QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.2K photos
2.56K videos
7 files
8.59K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24 telekanaliningYangiliklar 24 informatsion dasturida keyingi yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi va turlari ortib, sifati bir muncha yaxshilangani, qovun yetishtirish va uni eksport qilish borasida Xorazm viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar haqida lavha efirga uzatildi.

Unda Xorazm viloyati Xiva tumanida  yerdan samarali foydalanish borasida tajribaga ega mahalla ahli takroriy ekin ekishdan tashqari bir vaqtning o‘zida yerdan 5 xil turdagi mahsulot yetishtirishni ham yo‘lga qo‘yishgani, bu esa qo‘shimcha daromad olish imkonini oshirishi, dalada ko‘proq qovun-tarvuz yetishtirilishi haqida to‘xtalib o‘tilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #Yangiliklar_24

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24 telekanalining Yangiliklar 24 dasturida Prezidеntning “2023-2026-yillarda uzumchilik va vinochilik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berilgan vazifalar haqida lavha efirga uzatildi.

Unda fan va zamonaviy innovatsiyalar birga odimlayotgan davrda uzumchilikni ham ilmiy asoslarda rivojlantirish, uzum hosilini turli kasalliklardan asrash, navlarni rayonlashtirish, hosilni qayta ishlash singari masalalarga alohida e'tibor qaratilayotganiga to‘xtalib o‘tilgan. Shuningdek, lavhada sohadagi muammolarni bartaraf etish va uzumchilikni yanada rivojlantirish borasida agrar soha mutaxassislarining fikr va tavsiyalari keltirilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #Yangiliklar_24

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24 telekanalining Yangiliklar 24 informatsion dasturida mamlakatimizning agrar tarmog‘ida ekologik toza mahsulot yetishtirishda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan zarur choralar ko‘rilayotgani haqida lavha efirga uzatildi.

Unda “Dolzarb 15 kunlik” doirasida Toshkent viloyatining Piskent tumanida o‘tkazilgan seminarda g‘o‘za zararkunandalariga qarshi kurashda hududlardagi biolaboratoriya imkoniyatlaridan yuqori darajada foydalanish, biomahsulotlarni keng qo‘llash borasida so‘z yuritilgan.

Shuningdek, sabzavot, poliz ekinlari maydonlarining holatini nazorat qilish, kasalliklar, begona o‘tlar, hasharotlarga qarshi kurashda samarali usullarni qo‘llash zarurligi qayd etilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #Yangiliklar_24

WebsiteTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24 telekanalining Yangiliklar 24informatsion dasturida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani chekka ovuli Beltov qishlog‘ida pishib yetilgan pomidor va qovunlar hudud ehtyojini ta’minlashdan tashqari qo‘shni mamlakatlarga ham yetkazib berilayotgani haqida lavha efirga uzatildi.

Unda Taxtako‘pir tumani Beltov qishlog‘i hududida yillar davomida begona o‘t qoplagan 1000 gektarga yaqin yer bugungi kunda gullagan bog‘larga aylantirilgani va ayni kunlarda dalalarda ish jarayoni qizg‘in davom etib mahalliy aholi ommaviy ravishda yig‘im-terim mavsumida pishib yetilgan pomidorni qadoqlayotgani haqida so‘z yuritilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #Yangiliklar_24 #pomidor #qovun

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24 telekanalining Yangiliklar 24 informatsion dasturida Namangan viloyatida mevani qayta ishlashga mo‘ljallangan yangi korxona ish boshlagani haqida lavha efirga uzatildi.

Unda Chust tumanidagi Namangan erkin iqtisodiy zonasida 4 gektar yer maydonda tashkil etilgan korxonada 80 ta yangi ish o‘rni yaratilgani haqida so‘z yuritilgan.

Lavhadan zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan ushbu korxonada yiliga 24 ming tonna meva mahsulotlari qayta ishlanib, 2,5 ming tonna meva konsentrati xorijiy davlatlarga eksport qilinayotgani haqida ham bilib olishingiz mumkin.

#repost #Ozbekiston_24 #yangiliklar_24 #xorijiy_investitsiya #eksport

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM