QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.4K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.85K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJON VILOYATIDA PILLACHILIKNI YANADA RIVOJLANTIRISHGA E’TIBOR QARATILMOQDA

👥Sentyabr oyining ilk kunlarida Andijon viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Shuhrat G‘aniyev va Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchiligida respublikadagi paxta-to‘qimachilik klasterlari, fermer xo‘jaliklari, pillani qayta ishlash korxonalari rahbarlari ishtirokida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda asosan pillachilik bo‘yicha 2024-yil hosilini yetishtirishni zamonaviy innovatsion texnologiyalar yordamida sifatli va samarali tashkil etish mavzusiga eʼtibor qaratildi.
*****
ПРИСТАЛЬНОЕ ВНИМАНИЕ К РАЗВИТИЮ ШЕЛКОВОДСТВА В АНДИЖАНСКОЙ ОБЛАСТИ

👥В Андижанской области в первые дни сентября под руководством советника Президента Республики Узбекистан Шухрата Ганиева и министра сельского хозяйства Азиза Воитова состоялся демонстрационный семинар с участием руководителей хлопково-текстильных кластеров, фермерских хозяйств и предприятий по переработке кокона.

Основное внимание на мероприятии было уделено качественной и эффективной организации сбора тутового шелкопряда урожая 2024 года на основе инновационных технологий.

#seminar #vazir #klaster #pillachilik #qayta_ishlash #In_vitro #семинар #министр #кластер #шелководство #переработка_кокона

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish agrotarmoqning muhim vazifalaridan biri

Qishloq xo‘jaligi O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biridir. Meva-sabzavot va poliz ekinlarini yetishtirish va ularni qayta ishlash jarayonlarini texnik va texnologik yangilash hamda modernizatsiya qilish, tarmoqning xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvi uchun turtki bermoqda. O‘z-o‘zidan meva va sabzavotlarni qayta ishlash, qadoqlashga bo‘lgan talab ham oshib bormoqda.

Ana shunday imkoniyatlarni o‘zida jamlagan yana bir tashabbus Samarqand tumani “Gulobod” qo‘rg‘onida joylashgan «Agromir» MCHJ meva va sabzavotlarni qayta ishlash korxonasidir.

Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning Samarqand viloyatidagi navbatdagi tashrif obyekti aynan mana shu korxona bo‘ldi. Bu manzilda zaminimiz bog‘larida yetishtiriladigan meva va sabzavotlar qayta ishlanib, turli xildagi sharbatlar ko‘rinishda qadoqlanadi. Natijada 680 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan.

Mahsulot ishlab chiqarishni keng ko‘lamda tashkil etish maqsadida, quvvat zamonaviy texnologik liniya bilan jihozlangan. Bu yerda nafaqat meva sharbatlari, balki barcha soklarning asosi bo‘lgan meva pyurelari ham tayyorlanadi. Xorijga ham ayni mahsulot eksportga chiqariladi. Jahonning mashhur brendlari korxonaning asosiy xaridorlaridir.

I.Abdrurahmonov o‘z navbatida bugungi kunda korxona oldida turgan masalalar yechimi hamda ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirish bo‘yicha atroflicha fikr almashdi. Mevalar tarkibini saqlanishi, ulardagi vitamin, suvlilik darajasini meʼyorida bo‘lishi uchun lozim ishlar ko‘lami belgilanishini bildirdi. Zero, bu ishlar mamlakatimiz tadbirkorlarining ishini yengillashtirib, savdo peshtaxtalariga sifatli mahsulot yetkazilishiga zamin yaratadi.

#qishloq_xojaligi #vazir #meva #qayta_ishlash

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Zamin sayqalining sara mevalari qayta ishlanmoqda

🔰O‘zbekiston meva-sabzavotlarni yetishtirish va qayta ishlashda ulkan imkoniyatlarga ega. Aholi farovonligini doimo oshirib borishda xalqimiz turmush tarziga eng yaqin va tez natija beradigan yo‘nalish qishloq xo‘jaligida yuqori daromadli intensiv ishlab chiqarishni tashkil etish har qachongidan ham muhim o‘rin tutadi.

🖋Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va meva va sabzavotlarni qayta ishlashni o‘z oldiga maqsad qilgan Samarqand tumanida joylashgan “Samfruit” MChJ HK ham ana shunday korxonalardan biri.

🏫O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Samarqanddagi navbatdagi tashrif obyekti ayni shu korxona bo‘ldi.

Aytish joizki, 5,7 gektarda qad rostlagan ushbu majmuada bugungi kunda bozorgir bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda.

📝 “Mahsulot yetishtirish – xarid qilish – saqlash va qayta ishlash – eksport” zanjirini tashkil etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan mazkur korxonada ishlab chiqarishni keng ko‘lamda tashkil etish maqsadida, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Rossiya va Xitoy Xalq Respublikasidan texnologiyalar keltirilib o‘rnatilmoqda. Yillik qiymati 2 milliard so‘m bo‘lgan, 30-35 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qayta ishlash va to‘liq eksport qilish ko‘zda tutilgan. Korxona yil so‘ngiga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Bu orqali esa, 100 ta ish o‘rni yaratiladi.

📌Vazir o‘z navbatida korxona mutasaddilarining fikr va mulohazalarini tinglab, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quritish uchun zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini keng tatbiq etish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Suhbat asosini konstruktiv muloqot tashkil etdi. Bunda eng asosiysi hozirgi holatni buzmagan holda galdagi vazifalar va mahsulotning tannarxini tushirish yuzasidan qilinadigan ishlarning ko‘lami belgilab olindi.

#qishloq_xojaligi #vazir #meva #qayta_ishlash

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM