QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.2K photos
2.56K videos
7 files
8.58K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TADQIQOTLARDA BOSHOQLI DON EKINLARI GENETIKASI VA SELEKSIYASI O‘RGANILMOQDA

🌾O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining “Boshoqli don ekinlari genetikasi va seleksiyasi” laboratoriyasida turli ekologik-geografik guruhlarga mansub donli ekinlar nav va tizmalarni duragaylash asosida biotik va abiotik omillarga bardoshli, sifati yuqori yangi navlar yaratib kelinmoqda.

#boshoqli_don #yangi_nav #ilmiy_tadqiqot_instituti
*****
В ХОДЕ ИССЛЕДОВАНИЙ ИЗУЧАЮТСЯ ГЕНЕТИКА И СЕЛЕКЦИЯ КОЛОСОВЫХ ЗЕРНОВЫХ КУЛЬТУР

🌾В лаборатории «Генетика и селекция колосовых зерновых культур» Научно-исследовательского института земледелия в южных районах при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан на основе сортовой и гребневой гибридизации зерновых культур различных эколого-географических групп создаются новые сорта высокого качества, устойчивые к биотическим и абиотическим факторам.

#зерно #зернобобовые #пшеница #ячмень #научно_исследовательский_институт

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJON ILMIY-TAJRIBA STANSIYASIDA PIYOZNING “MALLA” NAVI YARATILDI

🧅O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik” ilmiy-tadqiqot instituti Andijon ilmiy-tajriba stansiyasining ekin maydoni 84,5 gektar bo‘lib, ushbu maydonda 17 turdagi ekinlar ekilib, urug‘lari ko‘paytirib kelinmoqda.

#ilmiy_tadqiqot_instituti #yangi_nav #piyoz
*****
НА АНДИЖАНСКОЙ НАУЧНО-ОПЫТНОЙ СТАНЦИИ СОЗДАН СОРТ ЛУКА «МАЛЛА»

🧅Посевная площадь Андижанской научно-опытной станции НИИ овощебахчевых культур и картофеля при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан составляет 84,5 га, здесь выращивают 17 видов различных посевных культур и получают семенной материал.

#НИИ #новый_сорт #лук

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
KARTOSHKANING “TOSHKENT ERTAGISI” NAVI IXTIRO QILINDI

🥔O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti seleksioner olimlarining ko‘p yillik samarali izlanishlari natijasida kartoshkaning O‘zbekiston tuproq iqlim sharoitiga mos, ertapishar “Toshkent ertagisi” navi ixtiro qilindi.

#ilmiy_tadqiqot_instituti #kartoshka #yangi_nav
*****
СОЗДАН СОРТ КАРТОФЕЛЯ «ТОШКЕНТ ЭРТАГИСИ»

🥔В результате плодотворных многолетних исследований ученых-селекционеров НИИ овощебахчевых культур и картофеля при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан был создан сорт скороспелого картофеля «ТОШКЕНТ ЭРТАГИСИ», который полностью адаптирован к почвенно-климатическим условиям Узбекистана.

#НИИ #картофель #новый_сорт

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“BATAT” KARTOSHKASI: SERHOSIL VA SUVSIZLIKKA CHIDAMLI

🥔Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasi
ning jamoasi ham sohada ko‘pgina ilmiy loyihalar ustida izlanishlar olib bormoqda.

Institutda sabzavot-poliz ekinlarining 300 dan ortiq nav namunalari sinovdan o‘tkazilib, bugungi qadar 36 ta yangi nav yaratilgan.

👉Batafsil

#kartoshka #ilmiy_tadqiqot_instituti #yangi_nav #Samarqand
*****
СОРТ КАРТОФЕЛЯ" БАТАТ": ВЫСОКОУРОЖАЙНЫЙ И ЗАСУХОУСТОЙЧИВЫЙ

🥔
Коллектив Самаркандской научно-опытной станции НИИ овощебахчевых культур и картофеля проводит исследования в рамках множества научных проектов в сфере.

В институте испытано более 300 сортов овощебахчевых культур и на сегодняшний день создано 36 новых сортов.

👉Подробнее

#картофель #НИИ #новый_сорт #Самарканд

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJON ILMIY-TAJRIBA STANSIYASIDA YANGI NAVLI EKINLAR YETISHTIRILMOQDA

🍓O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Andijon ilmiy-tajriba stansiyasida qulupnayning yangi “Tong ifori” navi yaratildi. Ushbu qulupnayning boshqalaridan farqi shundaki, uni issiqxonada, yilning istalgan muddatida, yaʼni yil bo‘yi yetishtirib, hosil olish mumkin.

Qulupnayning bir tupidan 10 tagacha hosil shoxi chiqadi va ularning har biridan 4 tagacha ko‘chat olish mumkin bo‘ladi. Yaʼni bitta tupdan 40 tagacha ko‘chat olish mumkin.

#ilmiy_tadqiqot_instituti #issiqxona #yangi_nav #qulupnay
*****
НА АНДИЖАНСКОЙ НАУЧНО-ОПЫТНОЙ СТАНЦИИ ВЫРАЩИВАЮТ НОВЫЕ СОРТА СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННЫХ КУЛЬТУР

🍓На Андижанской научно-опытной станции НИИ овощебахчевых культур и картофеля при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан создан новый сорт клубники «Тонг ифори», преимущества которого заключаются в том, что данный сорт можно выращивать и собирать в теплице в любое время года, то есть круглогодично.

С одного куста клубники выходит до 10 плодовых ветвей, и с каждого из них можно получить до 4 саженцев. Таким образом, с одного куста можно получить до 40 саженцев.

#НИИ #теплицы #новый_сорт #клубника

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SAMARQANDDA POMIDORNING YANGI, SERHOSIL, MAHALLIY NAVI YETISHTIRILMOQDA

🍅Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasi olimlari tomonidan pomidorning mahalliy “Mustaqillik- 28” yangi navi yaratildi. Tomchilatib sug'orish yo'li bilan yetishtirilgan ushbu nav tashishga chidamliligi, eksportbopligi va hosildorligi bilan ajralib turadi.

Olimlar yaratgan yangi navning shirinlilik darajasi 7 foizga teng va bu ko‘rsatkich yurtimizda yetishtirilayotgan eng shirin pomidorlar ichida rekord ko‘rchatkich hisoblanadi.
*****
В САМАРКАНДЕ НОВЫЙ МЕСТНЫЙ СОРТ ТОМАТОВ ПОЗВОЛЯЕТ СОБИРАТЬ 200 ТОНН С ГЕКТАРА

🍅Учёные Самаркандской научно-опытной станции Научно-исследовательского института овощебахчевых культур и картофеля при Министерстве сельского хозяйства создали новый местный сорт томатов «Мустакиллик-28». По сравнению с другими, его отличают высокая транспортабельность, экспортоориентированность и урожайность.

Аналогичные данные нового сорта, созданного учеными Самаркандского НИИ овощебахчевых культур и картофеля, оставляют 7 процентов, и этот показатель является рекордным среди самых сладких томатов, выращиваемых в нашей стране.

#pomidor #yangi_nav #Mustaqillik_28 #ilmiy_tadqiqot_instituti #томат #новый_сорт #НИИ

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MEVALARNING SHOHI — BEHINING YANGI NAVI IXTIRO QILINIDI

Jannatmakon yurtning qaysi go‘shasiga bormang, bog‘lar, ko‘chalar, ziyoratgohlar, hovli tomorqalarida behi daraxtlarini uchratasiz. Bir nechta Behizor nomli ko‘chalar ham bor. Zero, behi daraxti uzoq vaqt suvsiz yashay olishi bilan boshqa mevalardan ajralib turadi. Lekin behining 80 foizi Farg‘ona vodiysining suvga serob bo‘lgan tog‘ yon bag‘irlari, qir-adirlarda yetishtiriladi.

Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Farg‘ona ilmiy-tajriba stansiyasida ham bir qator behi navlari mavjud. Ushbu kolleksiya bog‘i 2012-2013-yillarda tashkil topgan bo‘lib, hozirgi kunda 31 ta behi navi, shuningdek 10 ta duragay navlari parvarish qilinmoqda.

“Olmabehi” navida yoppasiga pishish sentyabr oyining uchinchi o‘n kunligida kuzatiladi. Behizorlarni kuchli zararlaydigan bakterial kuyish kasalligiga bardoshli. Yuqori hosilli nav, unumdorligi past yerlarda har gektariga 200 sentnerdan hosil beradi. Hosil quvvati 4,1-4,3 balga baholangan. 

Farg‘ona ilmiy-tajribasi stansiyasida mavjud 31 ta nav ichidan kasalliklarga, ayniqsa, bakterial rakka nisbatan chidamli navlarni aniqlab olish muhim ahamiyatga egadir. Farg‘ona ilmiy-tajriba stansiyasi ilmiy xodimlari tomonidan yaratilgan “Olmabehi” navida ham kasallanish darajasi 1 ball bilan baholanib, kasallikka bardoshliligi tasdiqlangan.

Oltindek tovlanayotgan behizorlar aro kezgan odam bu mumtoz meva daraxtini undirib, o‘stirgan bog‘bon mehnatiga tasanno aytadi. Bu ilmiy maskan ekinzorlarida bir necha 10 yillardan buyon yaratish, yashnatish ishqi bilan mehnat qilayotgan usta mirishkorlar bor. Har yili erta bahordan behi daraxtlariga shakl berish, ularni o‘g‘itlash, suspenziyalar yordamida dorilash ishlari ilmiy xodimlarning maslahat va ko‘rsatmalari asosida amalga oshiriladi.

#behi #olmabehi #yangi_nav #Fargona

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🥜 YERYONG‘OQLAR ICHIDA “LIDER” NAV YARATILDI

Dunyo dehqonchiligida tuproqning tabiiy unumdorligini tiklashda dukkakli ekinlardan foydalanish samarali usullardan biri ekanligi ilmiy asoslangan bo‘lib, ularning orasida yeryong‘oq iqtisodiy samaradorligi yuqoriligi bilan ajralib turadi.

Toshkent davlat agrar universiteti Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti professori, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Maxfurat Amanova ham 17 yil davomida yeryong‘oqning yangi turini yaratish ustida bir qator ilmiy izlanishlar olib bordi.

🔍 Izlanishlar samarasi o‘laroq, olima yeryong‘oqning dunyo bozori va mahalliy dehqon fermer xo‘jaliklarining talablarini qondira oladigan ertapishar, serhosil, yirik qizil urug‘li, urug‘i tarkibida moy va oqsil miqdori yuqori bo‘lgan "Lider” navini yaratishga va Davlat Reestriga kiritilishiga muvaffaq bo‘ldi.

Bir so‘z bilan aytganda, “Lider” navli yeryong‘oq Amerika, Hindiston va Xitoy navlari bilan to‘liq raqobatlasha oladi. Qolaversa, ushbu nav hosildorligi 6,5 tonnani tashkil etishi ahamiyatlidir.
___ ___ ___

🥜 СОЗДАН НОВЫЙ СОРТ АРАХИСА «ЛИДЕР»
 
Научно доказано, что использование зернобобовых культур является одним из эффективных способов восстановления естественного плодородия почвы в мировом сельском хозяйстве. Среди данных культур арахис выделяется своей высокой экономической эффективностью.

🔍Махфурат Аманова, профессор факультета плодоовощеводства и виноградарства Ташкентского государственного аграрного университета, доктор сельскохозяйственных наук, за 17 лет провела ряд научных исследований по созданию нового вида арахиса.

Одним словом, арахис сорта «Лидер» может полноценно конкурировать с американскими, индийскими и китайскими сортами. Вместе с тем стоит упомянуть, что, урожайность этого сорта составляет 6,5 тонн.

#yeryongoqlar #yangi_nav

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM