QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.84K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ozbekiston_Vengriya #Biznes_forum #B2B_G2B #Samarqand
O‘zbekiston-Vengriya qo‘shma biznes forumi doirasida o‘zbekistonlik tadbirkorlar va venger kompaniyalari vakillari o‘rtasidagi “B2B” va “G2B” shaklidagi muzokaralar.

*****

#Узбекистан_Венгрия #Бизнес_форум #B2B_G2B #Самарканд
Переговоры в формате «B2B» и «G2B» между узбекскими предпринимателями и представителями венгерских компаний в рамках совместного узбекско-венгерского бизнес-форума.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#repost #Uzbekiston24 #Samarqand #Biznes_forum

🎥 O‘zbekiston 24 telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti doirasida tashkilotga aʼzo davlatlar va O‘zbekiston hamkorligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan o‘tkazilayotgan brifinglar haqida lavha tayyorlandi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi brifingi haqida xabar berilgan. Ushbu brifing qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev tomonidan olib borildi.

Brifingda TDTga aʼzo va kuzatuvchi mamlakatlar bilan qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TDT #Samarqand #Biznes_forum #birifing #Agroforum

Tadbirkorlar tomonidan "B2B" va "G2B" formatidagi muzokaralardan so‘ng brifing bo‘lib o‘tdi, unda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Qahramon Yuldashev so‘zga chiqdi.

U TDTning o‘ziga xosligi uning hamkorlik uchun ko‘p qirrali yo‘nalishlari mavjudligida ifodalanishini ta’kidladi. Xususan, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha aloqalarning jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgani alohida ahamiyat kasb etadi.

Joriy yil iyul oyida Toshkent shahrida ilk bor Turkiy Davlatlar Tashkiloti qishloq xo‘jaligi vazirlarining yig‘ilishi hamda uning doirasida Turkiy davlatlar Agroforumi o‘tkazildi. Qishloq xo‘jaligi vazirlarining yig‘ilishi doirasida sohani raqamlashtirish, urug‘chilik, organik qishloq xo‘jaligi, agrar ta’lim, chorvachilik, agrosanoatni moliyalashtirish va Sug‘urta fondini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

"Agroforum doirasida o‘tkazilgan “B2B” tarzidagi uchrashuvlar yakuni bilan 8 ta investitsiya bitimi va 49 ta savdo shartnomasi imzolandi", – deya ta’kidladi Qahramon Yuldashev.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#repost #Biznes_forum #Uzbekiston24 #Samarqand #MEMORANDUM #HAMKORLIK #parrandachilik #chorvachilik #kartoshkachilik

O‘zbekiston-Vengriya qo‘shma
biznes forumi doirasida o‘zbekistonlik tadbirkorlar va venger kompaniyalari vakillari o‘rtasidagi “B2B” va “G2B” shaklidagi muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari – Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori Alisher To‘rayev ham ishtirok etmoqda.

Lavhada Alisher To‘rayev bugungi biznes forumi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi sohasiga qanchalik manfaatli bo‘lgani haqida fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Xususan, chorvachilik va urug‘lik kartoshkachilik yo‘nalishi bo‘yicha Vengriya va O‘zbekiston o‘rtasida muhim kelishuvlar amalga oshirilayotganini taʼkidlab o‘tdi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#Biznes_forum #Memorandum #hamkorlik #parrandachilik #Samarqand

VENGRIYA BILAN HAMKORLIKDA PARRANDACHILIK KLASTERINI TASHKIL ETISH BO‘YICHA ANGLASHUV MEMORANDUMI IMZOLANDI

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov O‘zbekiston-Vengriya biznes forumi doirasida o‘z delegatsiyasi bilan Samarqand shahrida bo‘lib turgan Vengriyaning Bonafarm Csoport kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Bonafarm Csoport hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamkorligida Toshkent viloyatida tashkil etilishi rejalashtirilgan qiymati 150 mln AQSH dollariga teng investitsion loyiha - parrandachilik klasterini tashkil etish bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra, Anglashuv memorandumi imzolandi hamda “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Avvalroq, joriy yilning oktyabr oyida qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov hukumat delegatsiyasi tarkibida Vengriyaga tashrifi doirasida eng yirik tovuq go‘shti ishlab chiqarish korxonalaridan birining rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazgandi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar O‘zbekistonda parrandachilik korxonasini tashkil etish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish yuzasidan dastlabki kelishuvga erishishgan edi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#Biznes_Forum #Memorandum #hamkorlik #parrandachilik #Samarqand

QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI HAMDA VENGRIYA QISHLOQ XO‘JALIGI VA TABIIY FANLAR UNIVERSITETI O‘RTASIDA “YO‘L XARITASI” IMZOLANDI

🇺🇿🤝🇭🇺 Bugun Samarqand shahrida O‘zbekiston-Vengriya biznes forumi doirasida qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Vengriya qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universiteti “MATЕ” rektori Chaba Dyurich bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan Vengriya qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universiteti o‘rtasida O‘zbekiston-Vengriya kartoshkachilik markazi faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolangani uchrashuvning muhim qismiga aylandi.

Shuningdek, uchrashuv davomida MATE universiteti o‘zbekistonlik yosh olimlarning 2023/2024-o‘quv yili uchun “Stipendium Hungaricum” stipendiya dasturida ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlashiga kelishib olindi.
"MATЕ" o‘zbek olimlari uchun ilmiy ishlar bo‘yicha vengriyalik ilmiy rahbarlarni berishi haqida kelishuvga erishildi.

👉Batafsil saytimizda o‘qing.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Biznes_Forum #Memorandum #hamkorlik #parrandachilik #Samarqand

TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTINING BIRINCHI SAMMITI DOIRASIDAGI O‘ZBEKISTON-VENGRIYA QO‘SHMA
BIZNES FORUMI

Shu kunlarda mamlakatimizning qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahri Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammitiga mezbonlik qildi. 10-noyabr kuni ushbu sammit doirasida O‘zbekiston-Vengriya qo‘shma biznes forumi bo‘lib o‘tdi.

👉Nufuzli tadbir tafsilotlari saytimizda

*****
#Бизнес_форум #меморандум #сотрудничество #Самарканд

УЗБЕКСКО-ВЕНГЕРСКИЙ СОВМЕСТНЫЙ БИЗНЕС-ФОРУМ В РАМКАХ ПЕРВОГО САММИТА ОРГАНИЗАЦИИ ТЮРКСКИХ ГОСУДАРСТВ

В эти дни в древнем и всегда молодом городе нашей страны – Самарканде прошел первый саммит Организации тюркских государств. 10 ноября 2022 года в рамках данного саммита состоялся узбекско-венгерский совместный бизнес-форум.

👉Подробнее на сайте

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#Hamkorlik #Biznes_forum #Ozbekiston #Rossiya

SAMARQANDDA O‘ZBEKISTON VA ROSSIYA BOSH VAZIRLARINING UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TMOQDA

🇺🇿🤝🇷🇺O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin Samarqand shahrida hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiya yig‘ilishini o‘tkazadi hamda O‘zbekiston-Rossiya biznes-forumida ishtirok etadi.

Tomonlar bir necha yo‘nalishdagi masalalarni muhokama qilishadi, xususan: savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish; energetika sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish; transport va logistika sohasidagi hamkorlik istiqbollari; qishloq xo‘jaligi; ta’lim va fan; sog‘liqni saqlash; madaniyat sohasidagi hamda migratsiya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishning hozirgi holati.

Bundan tashqari tadbir doirasida oziq-ovqat mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda, unga ikki davlat delegatsiyalari qatnashadi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hamkorlik #Biznes_forum #Ozbekiston #Rossiya

🔰Tadbir doirasida O‘zbekiston-Rossiya biznes-forumi bo‘lib o‘tmoqda, unga ikki davlat delegatsiyalari ishtirok etishdi.

Tomonlar bir necha yo‘nalishdagi masalalarni muhokama qilishdi, xususan: savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish; energetika sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish; transport va logistika sohasidagi hamkorlik istiqbollari; qishloq xo‘jaligi; ta’lim va fan; sog‘liqni saqlash; madaniyat sohasidagi hamda migratsiya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishning hozirgi holati.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#Hamkorlik #Biznes_forum #Ozbekiston #Rossiya

Abdulla Aripov
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri:

"Davlat rahbarlarining Samarqanddagi uchrashuvlarida ikki tomonlama hamkorlikning deyarli barcha yo‘nalishlari bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi. Hukumatlar oldiga o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha aniq amaliy topshiriqlar berildi. O‘sish sur’atlari, tovar ayirboshlash hajmi yil boshidan buyon 7,5 milliard AQSh dollaridan oshganini mamnuniyat bilan qayd etishimiz mumkin. Tashqi savdoning o‘rtacha o‘sish dinamikasi 10% darajasida saqlanib qolmoqda.

Biz transport-logistika sohasida O‘zbekiston-Rossiya hamkorligini rivojlantirishdan ham manfaatdormiz. Bu sohada muqobil xalqaro transport yo‘laklarini shakllantirish ustuvor vazifa bo‘lishi mumkin. Hududlararo aloqalarni mustahkamlash muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu ishbilarmonlik aloqalariga yangi turtki beradi va samarali hamkorlik uchun istiqbolli yo‘nalishlarni ochadi.

Ishonamanki, biz ikki tomonlama hamkorlikning barcha dolzarb masalalarini konstruktiv muhokama qilamiz, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada kengaytirish va mustahkamlash uchun yangi o‘sish nuqtalarini topamiz"
.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM