QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.42K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
O‘tgan haftada fotoso‘rov o‘tkazilgan edi

So‘rovda jami 625 kishi ishtirok etdi. Ulardan 178 tasi to‘g‘ri javob bergan. To‘g‘ri javob - guava.

🟢Guava
- Mirtlar oilasiga mansub doimiy yashil o‘simlik. Ushbu mevaning vatani Janubiy Amerikaning tropiklari, ammo bugungi kunda u dunyoning boshqa qismlarida etishtiriladi. Guava mevasi shirinliklar tayyorlash uchun keng qo‘llaniladi.

🟢Ekzotik guava mevasi limon qobig‘ining yangi hidini eslatuvchi yoqimli hidga ega bo‘lgani bois, juda xushbo'y. Agar siz xonaga guava olib kirsangiz, bu mevaning kuchli va yoqimli hidi hatto tamaki hidini ham yo‘qotishi mumkin.

🟢So‘rovlarimizda ishtirok eting. Bu orqali, siz yangi narsalarni o‘rganishingiz yoki qishloq xo‘jaligining turli sohalaridan yaxshi xabardor ekanligingizga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

#sorovnoma #guava

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘tgan haftada O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-iyun oylarida necha tonna qovun-tarvuz eksport qilgani haqida fikringiz bilan qiziqqandik.

So‘rovda 361 kishi qatnashdi. Ulardan 183 nafari to‘g‘ri javob berdi – bu davrda 114,9 ming tonna qovun-tarvuz eksport qilingan.

📊O‘zbekiston mirishkorlari yetishtirgan poliz mahsulotlariga eng ko‘p talab Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyada kuzatildi.

📝So‘rovlarimizda faol qatnashing. Bu orqali yangi ma’lumotga ega bo‘lasiz yoki qishloq xo‘jaligining turli yo‘nalishlaridan yaxshigina xabardor ekaningizga ishonch hosil qilasiz.

#sorovnoma #eksport #tarvuz

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘tgan haftada suratda qaysi qishloq xo‘jaligi mahsuloti aks etgani haqida foto-so‘rov o‘tkazilgandi.

👥So‘rovda jami 855 kishi qatnashdi, ulardan 738 nafari (86%) to‘g‘ri javob topa olgan – rasmdagi qovoq edi.

📝“Moviy Habbard” (Blue Hubbard) qovog‘i
Tepa qismi torayib boradigan shakli va timsohning terisini eslatadigan qattiq, g‘adir-budur po‘sti tufayli, ushbu nav yana “timsoh qovoq” nomini ham olgan. G‘ayrioddiy po‘sti va haybatli o‘lchamidan tashqari, bu nav qovoq uchun noyob bo‘lgan och moviy rangi bilan ham ajralib turadi. Qulay sharoitlarda bir dona qovoqning og‘irligi 20 kilogramgacha yetishi mumkin, o‘rtachasi esa 7–12 kilogramm tosh bosadi.

So‘rovlarimizda ishtirok eting. Bu orqali yangilikdan xabardor bo‘lasiz yoki qishloq xo‘jaligining turli yo‘nalishlaridan yaxshigina boxabar ekaningizga yana bir bor ishonch hosil qilasiz.
*****
На прошлой неделе был проведен фото-опрос о том, какой продукт сельского хозяйства изображен на картинке.

👥В опросе приняли участие 855 человек, из них 738 человек (86%) ответили верно. Правильный ответ - тыква.

📝Тыква «Голубой Хаббард» (Вlue Нubbard)
Тыква-крокодил — такое прозвище получил этот сорт, благодаря характерной веретеновидной форме и грубой бугристой кожуре, напоминающей кожу аллигатора. Помимо необычной фактуры и внушительных размеров, плоды этого сорта отличает редкий для тыквы нежно-голубой цвет. При благоприятных условиях вес одного плода может достигать 20 килограммов, но, в среднем, тыковки весят от 7 до 12 килограмм.

Принимайте участие в наших опросах. Так можно узнать что-то новое или удостовериться, что вы хорошо осведомлены о различных направлениях сельского хозяйства.

#sorovnoma #qovoq #опрос #тыква

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📊 O‘tgan haftada o‘simliklar unib-o‘sishi uchun birlamchi ustuvor omillar haqida so‘ragandik.

👥 So‘rovda jami 577 kishi qatnashdi. Ulardan 316 nafari to‘g‘ri javob berdibu suv, kislorod va ozuqaviy moddalar edi.

Uzum sayli festivali doirasida o‘tgan Xalqaro uzumchilik va vinochilik konferensiyasida  qayd etilganidek, ekin unishi va o‘sib yetilishi uchun mana shu uch unsur asosiy omil sanaladi.

Ulardan qay biri bo‘lmasin, yetishmasa, o‘simlik o‘sishiga nuqson yetadi.

📝So‘rovlarimizda qatnashing. Shu tarzda yangiliklardan xabardor bo‘lasiz yoki qishloq xo‘jaligining turli yo‘nalishlaridan boxabar ekaningizga yana bir bor amin bo‘lasiz.

#sorovnoma #suv #kislorod #tuproq

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'tgan haftada rasmda qanday ekin turi ko'rsatilganligi haqida foto so'rovnoma o'tkazgan edik.

So‘rovnomada 1102 kishi ishtirok etdi. Ulardan 777 tasi to‘g‘ri javob bergan. To'g'ri javob - qovoqning bir turi.

Uning boshqa nomi - Gorilyanka qovoq. O'simlik tez o'sadi, barglari yumshoq va tikanlari yo'q. Ular hech qanday alohida parvarishni talab qilmaydi, Bu o‘simlik turi hatto oddiy tuproqlarda ham o'sadi, lekin kerakli agrotexnik tadbirlarni o'z vaqtida o‘tkazish kerak. Mavsum oxirida lagenariya mevalari fotosuratda ko‘rganingizdek holatda bo‘ladi - yashil, suvli va og'ir, zich qobig'i bilan.

So'rovlarimizda ishtirok eting. Shu tarzda yangiliklardan xabardor bo‘lasiz yoki qishloq xo‘jaligining turli yo‘nalishlaridan boxabar ekaningizga yana bir bor amin bo‘lasiz.

#sorovnoma #qovoq

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'tgan haftada obunachilarimiz qishloq xo'jaligining qaysi yo'nalishida ishlashini aniqlash maqsadida so'rovnoma o'tkazildi.
So‘rovda 1171 kishi ishtirok etdi, jumladan:


Dehqonchilik – 339 kishi
Chorvachilik - 140 kishi
Baliqchilik - 27 kishi
Ilmiy tadqiqot - 260 kishi
Agrobiznes - 87 kishi
Boshqa yo‘nalishlarga - 318 kishi ovoz bergan.

So'rovlarimizda ishtirok eting. Bu orqali siz yangi narsalarni o'rganishingiz yoki qishloq xo'jaligining turli sohalari haqida yetarlicha ma'lumotga ega ekanligingizga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

#sorovnoma

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'tgan haftada O'zbekistonda yirik shoxli qoramollar qanchani tashkil etishi yuzasidan so'rovnoma o'tkazgan edik.

So'rovnomada umumiy 864 kishi ishtirok etgan bo'lib, ularning aksariyati to'g'ri variantni, ya'ni 14 mln ga yaqin javobini belgilashgan.

Ma'lumot o‘rnida, 2023-yil 1-oktyabr holatiga O‘zbekistonda barcha toifadagi xo‘jaliklarda boqilayotgan yirik shoxli qoramollar soni 13,9 mln boshga yetgan.

Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 2 foizga ko‘paygan.

Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlillar yirik shoxli qoramollar umumiy sonining 91,3 foizi – dehqon va tomorqa xo‘jaliklari, 7 foizi – fermer xo‘jaliklari, 1,7 foizi – qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri kelganligini ko‘rsatmoqda.

#sorovnoma #qoramollar

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM