QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.3K subscribers
20.3K photos
2.56K videos
7 files
8.6K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nima uchun suvni tejaymiz?

🇺🇿 Yurtimizda qadimdan suvni tabiatning eng bebaho ne'mati sifatida qadrlab kelishgan. Uni isrof qilmay, tejab ishlatish har bir insonning qon-qoniga singigan. Bilasizmi, qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan suv resurslarini atigi 15-20% mamlakatimizda shakllanadi. Qolgan qismi esa qo‘shni davlatlar hisobiga to‘g‘ri keladi.

💧Suvni qanday tejaymiz?
Bugungi kunda mavjud sug‘oriladigan yer maydonlari 3 mln 200 gektarni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichni asosiy qismi an'anaviy sug‘orish tizimiga asoslangan. Agarda ushbu maydonlarda zamonaviy suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llagan holda yuqori texnologiyali issiqxonalar barpo etilsa, suv sarfini 20-93% kamaytirish mumkin.

Shu bilan birga, mineral o‘g‘itlar miqdori va mehnat sarfi ham kamayadi. Bu esa o‘z navbatida hosildorlikni ortishiga sabab bo‘ladi.

📊Yuqoridagi infografikada 1 dona pomidor yetilib pishishi uchun sug‘orish usuli va sarflanadigan suv miqdori keltirilgan, Ko‘rinib turibdiki, eng ko‘p suv sarfi (16 litr) an’anaviy ochiq dalalarga to‘g‘ri kelmoqda. Tomchilatib sug‘orish joriy etilgan issiqxona sharoitida 1 dona pomidor uchun 8 litr suv sarflansa, zamonaviy vertikal fermalarda qariyb 2,6 litr suv kerak bo‘ladi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oziq-ovqat mahsulotlari sifati qat’iy nazorat qilinmoqda

ℹ️Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining mutaxassis xodimlari tomonidan aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida dehqon bozorlarida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

✔️ Xususan, Sho‘rchi tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi va tashxis markazi xodimlari tomonidan aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash borasida tumanda mavjud dehqon bozorlarida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

🟢Shuningdek, mahsulotlarni saqlash va bu borada xavfsizlik choralarini ko‘rish bo‘yicha tadbirkorlarga muntazam ravishda tushuntirish va targ‘ibot ishlari ham olib borilmoqda.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺Ayni kunlarda boʻlib oʻtayotgan "Ipak yo‘li qishloq xo‘jaligi ta’lim va ilmiy-tadqiqot innovatsion Alyansi"ning 9-yillik anjumani "O’zbekiston 24" telekanalining “Axborot 24” informatsion dasturida efirga uzatildi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Фарғонага ташриф чоғида Лола Муротова номидаги қишлоқ хўжалигига ихтисослашган касб-ҳунар мактабига ташриф буюрди.

В ходе поездки в Фергану Президент Шавкат Мирзиёев посетил профессиональную школу сельского хозяйства имени Лолы Муротовой.

#Mirziyoyev #safar #Fargona #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🅰️👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍

Oqqanot zararkunandasiga qarshi tadbirlar


❗️Oqqanotning zarari oqibatida paxta, sabzavot, poliz va boshqa qishloq xo’jaligi ekinlari hosilining 30-40% dan ko‘proq qismi nobud bo‘ladi hamda mahsulotlar sifati pasayadi.

Agrotexnik tadbirlar:
– Oqqanotning asosiy ko‘payish manbai bo‘lgan issiqxonalardan tarqalishini oldini olish;
– Yelimlangan sariq rangli maxsus qog‘ozlardan foydalanish;
– O‘simlikning chidamliligini oshirishini ta'minlaydigan tadbirlar (organik va minerallar bilan oziqlantirish, qator oralariga ishlov berish, sug‘orish va x.k.) tadbirlarini qo‘llash.

📌Biologik usullar:
– Enkarziya entomofagini zararkunandaning soniga qarab 1:20, 1:30 nisbatlarda 10x10 m sxemada tarqatish.
– Oltinko‘z entomofagining 3-4 kunlik tuxumlaridan 1,0:1,20 nisbatlarida 10 kun oralatib 2 marta chiqariladi.

🧪Kimyoviy usullar:
Zararkunandaning xavfi bolgan maydonlarda "Asetamiprid 20%" n.k. – 0,15 l/ga; "Imidoklaprid 20%" em.k. – 0,3-0,4 l/ga va boshqa ruxsat etilgan kimyoviy preparatlar bilan ishlov berish tavsiya etiladi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yer usti suvlarining qurishi

💧Yer usti suvlarining qurishi sug‘orish, sanoat ishlab chiqarishi va maishiy ehtiyojlar uchun daryolar va boshqa suv havzalaridan suvning qaytarib bo‘lmaydigan darajada olinishi natijasida yuzaga keladi.

📊 Yuqoridagi infografika orqali yer usti suvlarining yo‘q bo‘lib ketishi oqibatida qanday salbiy holatlar yuzaga kelishi haqida bilib olishingiz mumkin.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Қувада Президент Шавкат Мирзиёев раислигида Фарғона вилоятини ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш бўйича устувор вазифалар юзасидан йиғилиш бўлиб ўтмоқда.

Давлатимиз раҳбари кеча вилоятда янги корхоналарни бошқараётган тадбиркорлар, замонавий технологияларда ишлаётган ёшларимиз, чиройли уй-жой массивларига кўчиб ўтган одамларни кўриб, мамнун бўлганини таъкидлади.

Шу билан бирга, дунёдаги ҳозирги ўта мураккаб шароитда янги йўл очиш, инвестиция олиб келиш ўз-ўзидан бўлмаётгани қайд этилди.

Фарғона аҳолиси 4 миллиондан ошди. Бундай ўсиш билан вилоят аҳолиси 2030 йилга бориб 5 миллионга етади. Бу – Фарғона вилоятини ўзида йилига 100 та янги боғча, 40 та мактаб, 20 мингта хонадон ва 500 мингта қўшимча иш ўрни яратиш керак, дегани.

Бу эса вилоят ҳокими, унинг 8 та ўринбосари, 19 та шаҳар-туман ҳокими олдига катта вазифалар қўйиб, улардан қаттиқ масъулият талаб этиши кўрсатиб ўтилди.

Facebook|Instagram|X