QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
ПРОГНОЗ ПОГОДЫ С 22 ПО 24 СЕНТЯБРЯ

🌤 В эти дни по республике будет преобладать небольшая, местами переменная облачность, без осадков. Ветер восточный 7-12 м/с. Температура ночью 13-18°, днем 23-25 сентября 30-35°.

По горным районам Узбекистана будет небольшая, местами переменная облачность, без осадков. Ветер восточный 7-12 м/с. Температура ночью 10-15°, днем 23-25 сентября 22-27°.

WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
#prezident #sessiya

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahriga tashrif buyurib, Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining sessiyasida ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari nutqining avvalida iqtisodiyotimiz rivojiga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan, mehnatkash, bag‘rikeng, ko‘pmillatli poytaxt viloyati ahliga chuqur hurmati va eng ezgu tilaklarini bildirdi.

"Mavjud barcha imkoniyatlarni to‘liq ishga solib, viloyatga yana-da ko‘p investitsiya olib kelish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi korxonalar va ish o‘rinlarini ko‘paytirish, infratuzilmani yaxshilash, aholi muammolarini hal etish doimo eʼtiborimiz markazida bo‘ladi", dedi Prezident.

Sessiyada Toshkent viloyatiga hokim tayinlash bo‘yicha tashkiliy masala ko‘rib chiqilmoqda.

Prezidentimiz 2021 yil noyabr oyidan buyon Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Mirzayev Zoyir Toirovich nomzodini viloyat hokimi lavozimiga tavsiya etdi.

Nomzod bo‘yicha muhokamalarni boshlashdan avval so‘zni nomzodga berib, uning 10 oy davomida viloyatda to‘plagan tajribasi va xulosalari asosida kelgusida hududni jadal rivojlantirish, aholiga munosib turmush sharoiti yaratish, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha rejalarini eshitish taklif qilindi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2481
#prezident #sessiya

Nomzod o‘z taqdimotida viloyatdagi eng dolzarb muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflar to‘g‘risida axborot berdi.

Jumladan, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida 150 ming nafar aholining doimiy bandligini taʼminlash, 40 mingta oilani kambag‘allikdan chiqarish, 15 mingta tadbirkorlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, 6,5 mingta xizmat va savdo obyektlari tashkil etish rejalashtirilgan.

Shulardan kelib chiqib, Prezident mutasaddilarga:

- joriy yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun qo‘shimcha ravishda 200 milliard so‘m, kelgusi yil uchun yana 850 milliard so‘m yo‘naltirish;

- tadbirkorlik past rivojlangan Piskent, Bo‘ka, Bekobod va Oqqo‘rg‘on tumanlarida 2025-yil 1-yanvarga qadar yer, mol-mulk, aylanmadan olinadigan soliqlarni 1 foiz, foyda solig‘i stavkasini 50 foiz miqdorida belgilash, sotilmasdan turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich qiymatini 2 baravar kamaytirish;

- yil yakunigacha 34 ta mahallada Xotin-qizlar bandligini taʼminlash markazlarini tashkil etishni topshirdi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2482
#prezident #sessiya

Nomzod viloyatda sanoatni rivojlantirish bo‘yicha taklif va rejalarini bayon qildi.

Davlatimiz rahbari bor imkoniyatlardan samarali foydalansa, viloyatda sanoatni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish mumkinligini qayd etdi.

Mutasaddilarga:

- sanoat zonalarini infratuzilma bilan taʼminlashga 250 milliard so‘m ajratish;

- Angrenda kaolin xom-ashyosini chuqur qayta ishlab, farfor va keramika mahsulotlari ishlab chiqarish klasterini tashkil etish;

- Bekobod tumanida chegara oldi savdo zonasini ishga tushirish;

- viloyatdagi 100 ta mahalliy korxonani eksportchiga aylantirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2483
#prezident #sessiya

Agrar sohadagi muammolarga to‘xtalar ekan, nomzod poliz, kartoshka, meva va uzum hosildorligi qolgan hududlardan 1,5-2 baravar pastligi, saqlash va qayta ishlash quvvatlari kamligi natijasida 35 foiz mahsulot yo‘qotilayotganini qayd etdi.

Prezidentimiz viloyatdagi dehqonchilik va chorvachilikka masʼullar bor imkoniyatning 50 foizidan ham foydalanmayotgani, yer maydonlari katta bo‘lsa ham, meva-sabzavot eksporti ko‘paymayotgani, go‘sht yetishtirish poytaxt va viloyat ehtiyojlari uchun umuman yetarli emasligini ko‘rsatib o‘tdi.

Shu munosabat bilan:

- Ohangaron tumanining tog‘-oldi hududlarida kamida 50 ming gektar yerlarni o‘zlashtirish dasturini ishlab chiqish;

- 9 ming gektarni dehqon xo‘jaliklariga tarqatish;

- Toshkent, Parkent, Yangiyo‘l, Qibrayda logistika markazlarini ishga tushirib, ularga 50 million dollar yo‘naltirish;

- Toshkent, Parkent va Qibray tumanlarida yil yakuniga qadar 4 million dona meva va tok ko‘chatlari tayyorlaydigan pitomniklarni tashkil qilish topshirildi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2484
#prezident #sessiya

Nomzod o‘z taqdimotida infratuzilmani rivojlantirish masalalariga to‘xtaldi.

Aytilgan muammo va takliflardan kelib chiqib, davlatimiz rahbari 840 ta mahallada ichki yo‘llar, 579 tasida ichimlik va oqova suv, 589 tasida elektr va gaz taʼminoti, 396 tasida maktab, bog‘cha va poliklinika taʼmirlash bo‘yicha ikki haftada dastur qabul qilib, bu boradagi ishlarni jadal boshlash vazifasini qo‘ydi. Jumladan:

- Tashabbusli byudjet doirasida eng ko‘p ovoz olgan loyihalar uchun 150 milliard so‘m ajratish;

- Osiyo taraqqiyot bankining Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv loyihasining 185 million dollarlik 3-bosqichini boshlash;

- ichki yo‘llarni taʼmirlashga davlat byudjetidan 155 milliard so‘m, qo‘shimcha mahalliy byudjetdan 70 milliard so‘m ajratish topshirildi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2485
#prezident #sessiya

Turizm sohasining holati tahlil qilinar ekan, turistlarning 80 foizi Bo‘stonliq tumaniga borishi, boshqa tumanlarda infratuzilma va xizmatlar past darajada ekanligi, ichki va xorijiy turistlar soni 1,5 million nafarga ham yetmasligi taʼkidlandi.

Prezident turizm xizmatlarini ko‘rsatishda asosiy yuk Bo‘stonliq tumaniga tushayotgani, shu bilan birga Bo‘stonliqda boshlangan loyihalar natijasi hali ko‘rinmagani, loyihalar o‘z holiga tashlab qo‘yilganini taʼkidladi.

Parkent, Angren va Ohangaron tog‘li hududlarida zamonaviy turizm klasterlarini tashkil etish ishlarini boshlash vaqti keldi, dedi davlatimiz rahbari.

Viloyatning har bir tuman va shahar hokimiga bir oy muddatda o‘z hududida turizmni qanday rivojlantirishi bo‘yicha aniq ish rejasini ishlab chiqib, ishlarni boshlash shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2486
#prezident #sessiya

Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimidagi muammolarni hal qilish bo‘yicha taklif va rejalar bayon qilindi.

Olmaliq shahridagi 80-son maxsus maktab va Angren shahridagi 73-son maktab-internatni kelgusi yilda taʼmirlash vazifasi qo‘yildi.

Xorijiy ekspertni jalb qilib, 15 ming talabaga mo‘ljallangan Nurafshon davlat universiteti faoliyatini keyingi o‘quv yilida yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligiga yil yakuniga qadar 500 nafar og‘ir bemorlarni respublika markazlarida sog‘lomlashtirish choralarini ko‘rish topshirildi.

Viloyat markazida barcha tibbiy xizmatlarni ko‘rsatadigan yagona markaz yo‘qligi qayd etilib, mutasaddilarga xorijiy loyihachilarni jalb qilib, kelgusi yildan Nurafshon ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi qurilish ishlarini boshlash vazifasi qo‘yildi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2487
#prezident #sessiya

Nomzod o‘z taqdimotida aholini uy-joy bilan taʼminlash masalasiga ham to‘xtaldi. Bir kishiga uy-joy bilan taʼminlash darajasi respublika darajasidan pastligicha qolayotgani qayd etildi.

Davlatimiz rahbari mutasaddilarga:

- kelgusi yilga ehtiyojmand aholi uy-joy ipotekasi uchun 100 milliard so‘m subsidiya ajratish;

- Zangiota tumanida “Yangi O‘zbekiston” massivini qurish bo‘yicha taklif kiritish;

- Olmaliq, Chirchiq, Angren, Bekobod, Ohangaron, Nurafshon va Yangiyo‘l shaharlarida 19 ta avariya holatidagi ko‘p qavatli uylarda yashovchilarni zamonaviy uy-joy bilan taʼminlash chorasini ko‘rish topshirildi.

Prezident viloyatdagi har bir fuqaroga bir marta yangi qurilgan xonadonni imtiyozli ipotekaga olish imkoniyatini berish kerakligini taʼkidladi. Shu munosabat bilan kelgusi yildan “Mening birinchi uyim” yangi ipoteka dasturini Toshkent viloyatidan boshlash taklif qilindi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2488
#prezident #sessiya

Taqdimotdan so‘ng viloyat kengashi deputatlari nomzodning taklif va rejalarini muhokama qildi, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

So‘ng Toshkent viloyati hokimini tayinlash masalasi ovozga qo‘yildi. Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.

Sessiya yakunida Prezidentimiz xalq vakillari tomonidan yuksak ishonch bildirilgan Zoyir Mirzayev endi o‘z faoliyatida adolat, sadoqat, halollik, masʼuliyat, fidoyilik kabi xislatlarni namoyon etib, Toshkent viloyati ahliga astoydil xizmat qilishi lozimligini taʼkidladi.

Bunda, eng avvalo, xalqning dardini eshitish va muammolarini hal etish, inson qadrini ulug‘lash va aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishi zarurligi qayd etildi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2489
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☑️ PREZIDENT ADMINISTRATSIYASIGA TAKLIF BILDIRING!

#Taʼlim, #sud, #tadbirkorlik, #tibbiyot va #suv_taʼminoti. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqin yillarda mamlakatni rivojlantirish strategiyasi etib, ana shu eng og‘riqli va asosiy yo‘nalishlarni tanladi. Ushbu sohalardagi muammolarni hal etishda Siz ham ishtirok etishingiz mumkin!

Agar Sizda ushbu sohalardagi muammolarni hal etishga qaratilgan yoki boshqa masalalarga oid takliflar bo‘lsa – biz bilan bog‘laning! Takliflaringizni taklif2023.uz sayti hamda @taklif2023_bot manzili orqali yuboring.

👍 Prezident Administratsiyasi takliflaringizni qabul qilishga tayyor! Yuborilgan takliflarning barchasi maxsus ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqiladi.

❗️Unutmang Sizning taklifingiz – O‘zbekiston uchun muhim!

WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☑️ АДМИНИСТРАЦИЯ ПРЕЗИДЕНТА ЖДЁТ ВАШИХ ПРЕДЛОЖЕНИЙ!

#Образование, #судебная_система, #предпринимательство, #медицина и #водоснабжениеэти ключевые направления выбрал Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев в качестве приоритетов стратегии развития страны на ближайшие годы.

Вы можете оказать содействие, приняв участие в решении проблем в этих сферах!

Если у вас есть предложения, направленные на улучшение ситуации в этих областях или связанные с другими вопросами — свяжитесь с нами! Отправьте свои предложения через сайт taklif2023.uz и Telegram-бот @taklif2023_bot.

👍 Администрация Президента готова принять ваши предложения! Каждое из них будет рассмотрено специальной рабочей группой.

❗️Помните, ваше предложение важно для Узбекистана!

WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
#грушевые_сады #урожай #сорта

🍐 ГРУША: ПОЛЬЗА, СОРТА, СБОР УРОЖАЯ И ХРАНЕНИЕ

Груша – самая распространенная плодовая культура после яблони, и ценится она за вкусные плоды. Плоды груши едят свежими, из них делают варенье, сахарный сироп, повидло, сок, вино, бекмес (грушевый мед).
Все категории хозяйств республики имеют грушевые сады на общей площади 8,2 тыс. га. На них планируется получить 111,9 тыс. тонн груш.
В 2022 году закладывается около 1000 га новых грушевых садов. В Государственный реестр сельского хозяйства, рекомендованных для выращивания на территории Республики Узбекистан включены 17 сортов груш.

👉 Подробнее

WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#nokzorlar #hosil #navlar

🍐 NOK: FOYDASI, NAVLARI, HOSILNI TERISH VA SAQLASH

Nok olmadan keyin eng ko‘p tarqalgan meva ekini bo‘lib, mevasining mazaliligi bilan qadrlanadi. Nok mevalari yangiligicha isteʼmol qilinadi, ulardan qoqi, konserva, sukat, povidlo, murabbo, sharbat, vino, bekmes (nok asali) tayyorlanadi.
Respublikada barcha toifadagi xo‘jaliklarda jami 8,2 ming gektar maydonda nokzorlar mavjud. Ulardan 111,9 ming tonna nok yetishtirish kutilmoqda.
2022-yilda 1000 gektarga yaqin yangi nokzorlar tashkil etilmoqda. O‘zbekiston hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi davlat reestriga nokning 17 ta navi kiritilgan.

👉 Batafsil

WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #hamkorlik #FAO

NARXLAR VA BOZOR MA’LUMOTLARI TIZIMI (MIS) SOHASIDAGI HAMKORLIK

🔰 FAO Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda “COVID-19 va boshqa zarbalarga javoban narxlar va bozor axborot tizimlarini hamda siyosat monitoringi salohiyatini kuchaytirishi” mintaqaviy loyihasini amalga oshirmoqda. Loyihaning maqsadi: oziq-ovqat narxlari monitoringi va bozor ma’lumotlarini tahlil qilish tizimini ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik qilish.

👉Batafsil

WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM