QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.3K photos
2.56K videos
7 files
8.59K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
AZIZ VOITOV JIZZAX VILOYATIDAGI QISHLOQ XO‘JALIGI OBYEKTLARIGA TASHRIF BUYURDI

5 TA TUMAN - 11 TA OBYEKT
📹📸

2022-yil 10-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Jizzax viloyatining Zomin, Zarbdor, Sharof Rashidov, G‘allaorol va Forish tumanlariga tashrif buyurdi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan obyektlarga tashrif doirasida vazir boshchiligidagi ishchi guruh tadbirkorlarning muammo va takliflari bilan batafsil tanishib chiqdi, zarur masalalar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Bundan oldin vazir Samarqand viloyatiga tashrif buyurgan edi...

DAVOMI PASTDA 👇🏻 VA WWW.AGRO.UZ SAYTIDA
_

АЗИЗ ВОИТОВ ПОСЕТИЛ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННЫЕ ОБЪЕКТЫ ДЖИЗАКСКОЙ ОБЛАСТИ

5 РАЙОНОВ – 11 ОБЪЕКТОВ
📸 📹

10 сентября 2022 года министр сельского хозяйства Республики Узбекистан Азиз Воитов посетил Зааминский, Зарбдарский, Шараф Рашидовский, Галляаральский и Фаришский районы Джизакской области. Рабочая группа во главе с министром ознакомилась с перспективными проектами предприятий, а также проблемами и предложениями предпринимателей.

ПОДРОБНЕЕ НА САЙТЕ
DAVOMI...

1️⃣ Vazirning ilk tashrif manzili ZOMIN TUMANIDAGI “Agro finans lizing” AJ korxonasi bo‘ldi. Bugungi kunda korxonaning 500 gektar maydonida intensiv bog‘zorlar barpo etilgan. Bog‘larda olma, o‘rik, bodom, nok va nektarin mevali daraxtlari yetishtirilmoqda.

Aziz Voitovga 112,6 gektar maydonda yaratilgan nokzorlar namoyish etildi. Bu yerda pakana bo‘yli, 6 xil “Abate-Fetel”, “Kaiser”, “Conference”, “Carmen”, “Williams”, “Max red Bartlett” navli nok daraxtlari parvarish qilinmoqda. Ishchi guruhga mevalarning holati, hosildorligi va isteʼmolchigacha yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayon haqida maʼlumotlar taqdim etildi. Bundan tashqari korxona hududida 93 gektar maydonda agrouchastka barpo etilgan bo‘lib, unda pavlovniya plantatsiyalari o‘stirilmoqda. Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimlari ushbu agrouchastka bilan ham tanishib chiqishdi.

2️⃣ ZOMIN TUMANIDAGI keyingi manzil “Barakali hosildor yerlari” fermer xo‘jaligiga tegishli piyoz maydonlari bo‘ldi. 25 gektarda tomchilatib sug‘orish tizimi orqali yetishtirilgan piyozning 1 gektaridan 100-110 tonnagacha hosil olinmoqda. Shuningdek, ushbu fermer xo‘jaligida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash omborxonasi mavjud. Sig‘imi 800 tonnalik omborxonada piyoz zahirasi yaratilmoqda.

3️⃣ Ishchi guruhi ushbu tumanda 2022-yilda tashkil etilgan “Zomin olam gullari” ishlab chiqarish kooperativiga tashrif buyurar ekan, issiqxonada yetishtirilayotgan gullar bilan tanishib chiqdi. Peshag‘or MFY da yashovchi 20 nafar gulchi ayol tomonidan tashkil etilgan ushbu kooperativ 15 gektar maydonga ega. 1,2 mlrd so‘mlik loyiha doirasida 100 ga yaqin ish o‘rinlari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Vazir bilan uchrashuv davomida fermer ayollarning gulchilikni rivojlantirish uchun ssuda ajratish, aholiga xizmat ko‘rsatish uchun kichik agrologistika majmuasini tashkil etishda amaliy yordam berish takliflari ijobiy hal etildi.

DAVOMI PASTDA 👇🏻👇🏻👇🏻
VA WWW.AGRO.UZ SAYTIDA
DAVOMI...

4️⃣ ZARBDOR TUMANIDA 35 gektarlik yerda joylashgan “Zarbdor Universal logistika” MCHJ korxonasiga borildi. Bu yerda 7 gektarda issiqxona, 15 gektarda mevali bog‘ mavjud.

Aziz Voitovga 7 gektarlik issiqxonaning 1 gektarida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan maxsus ko‘chatchilik maydoni loyihasi taqdim etildi. Unga ko‘ra, ushbu ko‘chatchilik issiqxonasida intensiv sabzavot va poliz ekinlari ko‘chatlari yetishtiriladi hamda Zarbdor va unga qo‘shni tumanlardagi aholi tomorqalari, fermer xo‘jaliklariga yetkazib beriladi.

DAVOMI PASTDA 👇🏻👇🏻👇🏻
VA
WWW.AGRO.UZ SAYTIDA
DAVOMI...

5️⃣ SHAROF RASHIDOV TUMANIDA Oltinsoy hududidagi “Qo‘ychi ota” fermer xo‘jaligining g‘alladan bo‘shab, mosh ekilgan 10 gektar maydoni bilan tanishildi. Ushbu maydondan 25 tonna yalpi hosil olish kutilmoqda.

6️⃣ Ishchi guruhi shuningdek, USHBU TUMANDAGI “Jizzaxkenteks” paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyatini o‘rgandi. Klasterda ip-kalava ishlab chiqarish, qolaversa, boshqa qishloq xo‘jaligi obyektlari uchun paxta urug‘ligini tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.

O‘rganish doirasida Jizzax viloyatining urug‘chilik markazlari rahbarlarining mavjud muammolari tinglanib, zaruriy vazifalar belgilab olindi.

DAVOMI PASTDA 👇🏻👇🏻👇🏻
VA
WWW.AGRO.UZ SAYTIDA