QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.8K photos
2.58K videos
7 files
8.74K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
CHORVACHILIK — DAROMAD MANBAI

2019-yil 19-iyulda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

🐄Namangan viloyati Pop tumanida chorvachilikka ixtisoslashgan “Cafe restaurant zeytun” MCHJ ham Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi doirasida 1 mln 987 ming AQSH dollari miqdorida kredit mablag’i olgan. Ushbu mablag’lar evaziga Fransiyadan monbelyar zotli qoramollar olib kelingan. Umumiy qiymati 35 milliard so’m bo’lgan chorvachilik kompleksida kunlik sut sog’ib olish hajmi 3 tonnani tashkil etadi. Har bir qoramol o’rtacha hisobda 24-26 litrgacha sut bermoqda.
*****
ЖИВОТНОВОДСТВО — ИСТОЧНИК СТАБИЛЬНОГО ДОХОДА

19 июля 2019 года
было принято Постановление Президента Республики Узбекистан «О мерах по реализации проекта «Развитие сельского предпринимательства в Ферганской долине» с участием Международного банка реконструкции и развития».

🐄ООО “Cafe restaurant zeytun” специализирующееся на развитии животноводства в Папском районе Наманганской области, получило кредит в размере 1 млн 987 тыс. долларов США в рамках проекта «Развитие сельского предпринимательства в Ферганской долине» с участием Международного банка реконструкции и развития. За счёт этих средств из Франции был привезен племенной крупный рогатый скот породы монбелье. Объем надоев молока в животноводческом комплексе стоимостью 35 миллиардов сумов составляют 3 тонны в сутки. Каждая корова дает в среднем 24-26 литров молока.

#qishloq_xojaligi #chorvachilik #qoramol #sut #Namangan #сельское_хозяйство #животноводство #молоко #Наманган

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
POMIDOR NAVLARI SELEKSIYASI QIZG‘IN PALLADA

🍅Toshkent viloyati, Toshkent tumanidagi “NSA-AGRO Development” MCHJ 15 yildan ortiq vaqtdan beri O‘zbekistonning barcha hududlarida issiqxona majmualari va ochiq maydonlarda ekinlar yetishtirish, shuningdek maslahat xizmatlari, o‘g‘itlar va qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari savdosi sohasida faoliyat yuritib kelmoqda.

Xo‘jalikning umumiy yer maydoni 42,12 gektar bo‘lib, xususan 35 gektar mevali daraxtlar, 2 gektar uzumzor, 4,74 ga issiqxona majmuasidan iborat. Shuningdek, ma’suliyati cheklangan jamiyat faoliyatining yana bir yo‘nalishi – tuproqni tekshirish va barglar diagnostikasi, bog‘ va uzumzorlar barpo etiladigan hududlarda tuproqning yaroqliligini aniqlash uchun joylar tanlashdan iborat. Qayd etilishicha, hozirgi kunda korxona Isroilning “Hazira” kompaniyasi bilan pomidor navlari ustida sinov-tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqda.
*****
В САМОМ РАЗГАРЕ СЕЛЕКЦИЯ СОРТОВ ТОМАТОВ

🍅ООО «NCA-AGRO Development» в Ташкентском районе Ташкентской области уже более 15 лет осуществляет свою деятельность по выращиванию сельскохозяйственной продукции в тепличных комплексах и в открытом грунте, а также по оказанию консультационных услуг, реализации удобрений и семенного материала во всех регионах Узбекистана.

Общая
земельная площадь хозяйства составляет 42,12 га. 35 га заняты садами фруктовых деревьев, имеются также 2 га виноградников и тепличный комплекс на 4,74 га. Также в прерогативу деятельности ООО входят – исследование почвы и лиственная диагностика, подбор участков для определения пригодности почвы для высадки садов и виноградников. На данный момент компания проводит опытно-исследовательские работы над сортами томатов с израильской компанией «Hazira». Цель – отбор сортов, пригодных для климатических условий Узбекистана, и выведение их семян.

#issiqxona #pomidor #seleksiya #eksport #Cherri #теплицы #томаты #селекция #экспорт #Черри

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILAYOTGAN XABARLARGA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGINING RASMIY MUNOSABATI

📈O‘zbekiston Respublikasida har yili 100 ming gektardan ortiq maydonlarda sholi ekib, yetishtiriladi. Respublika sharoitida yiliga aholi jon boshiga o‘rtacha 9,8 kg.dan guruch isteʼmoli talab etiladi. Yaʼni mamlakatimiz aholisini to‘liq guruch mahsulotlari bilan taʼminlash uchun 353 ming tonna guruch zaxirasi talab etiladi.

Tahlillarga ko‘ra 2022-yilda Respublika bo‘yicha 8 ming tonna guruch import qilingan bo‘lsa, 2023-yilda 53,5 ming tonna guruch importi amalga oshirilgan. Yaʼni isteʼmolga nisbatan 10 ming tonna ortiqcha guruch import qilingan.

Joriy yilda Hindistondan boshqa mamlakatlarga guruch eksportining to‘xtatilishi O‘zbekiston Respublikasiga o‘z taʼsirini ko‘rsatmaydi.

👉Batafsil
*****
ОФИЦИАЛЬНОЕ ОТНОШЕНИЕ МИНИСТЕРСТВА СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН К СООБЩЕНИЯМ, РАСПРОСТРАНЯЕМЫМ В СОЦИАЛЬНЫХ СЕТЯХ

📈В Республике Узбекистан ежегодно выращивается рис на площади более 100 тысяч гектаров. В условиях республики в среднем на душу населения в год требуется 9,8 кг потребления риса. То есть населению республики требуется запас в размере 353 тысяч тонн риса для полноценного обеспечения рисовой продукцией.

Согласно анализам, в 2022 году в республику было ввезено 8 тысяч тонн риса, в то время как в 2023 году было ввезено 53,5 тысяч тонн риса. То есть было импортировано на 10 тысяч тонн больше риса, чем потреблялось.

Прекращение экспорта риса Индией в другие страны не окажет никакого негативного влияния на узбекский рынок.

👉Подробнее

#munosabat #guruch #eksport #import #рис #экспорт #импорт

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ITALIYA BIZNES DOIRASI VAKILLARI BILAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

👥Shu kunlarda Aziz Voitov boshchiligidagi O‘zbekiston oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasi delegatsiyasi Italiyada tashrif bilan bo‘lib turibdi. Tashrif davomida Italiyaning Cheneza shahrida yirik italyan kompaniyalari vakillari, mahalliy tadbirkorlar bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda xalqaro oziq-ovqat ko‘rgazmalari tashkilotchisi “Macfrut” kompaniyasining prezidenti Renzo Piratssini, CERMAC agrotexnika ishlab chiqaruvchilar uyushmasi prezidenti Enriko Turoni, Romanya, Forli-Chezena va Rimini muzofotlari tijorat palatasi prezidenti Karlo Battistini kabi Italiya biznes doirasining yuzga yaqin vakillari qatnashdi.
*****
УЗБЕКИСТАН-ИТАЛИЯ: КРУГЛЫЙ СТОЛ С ПРЕДСТАВИТЕЛЯМИ ИТАЛЬЯНСКОГО БИЗНЕС-СООБЩЕСТВА

👥Делегация в составе представителей продовольственной и сельскохозяйственной сферы Узбекистана во главе с Азизом Воитовым находится с визитом в Италии. В его рамках состоялся круглый стол с представителями крупных итальянских компаний и местными предпринимателями в городе Чезена.

В диалоге приняли участие около ста итальянских бизнесменов, в том числе президент компании "Macfruit", организующей международные продовольственные выставки Ренцо Пираззини, президент ассоциации производителей агротехники CERMAC Энрико Турони, президент Торговой палаты провинций Романья, Форли-Чезена и Римини Карло Баттистини.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #davra_suhbati #международное_сотрудничество #министр #круглый_стол

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ITALIYA MEVA-SABZAVOTNI QAYTA ISHLASH LINIYALARINI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI O‘RGANILDI

👥Shu kunlarda Italiyada tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston agrar sohasi delegatsiyasi Bolonyadagi “Unitec” kompaniyasida bo‘lib, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va saralash liniyasi bilan tanishdi.

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Italiyaga tashrifidan ko‘zlangan maqsadlar sirasida ushbu mamlakat agrosanoat korxonalarida ham bo‘lib, ularning tajribasini o‘rganish ham alohida o‘rin tutgan.

Binobarin, Aziz Voitov va unga hamrohlik qiluvchilar Bolonya shahridagi “Unitec” korxonasiga tashrif buyurdilar. Ushbu korxona meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va saralash liniyalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, yillik tovar aylanmasi 300 mln yevroni tashkil qiladi. Bugungi kunda korxona ishlab chiqargan meva-sabzavotni qayta ishlash liniyalari dunyoning 70 ga yaqin mamlakatlarida ishlab turibdi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #Unitec #meva_sabzavot #qayta_ishlash #ishlab_chiqarish

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM