🅰️👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍Anorni sifatsiz holga keltiruvchi zararkunandalar. Ularga qarshi qanday kurashish mumkin?🍎Anorga zararkunandalardan
oddiy o‘rgimchakkana,
anor shirasi,
komstok qurti va anor mevaxo‘ri jiddiy zarar yetkazadi. Quyida ushbu zararkunandalar haqida ma’lumot beramiz.
🕷Oddiy o‘rgimchakkana: bundan zararlagan barglar dastlab sarg‘ayadi, keyin
qo‘ng‘ir tusga kiradi. Daraxt hosili mayda, sifatsiz va kam bo‘lib, hosildorlik
25-30% gacha kamayadi. Bunday daraxtlar
keyingi yili ham kam hosil beradi.🪳Anor mevaxo’ri: uning qurtchalari anor mevalarining
qobig’i,
yo‘ldoshi,
eti va danak mag‘zi bilan oziqlanadi. Bu paytda u mevalarni
o‘z axlati bilan ifloslaydi. Natijada, mevalar chiriydi. Qurt tushgan mevalar
qora zamburug‘lar bilan qoplanib, iste’molga yaroqsiz bo‘lib qoladi.
🟢Anor shirasi: ular
anor daraxtining barglari,
shoxlari va yosh meva tugunchalariga joylashadi. Shiralar barg va shoxlardagi
shirani so‘rishi natijasida daraxtning o‘sishi sekinlashib,
shoxlarning uchlari va barglari burishib-bujmayib qoladi.
🐛Komstok qurti: u eng
xavfli hammaxo‘r zararkunandalardan biri bo‘lib, anor daraxtining ildiz bo‘g‘zi, novdalari, butoqlari, po‘stloq yoriqlari, barglari, gullari va mevalariga joylashadi.
U hosil sifatini buzib,
anorni yaroqsiz holatga keltiradi.
🛡Zararkunandalarga qarshi kurash:⏩Ularni kamaytirish maqsadida o‘simlik
qator oralari har doim haydalgan va yumshatilgan toza holda saqlanadi, zararlangan novdalar
olib tashlanadi, daraxtlar
eski po‘stloqlaridan erta ko‘klamda qattiq cho‘tka yordamida tozalanadi.✅Anor ko‘chatlarini ekishdan oldin
yer mineral o‘g‘itlar bilan boyitiladi. Sug‘orish rejimiga aniq amal qilinadi.
Komstok qurtining samarali kushandalaridan biri "Psevdofikus" bo‘lib, u qurtning
qobig‘ini kemiradi va barcha yoshdagi komstok qurtlariga zarar keltiradi.
🔵Zararkunandalarga qarshi
"Alipro",
"Ovipron" yoki "
Nº30 Preparat" moddalari yordamida kurashish mumkin. Kuzda anor daraxtlarini ko‘mish oldidan yoki ko‘klamda daraxtlar ochilgandan keyin
50%-li ohak-oltingugurt qaynatmasi purkaladi.
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram