QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.6K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI – AGRAR SOHA VAKILLARI EʼTIBORIDA

👥Joriy yilning 22-sentyabr kuni Toshkent davlat agrar universitetida “Oziq-ovqat mahsulotlari hamda sog‘lom oziqlanish xavfsizligi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimlari, universitetning professor-o‘qituvchilari, doktorant hamda magistrantlari, soha mutaxassislari ishtirok etishdi. Seminarga xalqaro ekspert, Buyuk britaniyalik professor Richard Vudi taklif etildi.

Barcha insonlar faol va sog‘lom hayot kechirishlari yo‘lida o‘z oziq-ovqat ehtiyojlarini qondirishlari uchun yetarli, xavfsiz va to‘yimli oziq-ovqatdan jismoniy va iqtisodiy foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lganlaridagina oziq-ovqat va sog‘lom oziqlanish xavfsizligiga erishildi, deb bemalol aytish mumkin bo‘ladi. BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM), xususan, BRM 2 (ochlikka barham berish)da ushbu g‘oya o‘z aksini topgan.

Agrar universitetda o‘tkazilgan seminar-treningda bu maqsadlarga erishish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar, ularning O‘zbekiston sharoitiga implementatsiyasi, yurtimizda oziq-ovqat va sog‘lom oziqlanish xavfsizligi borasida erishilayotgan natijalar xususida fikr almashildi. Jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish, qayta ishlash, tayyorlash va sotishning butun siklida “xavfsiz oziq-ovqat” tamoyiliga amal qilinishi muhimligi ta'kidlandi.

Erkin mluoqot ruhida o‘tgan tadbirda ishtirokchilar tomonidan ko‘plab dolzarb va qiziqarli savollar berildi va xalqaro ekspertdan to‘laqonli javoblar olindi.

#seminar_trening #oziq_ovqat

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM