QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
O‘ZBEKISTON VA ARMANISTON: QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDA YANGI QADAMLAR
🇺🇿🤝🇦🇲
Bugun, 3-avgust kuni Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Armaniston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri Vagan Kerobyan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda so‘nggi yillarda O‘zbekistonda iqtisodiyotning asosiy tarmog‘i sifatida qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish va subsidiyalashga alohida eʼtibor qaratilayotganiga urg‘u berildi. Xususan, bugungi kunda hukumat Agro-oziq-ovqat sohasi bo‘yicha 40 dan ortiq turdagi subsidiyalar ajratmoqda.

Uchrashuvdan so‘ng Qishloq xo‘jaligi vazirligida Armaniston Respublikasi delegatsiyasi uchun respublikamizda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish yo‘nalishida olib borilayotgan amaldagi ishlar va rejalashtirilgan loyihalarning taqdimoti ham o‘tkazildi.

Taqdimotni Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev o‘tkazar ekan, mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirishning tarixi va hozirgi kunda olib borilayotgan loyihalar va erishilgan natijalar to‘g‘risida maʼlumot berdi. Taqdimot jarayonida mehmonlarni “Qishloq xo‘jaligi geoportali”, “CropAgro”, “E-IJARA”, “Agrosubsidiya” axborot tizimlari bilan batafsil tanishtirib o‘tildi va onlayn namoyish qilindi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv #raqamlashtirish #subsidiya

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHADA “O‘ZBEKKOSMOS” AGENTLIGI BILAN HAMKORLIK ISTIQBOLLARI

🤝Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi direktori Shuxrat Kadirov boshchiligidagi agentlik vakillari bilan uchrashdi.

Yig‘ilishda “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan suv resurslarini boshqarishni raqamlashtirish borasidagi tajriba, katta hajmdagi maydonlarga ilg‘or texnologiyalar yordamida ishlov berish bo‘yicha platformani joriy etish istiqbollari muhokama qilindi.

Bunda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan suv manbasidan ekin joylashgan konturgacha bo‘lgan sug‘orish ishlarini monitoring qilish, ekinlarning suvga bo‘lgan ehtiyojini va sug‘orish samaradorligini baholash bo‘yicha loyihaning joriy holati ko‘rib chiqildi.

#uchrashuv #hamkorlik #Qishloq_xojaligi_vazirligi #Ozbekkosmos #geoaxborot_texnologiyalari #raqamlashtirish

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish ertangi taraqqiyot demak

Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot mamlakatimizning turli tarmoq va sohalariga jadallik bilan tatbiq etilayotgani rost. Qishloq xo‘jaligi ham bundan istisno emas. Ayniqsa, tarmoqni rivojlantirishda, mahsulotlarni yetishtirishdan tortib, isteʼmolchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonda raqamlashtirishning o‘rni katta.

🌳Jumladan, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ham ayni shu masala xususida so‘z bordi.

🖥Zamonaviy jamiyat uchun raqamli iqtisodiyot nisbatan yangi jarayondir. Davlatimiz tomonidan ham bu borada qaror amaliy ishlar olib borilmoqda.

🔊Tashkil etilgan yig‘ilishda yer maydonlaridan oqilona foydalanish, suv resurslarini boshqarishni avtomatlashtirish, sohada foydalanuvchilarning malakalarni shakllantirish, elektron tijorat va elektron bozorni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi texnikalarini sinovdan o‘tkazish, subsidiyalarni ajratish kabi yo‘nalishlarga ham to‘xtalib o‘tildi.

#vazir #agrar #raqamlashtirish #yigilish

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM