QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.84K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
O‘ZBEKISTON VA MO‘G‘ULISTON O‘RTASIDA QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDA HAMKORLIK BO‘YICHA MUZOKARALAR O‘TKAZILDI

Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari - Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori Alisher Toʻrayev Moʻgʻuliston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Batsumber Munxjin bilan uchrashdi.

👉Batafsil

ПЕРЕГОВОРЫ ПО СОТРУДНИЧЕСТВУ В СФЕРЕ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА УЗБЕКИСТАНА И МОНГОЛИИ

Вчера состоялась встреча заместителя министра сельского хозяйства Узбекистана - генерального директора Национального центра знаний и инноваций в сельском хозяйстве Алишера Тураева с заместителем министра иностранных дел Монголии Батсумбером Мунхжином.

👉Подробнее

👉Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK
YOUTUBE /INSTAGRAM
🔰2022-yil yanvar-may oylarida O‘zbekiston Tovar xomashyo birja savdolarida sotilgan paxta yog‘ining o‘rtacha narxi bir tonna mahsulot uchun 15 524,5 ming so‘mni tashkil etdi.

Ushbu davr mobaynida paxta yog‘ining maksimal narxi 18 842,9 ming so‘mni, minimal bahosi esa 10 018,7 ming so‘mni tashkil etgan.

👉Batafsil

👉Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK
YOUTUBE /INSTAGRAM
🔰 Средняя цена реализованной на торгах Узбекской республиканской товарно-сырьевой биржи хлопкового масла в январе-мае 2022 года составила 15 524,5 тыс. сум за тонну.

За этот период максимальная цена хлопкового масла составила 18 842,9 тыс. сум, а минимальная цена – 10 018,7 тыс. сум.

👉Подробнее

👉Подпишитесь:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK
YOUTUBE /INSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#repost
XORAZM 24 "YER UCHASTKALARI ELEKTRON TANLOV ORQALI IJARAGA BERILMOQDA"

🎥
"Xorazm 24" telekanali elektron tanlov orqali ijaraga berilgan yer uchastkalari haqida maxsus reportaj tayyorladi.

👉Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK
YOUTUBE /INSTAGRAM
PAXTA MAYDONLARIDA CHIGITNING QANDAY UNIB CHIQQANLIGI O‘RGANILMOQDA

🔰🌱O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Teshayev tomonidan Navoiyning Navbahor va Karmana tumanlarida dala madaniyatiga rioya etish hamda chigit siyrak unib chiqqan dalalarda qayta chigit ekish ishlariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Yangiqo‘rg‘on va Hazora hududlarida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda viloyat qishloq va suv xo‘jaliklari boshqarmalari vakillari hamda boshqa masʼul xodimlar bilan birga fermer xo‘jaliklari rahbarlari, agronomlar ishtirok etishdi.

👉Batafsil

👉Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK
YOUTUBE /INSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
4 YO‘NALISH, 19 TURDAGI AGROSUBSIDIYA, BIR QATOR QULAYLIKLAR

“Agrosubsidiya” axborot tizimi (agrosubsidiya.uz) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish uchun mo‘ljallangan.

Tizim orqali 4 yo‘nalishda 19 turdagi subsidiyalarni olish imkoniyati mavjud.

“Agrosubsidiya” axborot tizimini doimiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida t.me/agrosubsidiya_support telegram-guruhi hamda 71 206-70-07 raqamlari orqali “call-markaz” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

👉Batafsil

👉Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK
YOUTUBE /INSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DRONLARNING QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDA QO‘LLANILISHI

🔰💦Oktokopterlar dalalarni purkab sug‘orish uchun mo‘ljallangan. Bugungi kunda ular agrar faoliyatda o‘z samaradorligini isbotlab ulgurgan.
_

ПРИМЕНЕНИЕ ДРОНОВ В СЕЛЬСКОМ ХОЗЯЙСТВЕ

🔰💦Октокоптеры предназначены для опрыскивания полей. На сегодняшний день они уже смогли доказать свою эффективность в сельскохозяйственной деятельности.

👉Obuna bo'ling:👉Подпишитесь:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK
YOUTUBE /INSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
G‘O‘ZA BIOTEXNOLOGIYASI LABORATORIYASIDA RANGLI PAXTALAR YETISHTIRILMOQDA

🔰O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining “G‘o‘za biotexnologiyasi” laboratoriyasi tajriba maydonida olimlar tomonidan tolasi och qo‘ng‘ir, to‘q qo‘ng‘ir, qizg‘ish, sarg‘ish, och yashil, to‘q yashil va boshqa rangdagi g‘o‘za namunalarining qimmatli xo‘jalik belgilari sifati oshirilmoqda.

Bundan tashqari molekulyar genetika, fiziologiya, biokimyo va seleksiyaning zamonaviy uslublarini qo‘llagan holda yuqori tola sifatiga ega navlarni yaratish ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

👉Batafsil

👉Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK
YOUTUBE /INSTAGRAM
ЦВЕТНОЙ ХЛОПОК В ЛАБОРАТОРИЯХ УЗБЕКИСТАНА

🔰На испытательном поле лаборатории «Биотехнология хлопка» НИИ селекции, семеноводства и агротехнологии выращивания хлопка при Минсельхозе РУ, с применением современных методов молекулярной генетики, физиологии, биохимии и селекции, учёные ведут научные исследования по созданию сортов с высоким качеством волокна.

Сотрудники лаборатории исследуют и обогащают хозяйственные качества видов хлопчатника с светло-коричневым, темно-коричневым, красноватым, желтым, светло-зеленым, темно зеленым, а в дальнейшем планируют работать и с другими цветами.

👉Подробнее

👉Подпишитесь:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK
YOUTUBE /INSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#repost
XALQARO QISHLOQ XO‘JALIGI UNIVERSITETINI TASHKIL QILISH TO‘G‘RISIDAGI “MUNOSABAT”

🎥“O‘zbekiston” telekanali tomonidan “Munosabat” tok-shousi nafbatdagi soni efirga uzatildi. Ko‘rsatuvning ushbu soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati tahliliga bag‘ishlandi.

Shu munosabat bilan tok-shouda O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Alisher To‘rayev, YeI Qishloq xo‘jaligini qo‘llab quvvatlash va soha bilimlarini oshirish dasturi rahbari Adrian Nil, Xalqaro hamkorlik ishlari bo‘yicha menejer Alan Frans va bir necha sohaning yetuk mutahassislari ishtirok etdi.

👉TO'LIQ EFIR

👉Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK
YOUTUBE /INSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YOMG‘IRLATIB SUG‘ORISH USKUNALARINI YETKAZIB BERISH VA TO‘LIQ O‘RNATISH LOYIHASI

🔰💦“O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish” loyihasi doirasida O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “Bauer” kompaniyasi (Avstriya) o‘rtasida zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Unga ko‘ra, “Bauer” kompaniyasining yomg‘irlatib sug‘orish uskunalari 3 yil imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga, yillik 2,5 foiz stavkada yetkazib va to‘liq o‘rnatib beriladi.

Buning uchun hududlardagi fermer-dehqon xo‘jaliklari, klasterlar bilan lizing shartnomasi tuziladi va shartnoma umumiy qiymatining kamida 15 foizi oldindan to‘lov tarzida amalga oshiriladi.

👉 Batafsil

👉Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK
YOUTUBE /INSTAGRAM
☀️ Oʻzbekiston hududida shu kunlarda jazirama kuchayadi va payshanbada havo harorati 38-39°C gacha, shimoliy, janubiy va choʻl zonalarida 40-42°C gacha koʻtariladi, bu ushbu davrdagi meʼyordan 5-6°C yuqori .

🌧 Juma kuni respublikaning aksariyat qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 32-37°C bo'ladi.

💨 7-9-iyun kunlari shimoliy va cho‘l zonasida shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, 10-iyunda respublika bo‘ylab ayrim hududlarda chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin.

👉Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK
YOUTUBE /INSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
7-IYUN— BUTUN DUNYO OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI KUNI

🍏Biz kundalik isteʼmol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining daladan dasturxonimizgacha yetib kelishida juda ko‘p insonlarning hissasi mavjud. Mana shu mashaqqatli yo‘lning har bir qadamida biz ushbu mahsulotlarning xavfsiz bo‘lishiga intilishimiz, uning foydalilik jihatini saqlab qolishimiz lozim. Chunki u xavfsiz va foydali bo‘lmasa, iste‘molga yaroqli oziq-ovqat hisoblanmaydi.

🥦Jahonda FAO va JSST tashkilotlari davlatlar, tadbirkor, fermer va ishlab chiqaruvchilarga hamda isteʼmolchilarga oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlashda yordam berish yo‘lida hamkorlik qiladi.

🍉O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligining maqsadi aholini xavfsiz va to‘yimli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashda zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.
🫑Bu yo‘lda barchamiz hamjihat, birgamiz!

Siz oziq-ovqat mahsulotingiz xavfsizligini taʼminlash yo‘lida nimalar qilyapsiz?

Oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashda siz ham o‘z hissangizni qo‘shyapsizmi?