QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.5K photos
2.52K videos
5 files
8.34K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHADA STRATEGIK BOSHQARUVNI MUVOFIQLASHTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

💻Uzoq muddatli istiqbolni aniqlash strategik boshqaruvning asosiy qismi hisoblanadi. Strategik boshqaruvni muvofiqlashtirish aniq bir vaqt davomida kelajakda qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun hozirda nima qilish kerakligini aniqlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi doirasida sohada amalga oshirilayotgan loyihalarni samarali boshqarish va muvofiqlashtirish mexanizmlarini joriy etish maqsadida “Loyiha boshqaruv ofisi” tashkil etilgan edi. Vazirlikning Strategik boshqaruvni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilish aynan mazkur ofis tomonidan amaliyotga joriy etilgan loyihalar va ularning natijasiga qaratildi.

#vazir #raqamlashtirish #strategik_boshqaruv
*****
ОБСУЖДЕНЫ ВОПРОСЫ КООРДИНАЦИИ СТРАТЕГИЧЕСКОГО УПРАВЛЕНИЯ В АГРАРНОЙ СФЕРЕ

💻Определение долгосрочной перспективы является ключевой частью стратегического управления. Координация стратегического управления в течение определенного периода времени выявляет, что именно организация должна делать в настоящее время для достижения поставленных целей.

В рамках стратегии развития сельского хозяйства страны в Министерстве сельского хозяйства Узбекистана был создан «Офис управления проектами» с целью внедрения механизмов эффективного управления и координации проектов, реализуемых в отрасли. Совещание, проведенное координационным комитетом по стратегическому управлению министерства, было посвящено проектам, реализуемым данным офисом и их результатам.

#министр #цифровизация #стратегическое_управление

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BAHOR KUYCHISIGA EHTIROM

🖋Xalqimiz bahor faslini shoira Zulfiya Isroilovaning tavallud topgan kuni bilan boshlashni ezgu anʼanaga aylantirgan. Shoira tavalludining 108 yilligini munosib nishonlash maqsadida
poytaxtimizdagi “Adiblar xiyoboni”da ijodiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Eshmirza Abdualimov, vazirlik tizim tashkilotlari masʼullari, Toshkent davlat agrar universiteti o‘qituvchilari va talabalari, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalari ishtirok etdilar.

#Zulfiya #1_mart #shoira
*****
ДАНЬ УВАЖЕНИЯ ПОЭТЕССЕ ЗУЛЬФИЕ

🖋У нашего народа есть добрая традиция начинать весну с дня рождения поэтессы Зульфии Исраиловой. В Ташкенте состоялось творческое мероприятие, посвященное
празднованию 108-летия поэтессы.

В нем приняли участие советник министра сельского хозяйства Республики Узбекистан по вопросам повышения эффективности духовно-просветительской работы, обеспечения соблюдения законодательства о государственном языке Эшмирза Абдуалимов, ответственные лица системных организаций министерства, преподаватели и студенты Ташкентского государственного аграрного университета, обладатели Государственной премии имени Зульфии.

#Зульфия #1_марта #поэт

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTONLIK OLIMLAR TOMONIDAN ACHCHIQ QALAMPIRNING YANGI NAVI YARATILDI

🌶Respublikamizda soha bo‘yicha yetakchi hisoblangan Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti seleksioner olimlarining ko‘p yillik samarali izlanishlari natijasida O‘zbekistonda ilk bor achchiq qalampirning issiqxonada yetishtirishga va mahalliy tuproq iqlim sharoitiga mos “Sharq gavhari” navi ixtiro qilindi. Qalampirning ushbu navi q.x.f.d. Nurbek Xushvaqtov va q.x.f.d. Rustam Nizomovlar tomonidan yaratildi.

#agroinfo #ixtiro #yangi_nav #achchiq_qalampir #ilmiy_tadqiqot_instituti
*****
УЧЕНЫМИ ИЗ УЗБЕКИСТАНА СОЗДАН НОВЫЙ СОРТ ОСТРОГО ПЕРЦА

🌶В результате многолетних эффективных исследований ученых-селекционеров Научно-исследовательского института овощеводства, бахчевых культур и картофеля (НИИ), считающегося лидером отрасли в нашей республике, впервые в Узбекистане выведен сорт острого перца, «Восточная жемчужина». Сорт для выращивания в местных почвенно-климатических условиях. Перец этого сорта выведен д.с.х.н. Нурбеком Хушвактовым и д.с.х.н. Рустамом Низомовым.

#агроинфо #новый_сорт #острый_перец #научно_исследовательский_институт

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
O‘ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGINI TRANSFORMATSIYA QILISH – QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI VA FAONING QO‘SHMA LOYIHASI

🔰2023-yilning 1-2-mart kunlari Toshkent shahrida “Qishloq xo‘jaligini raqamli transformatsiya qilish uchun tuproqni tayyorlash” milliy loyihasi doirasida seminar bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu loyiha – O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamkorligida amalga oshirilmoqda.

#seminar #Qishloq_xojaligi_vazirligi #FAO #hamkorlik #raqamli_transformatsiya #raqamlashtirish
*****
ПРЕОБРАЗОВАНИЕ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА УЗБЕКИСТАНА – СОВМЕСТНЫЙ ПРОЕКТ МИНСЕЛЬХОЗА И ФАО

🔰1 и 2 марта 2023 года в Ташкенте проходит семинар в рамках национального проекта «Подготовка почвы для цифровой трансформации сельского хозяйства».

Данный проект – совместная работа Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан и Продовольственной и сельскохозяйственной организации Объединенных Наций (ФАО).

#семинар #Министерство_сельского_хозяйства #ФАО #сотрудничество #цифровая_трансформация #цифровизация #платформа #информация

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
O‘ZBEKISTON – VENGRIYA: AGRAR SOHADAGI HAMKORLIK RIVOJLANMOQDA

🤝O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 1-yig‘ilishi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida ikki mamlakat qishloq xo‘jaligi sohasidagi Qo‘shma ishchi guruhining
1-yig‘ilishi
bo‘lib o‘tdi.

#xalqaro_hamkorlik #yigilish #Ozbekiston #Vengriya
*****
УЗБЕКИСТАН - ВЕНГРИЯ: РАЗВИТИЕ СОТРУДНИЧЕСТВА В АГРАРНОМ СЕКТОРЕ

🤝В целях реализации договоренностей, достигнутых в рамках 1-го заседания межправительственной комиссии по сотрудничеству между Узбекистаном и Венгрией, состоялось совещание Совместной рабочей группы в области сельского хозяйства двух стран.

#международное_сотрудничество #заседание #Узбекистан #Венгрия

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BOZORLARDA NARX-NAVONING SUNʼIY OSHIB KETISHI QAYSI OMILLARGA BOG‘LIQ?

📊Toshkent davlat agrar universitetida bo‘lib o‘tgan “Aholini arzon va sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (piyoz, sabzi, kartoshka va hok.) bilan taʼminlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlarining keskin ko‘tarilishi sabablarini muhokama qilish”ga bag‘ishlangan keng qamrovli yig‘ilishda bu borada shu kungacha qilingan ishlar va kelgusida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar, uni yetkazib beruvchilar hamda iste’molchilar uchun birdek manfaatli bo‘lgan yo‘llarini ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

#yigilish #narx_navo #qishloq_xojaligi_mahsulotlari
*****
КАКИЕ ФАКТОРЫ ВЛИЯЮТ НА ИСКУССТВЕННОЕ ПОВЫШЕНИЕ ЦЕН?

📊Состоялось комплексное совещание на тему: «Эффективность принимаемых мер по обеспечению населения дешевой и качественной сельскохозяйственной продукцией (луком, морковью, картофелем и др.) и резкий рост цен на сельскохозяйственную продукцию».

#совещание #цены #сельскохозяйственная_продукция

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“VAZIYAT MARKAZI” LOYIHASI UCHUN MA’LUMOTLARNI TO‘PLASH VA TAHLIL QILISH

💻Bugun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga qarashli tashkilot va idoralar vakillari ishtirokidagi yig‘ilishda “Vaziyat markazi” loyihasining taqdimoti o‘tkazildi. Shuningdek, agrosanoat majmuasidagi yo‘nalishlarda ma’lumotlarni to‘plash va saralash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Keyinchalik ular “Vaziyat markazi” platformasi ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.

#raqamlashtirish #taqdimot #vaziyat_markazi
*****
СБОР И АНАЛИЗ ИНФОРМАЦИИ ДЛЯ ПРОЕКТА «СИТУАЦИОННЫЙ ЦЕНТР»

💻Сегодня состоялось собрание с представителями подведомственных организаций и управлений Министерства сельского хозяйства РУ, для которых была проведена презентация по проекту «Ситуационный центр», а также поставлены конкретные задачи по сбору и сортировке информации направлений АПК, которые в дальнейшем будут внесены в базу платформы «Ситуационного центра».

#цифровизация #презентация #ситуационный_центр

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHADAGI ISHLAR TAHLIL QILINDI VA GALDAGI VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

💻Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi vakillari, vazirlik va idoralar mas’ullari hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilot va boshqarmalar mas’ullari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda yurtimizda agrar sohada shu kungacha olib borilayotgan ishlar, sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish yo‘llari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, yig‘ilishda qishloq xo‘jaligidagi vazifalar ijrosini ta’minlashga davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarni so‘zsiz ijro etish bo‘yicha yaxlit tizim yaratish nuqtai-nazaridan yondashildi.

#yigilish #qishloq_xojaligi #vazir

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM