QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.76K videos
7 files
9.73K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ayol #fermer #tabrik #vatanparvarlik
👩‍🌾 Agrar sohada fermer ayollarimiz talaygina. Bugun ular turli yo‘nalishlarda mehnat qilib, qishloq xo‘jaligiga munosib hissa qo‘shmoqdalar. Bayram munosabati bilan ular o‘z tabriklarini yo‘llashmoqda.

—————————————-
#женщина #фермер #поздравление #патриотизм
👩‍🌾 В сельскохозяйственном секторе много женщин-фермеров. Они трудятся и вносят достойный вклад в развитие сельского хозяйства. По случаю праздника они отправляют свои поздравления.

WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#daydjest #agroinfo

YANGILIKLAR DAYDJESTI / 29 AVGUST-3 SENTABR 2022

💠AZIZ VOITOV O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRI ETIB TAYINLANDI

🌾XORAZM VILOYATINING TUPROQ-IQLIM SHAROITLARIDA SHOLI YETISHTIRISHDA SUVNI TEJOVCHI TEXNOLOGIYALAR JORIY ETILMOQDA

🧑‍🌾POYTAXTDA ARZONLASHTIRILGAN QISHLOQ XO'JALIGI MAHSULOTLARI YARMARKALARI

🔰QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARINI YEVROPAGA EKSPORTI BO‘YICHA SEMINAR

🌳 MALINA: EKISH, PARVARISHLASH, HOSILNI YIG‘ISH

🌾XORIJIY VA YANGI MAHALLIY SHOLI NAVLARI XORAZM SINOV TAJRIBA MAYDONLARIDA YETISHTIRILMOQDA

🇺🇿🇯🇵O‘ZBEKISTON-YAPONIYA: QISHLOQ XO‘JALIGI SOHALARIDA HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA

🌐O‘ZBEKISTONDA FAONING “GEOGRAFIK KO‘RSATKICHLAR ORQALI BARQAROR OZIQ-OVQAT TIZIMLARINI MUSTAHKAMLASH” LOYIHASI O‘RGANILMOQDA

🇺🇿O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 31 YILLIGI MUNOSABATI BILAN QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI NOMIDAN TABRIKNOMA

🍇UZUM EKSPORTI KO‘PAYMOQDA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#agromaslahat #biologikkurash

🪲 Qishloq xo‘jalik ekinlarining zararkunandalariga qarshi biologik kurashda Respublikamiz biolaboratoriyalarida asosan 3 ta trixogramma, brakon, oltinko‘z entomofaglari ko‘paytiriladi.
👨‍⚕️ Ularning o‘ziga xosligi, qaysi zararkunandalarga qarshi kurashishi haqida batafsil maqolamizda o‘qing.

————
#борьбасвредителями

🪲 В биологической борьбе с вредителями сельскохозяйственных культур в биолабораториях нашей республики разводят в основном 3 энтомофага – трихограммы, браконы, златоглазки.
👨‍⚕️ Читайте нашу статью о том, как бороться с вредителями.


WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥Bugun, 5-sentyabr soat 13:35 da Xalqaro press-klubning “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” faoliyati haqida qisqacha yoritilgan “Masofadan” dasturini O‘zbekiston 24 telekanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Unda XPK jamoasining Farg‘ona vodiysi qator tumanlaridagi tashriflari yoritiladi.

Ekin mahsulotlarining unumdor bo‘lishi nimalarga bog‘liq?

Urug‘chilik sohasini rivojlantirish uchun vodiyning yer hosildorligi qay darajada?

Farg‘ona vodiysida qaysi mahsulotlarning urug‘lari yetishtiriladi?

Respublikaning ekin maydoniga ekilayotgan urug‘larning necha foizi vodiyda yetishtiriladi? kabi savollarga javob topasiz.
#ob_havo #iqlim
Iliq havo xursand qilishda davom etmoqda

☀️ Haftaning birinchi yarmida Oʻzbekiston boʻylab quruq va oʻrtacha issiq havo davom etadi, kuz boshidagidan biroz issiqroq boʻladi. Havo harorati kechasi 15-20°, kunduzi 34-39° issiq boʻladi.

🌡 Haftaning ikkinchi yarmida mamlakatimiz hududiga salqin havo massasining kirib kelishi boshlanadi. Havo harorati biroz pasayib, kechasi 13-18°, kunduzi 30-35° iliq bo‘ladi. 7-sentyabr kuni faqat Qoraqalpog‘iston tumanlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

💨 6-sentyabr kuni shimolda, 7-8-sentyabr kunlari respublikaning cho‘l zonasida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

#погода #климат
Теплая погода продолжает радовать

☀️ В первой половине недели по территории Узбекистана сохранится сухая и умеренно жаркая погода, немного теплее значений для начала осени. Температура воздуха ночью – 15-20°, днем – 34-39°.

🌡 Во второй половине недели на территорию нашей страны начнется вторжение прохладной воздушной массы. Температура воздуха немного снизится ночью до 13-18°, днем до 30-35°. Кратковременные дожди 7 сентября вероятны лишь по районам Каракалпакстана.

💨 6 сентября по северу, 7-8 сентября по пустынной зоне республики будет усиливаться ветер до 15-20 м/с.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🪷 O‘ZBEKISTONDA NILUFAR QANDAY PAYDO BO‘LGAN?

☘️ Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida nilufar o‘simligi yetishtiriladi. Xitoylik tadbirkorlar tashkil etgan 10 gektarlik ushbu fermer xo‘jaligida nilufar choyini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda.
👉 Nilufar o‘simligining o‘ziga xos xususiyatlari, turlari, agrotexnikasi va boshqa o‘simliklardan afzalliklari batafsil maqolamizda

🪷 КАК ЛОТОС ПОЯВИЛСЯ В УЗБЕКИСТАНЕ?
☘️ В Янгиюльском районе Ташкентской области выращивают Лотосы. На этой ферме площадью в 10 гектаров, организованной китайскими предпринимателями, налажено производство чая из листьев лотоса.
👉 Особенности, виды, агротехника и преимущества лотоса перед другими растениями подробно описаны в нашей статье

WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
🇺🇿 BAYRAMDA SOVG‘ALAR ULASHILDI

👨‍🔬 «Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz» shiori ostida o‘tkazilayotgan mamlakatimiz mustaqilligining 31 yillik tantanasida yurtdoshlarimiz tomonidan xalqimizga xos xususiyat— keksa va ehtiyojmandlar holidan xabar olish, ularning ko‘nglini ko‘tarish kabi ezgu amallar bajarildi.

🎁 O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyati sohaning mehnat faxriylari, yoshi ulug‘ xodimlari holidan xabar olib, ularga bayram sovg‘alarini topshirishdi.

WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
🇺🇿 ПРАЗДНИЧНЫЕ ПОДАРКИ ДЛЯ ВЕТЕРАНОВ ТРУДА

👨‍🔬 В честь 31-й годовщины независимости нашей страны, которая проходит под лозунгом «В Новом Узбекистане достоинство человека, интересы народа - наивысшая ценность», наши соотечественники посещают пожилых и нуждающихся людей.

🎁 Внимание и уважение к старшим - характерная черта нашего народа. Руководство НИИ механизации сельского хозяйства при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан вручило праздничные подарки ветеранам труда и сотрудникам отрасли старшего поколения.

WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
#prezident #videoselektor

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash va zaxirasini yaratish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

“Iqlimning keskin o‘zgarayotgani, ko‘p davlatlarda qurg‘oqchilik bo‘lgani oqibatida butun dunyoga oziq-ovqat yetishmovchiligi xavf solmoqda.

Xalqaro maydondagi vaziyat tufayli global ishlab chiqarish zanjirlarining uzilishi, logistikadagi muammolar sababli ko‘pchilik davlatlar oziq-ovqat mahsulotlari eksportiga cheklovlar qo‘yayotganini ham ko‘rib turibsizlar”, - dedi davlatimiz rahbari so‘zining avvalida.

Bu yil 80 ming gektar maydon paxta va g‘alladan qisqartirilib, aholiga bo‘lib berildi. Bugun imzolangan Prezident qaroriga ko‘ra yil yakuniga qadar yana 20 ming gektar ekin maydoni aholiga bo‘lib beriladi. Kelgusi yilda 100 ming gektar ekin maydoni aholiga tanlov asosida ajratiladi. Buning hisobiga, 1 million 200 ming nafar aholini band qilish uchun sharoit yaratiladi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2333
#prezident #videoselektor

Yig‘ilishda Andijon, Buxoro, Xorazm viloyatlari bu yerlardan samarali foydalanib, 3 martagacha hosil olib, ichki bozorni taʼminlash bilan birga eksportini 1,5 baravarga oshirgani taʼkidlandi.

Islohotlar natijasida respublikada parranda go‘shti, tuxum, baliq, guruch mahsulotlari bilan taʼminlash darajasi ancha yaxshilandi.

Lekin, ayrim viloyat hokimlari bu ishlarni to‘g‘ri tashkil qila olmagani qayd etildi.

Ichki bozor 25 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari importiga bog‘liq bo‘lib qolayotgani qayd etildi.

Prezidentimiz bu holatni qattiq tanqid qilib, mutasaddilarga viloyat, tuman va shahar hokimlari bilan birga bir oy muddatda ushbu 25 turdagi import mahsulotlarini o‘zimizda ishlab chiqarib, ko‘paytirish bo‘yicha loyiha paketlarini taqdimot qilib, hukumat qarorini chiqarish topshirildi.

Kelgusi yil olti oy yakuni bilan bu borada o‘zgarish qilmagan viloyat hokimlari ishdan olinishi ko‘rsatib o‘tildi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2334
#prezident #videoselektor

Yig‘ilishda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining mavsumiy o‘zgarishi yuqoriligi ko‘rsatib o‘tildi. Sababi - qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan 50 ta tumanda muzlatkich, quritish, saralash va saqlash quvvatlari yetishmaydi.

Shu munosabat bilan viloyat hokimlariga Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda 50 ta tumanda saqlash quvvatlarini keskin oshirish bo‘yicha alohida dastur qabul qilish topshirildi.

Joriy yilda meva-sabzavotga ajratilgan 1,5 trillion so‘m kredit resurslarining 670 milliard so‘mi o‘zlashtirilgani ham qayd etildi.

Viloyat hokimlariga o‘n kun muddatda import bo‘layotgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni o‘zimizda ko‘paytirish bo‘yicha aniq tadbirkor va aniq loyihalarni ko‘rsatib, har bir mahsulot kesimida hozir qancha va bir yil ichida qanchaga ko‘paytirishi bo‘yicha aniq reja va hisob-kitoblarni taqdim etish topshirildi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2335
#prezident #videoselektor

Davlatimiz rahbari sohadagi vazifalar va yangi imkoniyatlarni aytib o‘tdi.

Eng avvalo:

- joriy yilda qo‘shimcha ajratilayotgan 20 ming gektar va kelgusida beriladigan 100 ming gektar ekin maydonlari hisobidan importni qisqartirish;

- oziq-ovqat mahsulotlari ekishni kamida 300 ming gektarga yetkazish.

Umuman, oziq-ovqat uchun mo‘ljallangan yerlarga ekinlarni joylashtirishni bundan buyon Bog‘dorchilik agentligi belgilab beradi.

Mutasaddilarga 15 sentyabrdan boshlab hokim yordamchilari tavsiyasiga ko‘ra, sabzavot, dukkakli va moyli ekinlar bo‘yicha urug‘lik, o‘g‘it, yoqilg‘i, o‘simliklar himoyasi hamda aylanma mablag‘ uchun 150 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratishni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Bunda, ushbu mablag‘larning yarmini naqd pulda ajratishga ruxsat beriladi. Buning uchun, Bog‘dorchilik agentligiga qo‘shimcha 300 milliard so‘m ajratiladi.

Endilikda kartoshka, sabzavot, yog‘-moy ekinlari ekadigan klaster va dehqonlarga hosilni sug‘urtalash xarajatining 50 foizi davlat hisobidan qoplab beriladi.

Bundan buyon paxta va g‘alladagi kabi oziq-ovqatga kredit berishda sug‘urta polisi kredit taʼminoti hisoblanadi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2336