QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.84K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Aziz Voitov ishchi guruh bilan birgalikda 2022-yilning avgust oyida tashkil etilganining 100 yilligini nishonlagan PAXTA SELEKSIYASI, URUG‘CHILIGI VA YETISHTIRISH AGROTEXNOLOGIYALARI ILMIY-TADQIQOT INSTITUTIGA ham tashrif buyurdi.

U “O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi” laboratoriyasining tajriba maydonida institut faoliyati, oq va tabiiy rangli g‘o‘za navlari namunalari, garmselga (issiq shamol) chidamli g‘o‘za duragaylari va naslchilik materiallari bilan tanishdi. Paxta biotexnologiyasi bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma laboratoriyasi faoliyatini o‘rgandi.

Ta’kidlash joizki, Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ITI paxtachilik sohasini rivojlantirishdagi asosiy tashkilot hisoblanadi.

Institutning vazifasi: gʻoʻza genetikasi, seleksiyasi, urugʻchiligi boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, paxta va shunga oʻxshash ekinlarni yetishtirish agrotexnologiyalarining ilmiy va amaliy asoslarini takomillashtirish, shuningdek, oʻtkazilgan tadqiqotlar asosida ilmiy-texnikaviy mahsulotlarni ishlab chiqishdan iborat.

Muassasa qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirishga yo‘naltirilgan strategik yo‘nalishlar va istiqbolli tadqiqot mavzularini belgilash bo‘yicha qoʻllanma va tavsiyalar ishlab chiqmoqda.

Bundan tashqari, g‘o‘za va bedaning raqobatbardosh yangi navlarini yaratmoqda. Hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda ilmiy ishlanmalarni joriy etmoqda.

👉НА РУССКОМ ЯЗЫКЕ ЧИТАЙТЕ НА САЙТЕ WWW.AGRO.UZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Damashq_atirguli #Ozbekistonda_yetishtirish


BUXORODA DAMASHQ ATIRGULI VA DORIVOR MOYCHECHAK YETISHTIRILMOQDA

• Damashq atirgulining 4 tonna gulidan qancha efir moyi ajratib olinadi?
• Uni respublikada sinov tariqasida yetishtirilayotganidan xabaringiz bormi?
• Ushbu atirgulni va dorivor moychechakni qanday yetishtirilishini bilishni istaysizmi?
Bu kabi muhim savollarga javoblarni maqolamizda o‘qing.

WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
#Дамасская_роза #Выращивание_в_Узбекистане

ВЫРАЩИВАНИЕ ДАМАССКОЙ РОЗЫ И ЛЕКАРСТВЕННОЙ РОМАШКИ В БУХАРЕ

• Сколько литров эфирного масла можно получить из 4 тонн цветков дамасской розы?
• Кто в качестве эксперимента выращивает дамасскую розу в Узбекистане?
• Полезные свойства и выращивание лекарственной ромашки.
Об этом и о многом другом сегодня в нашем материале.

WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
22-24-SENTYABR KUNLARI UCHUN OB-HAVO MA’LUMOTI

🌤 Shu kunlarda respublika bo‘ylab havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 23-25- sentyabrda 30-35° iliq bo‘ladi.

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-25- sentyabrda 22-27° iliq bo‘ladi.

WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
ПРОГНОЗ ПОГОДЫ С 22 ПО 24 СЕНТЯБРЯ

🌤 В эти дни по республике будет преобладать небольшая, местами переменная облачность, без осадков. Ветер восточный 7-12 м/с. Температура ночью 13-18°, днем 23-25 сентября 30-35°.

По горным районам Узбекистана будет небольшая, местами переменная облачность, без осадков. Ветер восточный 7-12 м/с. Температура ночью 10-15°, днем 23-25 сентября 22-27°.

WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
#prezident #sessiya

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahriga tashrif buyurib, Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining sessiyasida ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari nutqining avvalida iqtisodiyotimiz rivojiga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan, mehnatkash, bag‘rikeng, ko‘pmillatli poytaxt viloyati ahliga chuqur hurmati va eng ezgu tilaklarini bildirdi.

"Mavjud barcha imkoniyatlarni to‘liq ishga solib, viloyatga yana-da ko‘p investitsiya olib kelish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi korxonalar va ish o‘rinlarini ko‘paytirish, infratuzilmani yaxshilash, aholi muammolarini hal etish doimo eʼtiborimiz markazida bo‘ladi", dedi Prezident.

Sessiyada Toshkent viloyatiga hokim tayinlash bo‘yicha tashkiliy masala ko‘rib chiqilmoqda.

Prezidentimiz 2021 yil noyabr oyidan buyon Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Mirzayev Zoyir Toirovich nomzodini viloyat hokimi lavozimiga tavsiya etdi.

Nomzod bo‘yicha muhokamalarni boshlashdan avval so‘zni nomzodga berib, uning 10 oy davomida viloyatda to‘plagan tajribasi va xulosalari asosida kelgusida hududni jadal rivojlantirish, aholiga munosib turmush sharoiti yaratish, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha rejalarini eshitish taklif qilindi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2481
#prezident #sessiya

Nomzod o‘z taqdimotida viloyatdagi eng dolzarb muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflar to‘g‘risida axborot berdi.

Jumladan, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida 150 ming nafar aholining doimiy bandligini taʼminlash, 40 mingta oilani kambag‘allikdan chiqarish, 15 mingta tadbirkorlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, 6,5 mingta xizmat va savdo obyektlari tashkil etish rejalashtirilgan.

Shulardan kelib chiqib, Prezident mutasaddilarga:

- joriy yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun qo‘shimcha ravishda 200 milliard so‘m, kelgusi yil uchun yana 850 milliard so‘m yo‘naltirish;

- tadbirkorlik past rivojlangan Piskent, Bo‘ka, Bekobod va Oqqo‘rg‘on tumanlarida 2025-yil 1-yanvarga qadar yer, mol-mulk, aylanmadan olinadigan soliqlarni 1 foiz, foyda solig‘i stavkasini 50 foiz miqdorida belgilash, sotilmasdan turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich qiymatini 2 baravar kamaytirish;

- yil yakunigacha 34 ta mahallada Xotin-qizlar bandligini taʼminlash markazlarini tashkil etishni topshirdi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2482