sifatli va toza yig‘ib-terib olishga e'tibor qaratish lozim.

#ob_havo #iqlim #tavsiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TEZKOR: 20-22-SENTYABRDA SEL VA TOSHQINLAR RO‘Y BERISHI MUMKIN

🌧"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, joriy yilning 20-22 sentyabr kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Jumladan:
📍Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
📍Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
📍Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
📍Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
📍Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
📍Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
📍Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel kelishi va suv toshqini ro‘y berish ehtimoli mavjud.

‼️Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar hamda tog‘li hududlarda faoliyat yurituvchi fermer-dehqonlardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz.

#ob_havo #iqlim

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌗 O‘sayotgan oy: 25-27-sentyabr
To‘lin oy: 28-30-sentyabr
Tugayotgan oy: 1-oktyabr

🧲 Geomagnit faollik:
Hafta davomida kuchsiz geomagnit to‘lqinlar bo‘ladi (Kp-indeks: 4-2-2-3-4-3-2).

🔅 Ultrabinafsha nurlari ko‘rsatkichi:
Hafta davomida mo‘tadil daraja (3-6 ball) bo‘lishi kutilmoqda.

🔤 Havoning namligi:
25-sentyabr - 34%; 26-sentyabr - 35%; 27-sentyabr - 31%; 28-sentyabr - 31%; 29-sentyabr - 33%; 30-sentyabr - 38%; 1-oktyabr - 45%;

⛅️ Haftalik ob-havo haqida qisqacha:
O‘zbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
🌡 Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
Respublikaning togʻ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.

Dehqon va fermerlar uchun tavsiyalar:
G‘alla ekilgan maydonlarda sug‘orish ishlari amalga oshiriladi. Bog‘larda pishib yetilgan mevalar terib olinadi. Shuningdek, g‘o‘za maydonlarida paxtani sifatli va toza yig‘ib-terib olishga e’tibor qaratish lozim.

#ob_havo #iqlim #tavsiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘limi boshlig‘i Sirojiddin Nizamov bilan Suv resurslari va ulardan foydalanishning iqlim o‘zgarishiga ta’siri bo‘yicha intervyu tashkil etildi.
 
Iqlim o‘zgarishi qishloq xo‘jaligiga ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqlarida ta’kilaganlaridek, keyingi 30 yilda mintaqamizda havo harorati bir yarim darajaga ko‘tarildi.

“Bu esa, global isish ko‘rsatkichidan o‘rtacha ikki baravar ko‘pdir. Natijada muzliklar umumiy maydonining qariyb uchdan bir qismi yo‘q bo‘lib ketdi.

Agar bu tendensiya davom etsa, mintaqamizdagi ikkita yirik daryo – Amudaryo va Sirdaryoning oqimi 15 foizga kamayishi mumkin. Kelgusi yigirma yil ichida aholi jon boshiga suv bilan ta’minlanish 25 foizga, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi esa 40 foizga kamayishi kutilmoqda”.

Tahlillar qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish kabi keskin choralar ko‘rishni taqozo etadi.

#iqlim_oʻzgarishi #global_isish #qishloq_xoʻjaligi #suv_resurlari

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
 9-oktyabrdan 15-oktyabrgacha ob-havo ma'lumoti
 
9-oktyabrdan boshlab ☀️
Quyosh chiqishi – 06:27
Quyosh botishi – 17:53
 
🌓 Tugayotgan oy: 9-12-oktyabr
Yangi oy: 13-15-oktyabr
 
🧲 Geomagnit faollik:
Hafta davomida kuchsiz geomagnit to‘lqinlar bo‘ladi (Kp-indeks: 2-2-2-2-2-2-2 ).
 
Ultrabinafsha nurlari ko‘rsatkichi:
Hafta davomida mo‘tadil daraja (2-5 ball) bo‘lishi kutilmoqda.
 
Havoning namligi:
9-oktyabr - 40%; 10-oktyabr - 36%; 11-oktyabr - 32%; 12-oktyabr - 41%; 13-oktyabr - 57%; 14-oktyabr - 42%; 15-oktyabr - 34%;
 
🌤️ Haftalik ob-havo haqida qisqacha:
O‘zbekiston hududining katta qismida havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 25-30° bo’ladi.
🏔️ Respublikaning togʻoldi va tog‘li hududlarida havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 15-20° bo’ladi.
 
📝 Dehqon va fermerlar uchun tavsiyalar:
G‘alla ekilgan maydonlarda sug‘orish ishlari amalga oshiriladi. Bog‘larda pishib yetilgan mevalar terib olinadi. Shuningdek, g‘o‘za maydonlarida paxtani sifatli va toza yig‘ib-terib olishga e'tibor qaratish lozim.
 
#ob_havo #iqlim #tavsiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16-oktyabrdan 22-oktyabrgacha ob-havo ma'lumoti
 
☀️ 16-oktyabrdan boshlab
Quyosh chiqishi – 06:35
Quyosh botishi – 17:42
 
🌖 Yangi oy: 16-oktyabr
O‘sayotgan oy: 17-22- oktyabr
 
🧲 Geomagnit faollik:
Hafta davomida kuchsiz geomagnit to‘lqinlar bo‘ladi (Kp-indeks: 2-2-2-2-2-2-2 ).
 
Ultrabinafsha nurlari ko‘rsatkichi:
Hafta davomida mo‘tadil daraja (3-4 ball) bo‘lishi kutilmoqda.
 
Havoning namligi:
16-oktyabr - 53%; 17-oktyabr - 52%; 18-oktyabr - 46%; 19-oktyabr - 51%; 20-oktyabr - 47%; 21-oktyabr - 43%; 22-oktyabr - 42%;
 
⛅️ Haftalik ob-havo haqida qisqacha
O‘zbekiston hududining katta qismida havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 20-25° bo’ladi.
Respublikaning togʻ oldi va tog‘li hududlarida havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 2-7° iliq; kunduzi 15-20° bo’ladi.
 
Dehqon va fermerlar uchun tavsiyalar
G‘alla ekilgan maydonlarda sug‘orish ishlari amalga oshiriladi. Bog‘larda pishib yetilgan mevalar terib olinadi. Shuningdek, g‘o‘za maydonlarida paxtani sifatli va toza yig‘ib-terib olishga e'tibor qaratish lozim.
 
#ob_havo #iqlim #tavsiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
23-oktyabrdan boshlab
☀️ Quyosh chiqishi – 06:43
Quyosh botishi – 17:31
 
🌖 To‘layotgan oy: 23-26-oktyabr
To‘lin oy: 27-29-oktyabr
 
Geomagnit faollik:
Hafta davomida kuchsiz geomagnit to‘lqinlar bo‘ladi (Kp-indeks: 2-2-2-2-3-3-3 ).
 
Ultrabinafsha nurlari ko‘rsatkichi:
Hafta davomida mo‘tadil daraja (1-3 ball) bo‘lishi kutilmoqda.
 
Havoning namligi:
23-oktyabr - 72%; 24-oktyabr - 69%; 25-oktyabr - 47%; 26-oktyabr - 45%; 27-oktyabr - 72%; 28-oktyabr - 66%; 29-oktyabr - 65%;
 
🌦️ Haftalik ob-havo haqida qisqacha
O‘zbekiston hududining katta qismida havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°; kunduzi 20-25° bo’ladi.
Respublikaning togʻ oldi va tog‘li hududlarida havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq; kunduzi 10-15° bo’ladi.
 
📝 Dehqon va fermerlar uchun tavsiyalar
G‘alla ekilgan maydonlarda sug‘orish ishlari amalga oshiriladi. Bog‘larda pishib yetilgan mevalar terib olinadi. Shuningdek, g‘o‘za maydonlarida paxtani sifatli va toza yig‘ib-terib olishga e'tibor qaratish lozim.
 
#ob_havo #iqlim #tavsiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
30-oktyabrdan 5-noyabrgacha ob-havo ma'lumoti
 
☀️30-oktyabrdan boshlab
Quyosh chiqishi – 06:51
Quyosh botishi – 17:22
 
🌔 To‘lin oy: 30-oktyabr
Tugayotgan oy: 31-oktyabr – 5-noyabr
 
Geomagnit faollik:
Hafta davomida kuchsiz geomagnit to‘lqinlar bo‘ladi (Kp-indeks: 4-2-2-2-2-2-2 ).
 
Ultrabinafsha nurlari ko‘rsatkichi:
Hafta davomida mo‘tadil daraja (1-3 ball) bo‘lishi kutilmoqda.
 
Havoning namligi:
30-oktyabr - 47%; 31-oktyabr - 67%; 1-noyabr - 73%; 2-noyabr - 57%; 3-noyabr - 52%; 4-noyabr - 43%; 5-noyabr - 36%;
 
🌤️Haftalik ob-havo haqida qisqacha:
O‘zbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo’ladi.
Respublikaning togʻoldi va tog‘li hududlarida havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
 
📝 Dehqon va fermerlar uchun tavsiyalar:
G‘alla ekilgan maydonlarda sug‘orish ishlari amalga oshiriladi. Bog‘larda pishib yetilgan mevalar terib olinadi. Shuningdek, g‘o‘za maydonlarida paxtani sifatli va toza yig‘ib-terib olishga e’tibor qaratish lozim.
 
#ob_havo #iqlim #tavsiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGIDA IQLIM O‘ZGARISHIGA MOSLASHISH - DAVR TALABI

Poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi tomonidan Mamlakat platformasi doirasidagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ishchi guruhining “Qishloq xo‘jaligida iqlim o‘zgarishiga moslashish va sohaning iqlimga salbiy ta’sirini yumshatish” mavzusiga bag‘ishlangan ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Milliy dasturni amalga oshirish chora-tadbirlarining yakuniy loyihasi muhokama qilindi.
Yig‘ilishda Qishloq xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlari, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi kabi sohaga aloqador bir qancha vazirlik va tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir doirasida qishloq xo‘jaligida iqlim o‘zgarishiga moslashish va sohaning iqlimga salbiy ta’sirini yumshatish borasidagi "Yo‘l xaritasi"ning yakuniy muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda iqlim o‘zgarishiga bog‘liq holda yer va suv resurslaridan samarali foydalanishni tashkil etish, iqlim o‘zgarishi omillarini hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish agrotexnologiyasini takomillashtirish, chorvachilikni iqlim o‘zgarishiga moslashtirish va tarmoqda atmosferaga issiqxona effektini hosil qiluvchi gazlar ajralishini kamaytirish, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va sug‘urtalash tizimini rivojlantirish, iqlim o‘zgarishiga moslashish va unga bo‘layotgan tasirni kamaytirishda jahon tajribalari va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish kabi bir qator yechimlar muhokama qilindi.

#iqlim #ekologiya #islohotlar

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Dubay shahrida o‘tayotgan BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 28-konferensiyasi ishtirokchilari bilan birgalikda suratga tushdi hamda yetakchilar bilan global sammit ochilishiga yo‘l oldi.

#repost #Prezident #iqlim_ozgarishi

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM