QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
27.2K photos
2.82K videos
7 files
10.2K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AYOL TOMORQASIDAN DAROMAD OLSA...

👥13-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazida “Aholi tomorqalarida bog‘dorchilik va uzumchilikni tashkil etish” mavzusiga bag‘ishlangan 5 kunlik seminar-trening tashkil etildi.

#seminar_trening #bogdorchilik #uzumchilik #agrar_soha_ayollari
*****
КАК ЖЕНЩИНА МОЖЕТ ПОЛУЧАТЬ ДОХОД ОТ СВОЕГО ХОЗЯЙСТВА?

👥13 марта 2023 года в Национальном центре знаний и инноваций в сельском хозяйстве при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан был организован пятидневный семинар-тренинг на тему: "Организация садоводства и виноградарства на приусадебных участках населения".

#семинар_тренинг #женщины_в_сельскохозяйственной_сфере #садоводство #виноградарство

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YOSHLARNING NAZARIY VA AMALIY BILIMLARINI MUSTAHKAMLASH YO‘LIDA

🎓Yurtimizda «Yoshlar: bilim va amaliyot» loyihasining navbatdagi dasturiga start berildi.

Ushbu loyihadan ko‘zlangan maqsad talaba-yoshlar faolligini ta’minlash, ularning tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Qolaversa, bu loyiha mutaxassislikka tayyorlash orqali agrar soha tarmoqlariga kelgusida istiqbolli kadrlar zaxirasi uchun zamin yaratishga xizmat qiladi.

«Yoshlar: bilim va amaliyot» loyihasi bir necha bosqichdan iborat: dastlab qatnashchilarning nazariy bilimlari va xorijiy tillarni o‘zlashtirish darajasi test sinovlari orqali baholanadi. So‘ngra, ochiq muloqot davomida talabalarning iqtidori, qiziqishlari hamda kelajakdagi maqsad-rejalari o‘rganiladi.

#Yoshlar #talabalar #agrar_soha #qishloq_xojaligi

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
YOSH OLIMLAR O‘RTASIDA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI BO‘LIB O‘TDI

📚Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida Yoshlar kuniga bag‘ishlab “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

O‘yinda iqtidorli yosh doktorantlardan tashkil topgan 5 ta guruh o‘zaro bellashdi. Ishtirokchilar hakamlar tomonidan taqdim etilgan savollarga belgilangan vaqt ichida aniq javoblar berishga harakat qildilar.

Bellashuv yakuni bo‘yicha Abdurahmon Rasuljonov sardorligidagi 1-guruh jamoasi 1-o’rinni egallab, tashkilotchilar tomonidan sertifikat va sovrinlar bilan taqdirlandi.

#ilmiy_tadqiqot_instituti #zakovat #yoshlar_kuni #agrar_soha_yoshlari
*****
СРЕДИ ЮНЫХ УЧЁНЫХ ПРОШЛА ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНАЯ ИГРА «ЗАКОВАТ»

📚В научно-исследовательском институте механизации сельского хозяйства прошла интеллектуальная игра «Заковат».

В находчивости и интеллектуальном развитии соревновались пять групп талантливых молодых докторантов. Участники старались давать точные ответы на поставленные жюри вопросы в отведенное время.

По итогам соревнований команда 1-й группы под руководством Абдурахмана Расулджанова заняла 1-е место и была награждена грамотой и призами от организаторов.

#НИИ #заковат #день_молодёжи #молодежь_аграрной_сферы

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHA YOSHLARI” RESPUBLIKA FORUMI BO‘LIB O‘TDI

📚Bugun 24-iyun kuni Toshkent shahrida Agrar soha yoshlari” respublika forumi doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

30-iyun — Yoshlar kuniga bag‘ishlab, vazirlik va "Zakovat intellektual klubi" NNT hamkorligida tashkil etilgan o‘yinda Qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy boʻlinmalari, vazirlik tizimidagi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, agentlik va qoʻmitalarning yosh davlat xizmatchilari va iqtidorli talabalari ishtirok etishdi.

👥Intellektual o‘yinda 36 ta jamoa tarkibida 216 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Forumga Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ham tashrif buyurib, yoshlarni bayram bilan tabriklab, ularga samimiy tilaklarini bildirdi:
"Hurmatli forum ishtirokchilari! Sir emas, qishloq xo‘jaligida yoshlarimiz juda faol, aqlli va dono. Men buni bir necha bor taʼkidlab o‘tganman. Хususan agrar sohaning 40 foizi siz aziz yoshlardan iborat. Bugun yuz-ko‘zingizdagi qatʼiyatdan, ishonchdan ko‘rinib turibdiki, sizlar bilan hali ko‘p yangi maqsadlarni, rejalarni birgalikda amalga oshiramiz!"

Shundan so‘ng forumning kulminatsion nuqtasiga yetib kelindi. Yaʼni bahslarda o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etib, g‘oliblik shohsupasiga yetib kelgan jamoalarni Aziz Voitov va vazir maslahatchisi Eshmirza Abdualimov qutlashdi.

🥇1-o‘rin — “Termiz forever” jamoasi;
🥈2-o‘rin — “ISKAD” jamoasi;
🥉3-o‘rin — “Sigma” jamoasiga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlar kubok, medal, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

#vazir #agrar_soha_yoshlari #zakovat #intellektual_oyin

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGIDA KENG QAMROVLI AGROXIZMATLAR MARKAZLARI TASHKIL ETILADI

💻Zamonaviy qishloq xo‘jaligi ilm-fan va innovatsiyalar bilan hamohanglikda jadal rivojlanib bormoqda. Bu esa sohada ko‘plab yutuq va imkoniyatlar yaratilishiga zamin bo‘lmoqda.

Joriy yilning 7-iyul kuni Prezidentning PQ-216-son Agrar sohada ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, sohadagi ilmiy tadqiqotlar mavzularini shakllantirish, ilm-fan natijalarini amaliyotga joriy qilish, kadrlar tayyorlashda agroklasterlar, kooperativlar va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining real ehtiyojlarini inobatga olishning yangi mexanizmlari joriy etilmoqda.

2023-yilning 1-sentyabridan boshlab:

— oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik;
— ilm-fan yutuqlari, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish;
— inson resurslarini rivojlantirish masalalari yangi tashkil etiladigan agroklasterlar, kooperativlar va sohadagi boshqa yirik korxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yishda litsenziya va ruxsat etish tartib-taomillari shartlaridan biri etib belgilanadi.

👉Batafsil

#zamonaviy_qishloq_xojaligi #innovatsiya #agrar_soha #agroxizmatlar_markazi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHANI RAQAMLASHTIRISH BORASIDA YANGI IMKONIYATLAR BERILMOQDA

👥Joriy yilning 3-avgust kuni Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-avgustda qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligi sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 257-son qarorining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlar, agrar soha vakillari ishtirokidagi seminarni Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev kirish so‘zi bilan ochib berdi va qarorning agrar sohadagi ahamiyati, undan kelib chiqqan holda soha vakillari oldiga qo‘yiladigan vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, qarorga binoan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasining tashkiliy-huquqiy shakli Masʼuliyati cheklangan jamiyatga o‘zgartirilib, agrar sohani raqamlashtirish yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatuvchi yagona integrator sifatida faoliyat yuritishi belgilangan.

#Agrosanoatni_raqamlashtirish_markazi #seminar_trening #agrar_sohani_raqamlashtirish #raqamli_qishloq_xojaligi #agroplatforma

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HUDUDLARDA “AGROPLATFORMA” TIZIMINING TARG‘IBOTI

💻Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-257 va PQ-113-sonli qarori qabul qilingani hamda uning mazmun-mohiyatini soha vakillariga yetkazish va bu borada qilinadigan ishlarni rejalashtirish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan seminar-trening tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.

Bu kabi seminarlar hududlarda ham davom etmoqda. Jumladan, joriy yilning 7-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatlarida ham qarorning mazmun-mohiyatini soha vakillariga yetkazishga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Unda mazkur qaror asosida qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish orqali yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, ekinlar holatini monitoring qilishning idoralararo axborot tizimlarini joriy etish belgilanganligi hamda “Agroplatforma” axborot tizimining imkoniyat va afzalliklari haqida to‘liq tushuntirishlar berildi.

#seminar_trening #agrar_sohani_raqamlashtirish #raqamli_qishloq_xojaligi #agroplatforma

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Yashil makon” umummilliy loyihasi: qadriyatlar bilan qadr topayotgan tashabbus

Yurt obod bo‘lishida agrar tarmoq xodimlarining ham hissasi borligi qo‘lga belkurak olib, shijoat bilan mehnat qilishga undashi bor gap. Birgina, 28 gektar maydonni o‘z ichiga olgan Toshkent davlat agrar universitetining turli hududlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida alohida maydonlar ajratilganligi fikrimiz dalilidir.

🖋Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligida shunday maydonlardan birida “Qishloq xo‘jaligi vazirligi bog‘i”ga asos solindi. Vazirlik markaziy apparati, departament va boshqarma boshliqlaridan iborat jamoa o‘zlarining umid nihollarini yerga qadadilar.

🌳Bugun bu bog‘ga 60 tup mevali daraxt ekildi. Olma, nok, behi mevaga kirishi uchun endilikda hamma birdek mehnat qiladi. Shugina emas. Vazir tashabbusiga ko‘ra bu yerda “Voish” usulida uzum ko‘chatlari ekish ilgari surildi.

📌Daraxt ko‘chatlari universitet hududining iqlim sharoitidan kelib chiqib, bog‘lar hosil qilish va ko‘kalamzorlashtirishni nazarda tutgan holda tanlab olinmoqda.

🔊Vazir o‘z navbatida, universitet hududida tok ekish, sug‘orish tizimini takomillashtirish, terak qalamchalarini yetishtirish, har bir talabaning o‘z nomidan guruh asosida ko‘chat ekish va parvarishlash hamda ota-onalar bog‘ini yaratish taklifini berdi.

#yashil_makon #agrar #mevali_daraxt #tok

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Zamon bilan hamnafas: talabalarning qiziqishi, intilish va ehtiyojlari o‘rganilmoqda

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Toshkent davlat agrar universiteti faoliyati va turar joy binolarida talaba yoshlar uchun yaratilgan sharoit bilan yaqindan tanishish maqsadida universitetga tashrif buyurdi.

Aytish kerak, bugun, Toshkent davlat agrar universiteti bakalavriat yo‘nalishlari kunduzgi ta’lim shaklida 7180 nafar talaba-yoshlar tahsil olmoqda.

📌Qishloq xo‘jaligi vaziri I.Abdurahmonov universitet hududidagi 13-son talabalar turar joyi bilan yaqindan tanishar ekan, u yerda talabalarga yaratilgan sharoit, muammo va takliflar bilan qiziqdi. Vazir o‘z navbatida talabalar tomonidan amalga oshiriladigan har bir loyihani qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Talabalar faqat auditoriyalarda saboq olish bilan chegaralanmasdan, o‘z bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlab borishlarini ta’kidladi.

Maqsad yagona: talaba ilm olish bilan birgalikda o‘zidagi iste’dod va qobiliyatni shakllantirsin. Zamonaviy fikrlaydigan hamda yangilik yarata oladigan shaxs bo‘lsin. Tillarni bilishi, to‘garaklardagi ishtiroklari uning kelgusi faoliyati hamda oila muhitida aks etishi joiz. Shunda agrotarmoqning zamonaviy menejerlari zamonaviy qishloq xo‘jaligini aqlli yo‘nalishlarini vujudga kelishiga zamin yarata oladilar.

#vazir #agrar #turar_joy #talaba

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish ertangi taraqqiyot demak

Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot mamlakatimizning turli tarmoq va sohalariga jadallik bilan tatbiq etilayotgani rost. Qishloq xo‘jaligi ham bundan istisno emas. Ayniqsa, tarmoqni rivojlantirishda, mahsulotlarni yetishtirishdan tortib, isteʼmolchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonda raqamlashtirishning o‘rni katta.

🌳Jumladan, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ham ayni shu masala xususida so‘z bordi.

🖥Zamonaviy jamiyat uchun raqamli iqtisodiyot nisbatan yangi jarayondir. Davlatimiz tomonidan ham bu borada qaror amaliy ishlar olib borilmoqda.

🔊Tashkil etilgan yig‘ilishda yer maydonlaridan oqilona foydalanish, suv resurslarini boshqarishni avtomatlashtirish, sohada foydalanuvchilarning malakalarni shakllantirish, elektron tijorat va elektron bozorni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi texnikalarini sinovdan o‘tkazish, subsidiyalarni ajratish kabi yo‘nalishlarga ham to‘xtalib o‘tildi.

#vazir #agrar #raqamlashtirish #yigilish

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM