QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.84K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#Символ_страны #18_ноября #флаг #праздник

ФЛАГ РОДИНЫ СВЯЩЕНЕН

🇺🇿По случаю 31-й годовщины принятия Государственного флага Республики Узбекистан, символа нашей страны, рабочий день в Министерстве сельского хозяйства начался с поздравительных хэштегов.

В честь этой даты в Министерстве прошел специальный просветительский час под девизом: «Флаг Родины священен». В ходе мероприятия коллектив исполнил гимн страны.

На мероприятии советник министра сельского хозяйства Республики Узбекистан по вопросам повышения эффективности духовно-просветительской работы, обеспечения соблюдения законов о государственном языке Эшмирза Абдуалимов рассказал об исторических процессах, связанных с принятием флага нашей страны, о том, что это важнейший атрибут духовности, о значении цветов и символов.

В организациях, предприятиях и учреждениях системы министерства с сегодня также прошли духовно-просветительские мероприятия, посвященные этой дате.

👉Подробнее

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#davlat_ramzi #18_noyabr #bayroq #bayram

🇺🇿18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi sanasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar vazirlik tizimidagi tashkilot, korxona va muassasalarda ham o‘zgacha shukuh bilan o‘tkazildi.

“O‘zdavyerloyiha” Davlat ilmiy loyihalash instituti Andijon, Toshkent, Surxondaryo viloyatlari bo‘linmalari xodimlari "O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan "Bayrog‘im - g‘ururim!" shiori ostida o‘tkazilayotgan xeshteg tadbirlarida faol ishtirok etishdi. Urug‘chilikni rivojlantirish markazi xodimlari ham ushbu chellenjga qo‘shilishdi.

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida «Muqaddasdir vatan bayrog‘i», «Shuhrating porlasin toki bor jahon» shiori ostida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda Institutda faoliyat olib borayotgan professor hamda katta ilmiy xodimlar va doktorantlar ishtirok etdilar.

“O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun hamda Davlat ramzlari qabul qilingan kunlar munosabati bilan Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazida ham tadbir o‘tkazildi. Tadbirga Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori Feruza Muhitdinova hamda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a‘zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, dotsent Qo‘chqor Norqobilovlar taklif etilib, “Davlat bayrog‘i – mustaqil davlat suvereniteti ramzi”, “Davlatimiz ramzlari ulug‘ va muqaddasdir” mavzularida maʼruzalar bo‘lib o‘tdi.

Surxondaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida “Bayrog‘imiz faxrimiz, g‘ururimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#yashil_makon #kochat_ekish #umummilliy_loyiha

🌱Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Zarbdor 40 kunlik” munosabati bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari davom etmoqda.

Xususan, vazirlik huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazining 40 nafardan ziyod xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi ko‘chalar va yo‘llar yoqasi, bo‘sh yer maydonlariga 2 300 dan ortiq mevali, manzarali daraxtlar, gul va buta ko‘chatlari ekildi.

Markazning respublika bo‘ylab 13 ta hududiy boshqarmasi, 66 ta elita urug‘chilik xo‘jaliklari bor. Ularda ham ushbu ishlar davom etmoqda. Maqsad foydalanishdan chiqib ketgan yer maydonlarini foydalanishga kiritib, ko‘chatlarni ekish va ularni parvarish qilishdan iborat.

Qashqadaryo viloyatida ko‘chat ekish ishlarini samarali tashkil etish, agrotexnik qoidalarga qatʼiy rioya etish, parvarishlash va sug‘orish ishlarini tizimli amalga oshirish bo‘yicha tajribali agronom, olim va bog‘bonlar ishtirokida Qamashi tumani Chim MFY, Nishon tumani Paxtakor MFY va Kasbi tumani “Mustaqilobod ko‘rki” fermer xo‘jaligida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

Viloyat bo‘yicha Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan ixota daraxtzorlar barpo etiladigan yerlarda 249 million dona, fermer xo‘jaliklarining dala chetlariga 994 millin dona tut va tok hamda har xil turdagi manzarali daraxtlar ko‘chatlarini ekish ishlari amalga oshirildi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#kuzgi_bugdoy #agrotexnik_tadbirlar

Qishloq xo‘jaligi majmuasida dehqon va fermerlarning kunlik muammolarini yechish, bu yo‘lda bajarilayotgan ishlarni monitoring qilish, salbiy vaziyatlarga joyida barham berish maqsadida Hukumat ishchi guruhi faoliyat olib bormoqda.

Joriy yilning 18-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sh.G‘aniyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanida 2023-yil hosili uchun parvarish qilinayotgan kuzgi boshoqli don maydonlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, g‘alla parvarishida dolzarb bo‘lgan tashkiliy va agrotexnik tadbirlar yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Shuningdek, Taxiatosh suv taqsimlash inshootining old qismida Amudaryoning loyqa bilan to‘lib qolgan o‘zanini tozalash ishlari ko‘rib chiqildi hamda bu ishlarni qisqa muddatlarda yakunlash uchun qo‘shimcha ekskavator va texnikalarni jalb qilish bo‘yicha tegishli masʼullarga ko‘rsatmalar berildi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#dronlar #tarix #bu_qiziq

XX ASR BOSHLARIDA DRON

🕊Ilk aerofototasvirlar XX asr
da paydo bo‘lgan.

Eng qizig‘i, zamonaviy dronlar ajdodining ixtirochisi farmatsevt bo‘lgan.

1907-yilda nemis farmatsevti Yuliy Noybronner kaptarlardan dori-darmonlarni yetkazib berishda foydalangan. Bir kuni kaptarlardan biri qariyb to‘rt hafta davomida g‘oyib bo‘ladi va Noybronner uning kabutarlari o‘z yo‘lida qayerga uchib ketishganiga qiziqadi. Ushbu muammoni hal qilish uchun u qushga osib qo‘yiladigan maʼlum vaqt oralig‘ida suratga oladigan maxsus mitti avtomatik kamerani o‘rnatadi. Shu tariqa kelgusida dronlarni yaratish bo‘yicha ilk ishlanmalarga start beriladi.

Bugungi kunda ko‘p sohalar qatori qishloq xo‘jaligida ham dronlardan unumli foydalanilmoqda. Xususan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi “O‘zdavyerloyiha” DILI tomonidan dronlar yo‘nalishi bo‘yicha 5 turdagi xizmat ko‘rsatiladi. Ular qishloq xo‘jaligi yerlarining meliorativ holatini aniqlash, zararkunandalarga qarshi kimyoviy va biologik kurashish, qishloq xo‘jaligi ekinlarining maydoni va holatini monitoring qilishdan iborat.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#дроны #история #это_интересно

ДРОН В НАЧАЛЕ XX ВЕКА

Первые аэрофотоснимки появились в XX веке.

Самое интересное, что изобретателем предка современных дронов являлся фармацевт.

🕊В 1907 году немецкий фармацевт Юлий Нойброннер использовал голубей для доставки лекарств. Однажды один из голубей пропал без вести почти на четыре недели, и Нойброннер заинтересовался вопросом, куда улетел его голубь. Для решения этого вопроса он устанавливает специальную миниатюрную автоматическую камеру, которую вешает на птицу и она делает снимки через определенные промежутки времени. Таким образом, дается старт первым разработкам по созданию дронов в будущем.

Сегодня, наряду со многими сферами, дроны эффективно используются и в сельском хозяйстве. В частности, 5 видов услуг в сфере дронов оказывает НПИ «Уздаверлойиха» системы Минсельхоза. Они заключаются в определении мелиоративного состояния земель, борьбе с вредителями, мониторинге земель и состояния сельскохозяйственных культур.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#backstage #agroinnovatsiya #mtrk

“O‘ZBEKISTON” TELERADIOKANALI ORQALI “AGROINNOVATSIYA” TOK-SHOUSI BO‘LIB O‘TDI

📌 Ko‘rsatuvning ushbu soni Sabzavot, poliz mahsulotlari va kartoshka yetishtirishning innovatsion texnologiyalari tahliliga bag‘ishlandi.

📺 Tok-shouda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimlari hamda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining olim va mutaxassislari ishtirok etishdi.

Muloqot chog‘ida sohada amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.

👉Efirni to'liq ko'rish uchun

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM