QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.84K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
👍👍👍👍👍👍👍

Pomidor qanday o‘g‘itlanadi? Uni oziqlantirishda nimalarga ko‘proq ahamiyat qaratish lozim?

🍅Pomidor ko‘chatlari asosiy joyga ekilganidan keyin 2 hafta o‘tib ilk o‘g‘itlashni amalga oshirish lozim. Chunki ungacha ko‘chatlar yangi joyga moslashib, ildiz otib olishi kerak.

🧬O‘simlik rivojlanishi uchun qo‘l keluvchi eng keng tarqalgan oziqlantirish quyidagicha: bir chelak suvga 25 gramm Ammiakli selitra, 40 gramm Superfosfat va 15 gramm Kaliy sulfat aralashtiriladi.

ℹ️Gullash davrida o‘g‘itlash:

▶️Pomidor gullaganida ko‘proq meva shakllanishini ta’minlaydigan makro va mikro elementlarga ehtiyoj sezadi. Bu vaqtda unga meva tugish va hosil yetilishini tezlashtirish uchun barglardan beriladigan oziqlantirishlar ham tavsiya etiladi.

🌲Ilk gulshoda haqiqiy bargdan keyin shakllanadi. Pomidorlarga bu davrda azot unchalik muhim emas. Ularga tarkibida ko‘proq fosfor va kaliy bo‘lgan va azot kamroq bo‘lgan tayyor o‘g‘itni qo‘llash kerak.

➡️Pomidor faqat ildizdan emas, bargdan ham oziqlanishi mumkin. Agar kun issiq bo‘lsa, Bo‘r kislotasi bilan ishlov berib gullarni mevaga aylanishiga yordam berish zarur.

🌱Issiqxonadagi pomidorlarni asosan ildizdan oziqlantirish kerak. Bargdan oziqlantirish issiqxonaning nam muhitida infeksiyalarni keltirib chiqaradi. Shu sababli ildizdan oziqlantirish tavsiya etiladi.

Hosilga kirayotgan vaqtda pomidorlarni nima bilan oziqlantirish kerak?

🔝Bu vaqtda pomidor juda oz miqdordagi azot va ko‘proq kaliy bilan oziqlantiriladi. Bir chelak suvda 2 choy qoshiq Superfosfatni eritib, unga 1 choy qoshiq Kaliy gumat qo‘shiladi. Aralashma har bir ildiz ostiga 1 litrdan quyib chiqiladi.

Kaliyga bo‘lgan katta miqdordagi ehtiyojni pomidorlarni Kul aralashmasi (bir chelak suvga 1 stakan kul) yoki o‘g‘itni Magniy bilan mujassamlashtirib, Kalimag o‘g‘iti yordamida (1 m ga 10-12 g) qondirish mumkin.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ochiq universitetda kadrlar tayyorlash bo‘yicha Latviya tajribasi bilan tanishilmoqda!

🇺🇿🇪🇺Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi tomonidan moliyalashtirilgan “OFINU oziq-ovqat innovatsiyalari sohasida Ochiq universitet loyihasi” doirasida rahbar xodimlar uchun joriy yilning 28 iyun- 5 iyul kunlari tashkil etilgan seminarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari hamda Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti va Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rahbar xodimlari Slovakiya, Tojikiston oliy ta’lim muassasalari xodimlari bilan birgalikda ishtirok etmoqda.

🇱🇻Tadbir ishtirokchilari tashrif davomida Latviya fan va ta’lim vazirligida bo‘lib, vazirlik mutasaddi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida vazirlik vakillari bilan Ochiq universitet konsepsiyasining mazmun mohiyati, oliy va o‘rta ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yishdagi masalalar muhokama qilindi.

🟢Latviya Ish beruvchilar Konfederatsiyasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Latviya sanoatining inson resurslari salohiyatini oshirish uchun uzluksiz ta’lim imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha tajriba bilan yaqindan tanishildi.

🟢Latviya hayotiy bilimlar va texnologiyalar universiteti hamda Riga texnika universiteti mas’ullari tomonidan oliygohlarda tashkil qilingan Ochiq universitetda yo‘lga qo‘yilgan dasturlar, olib borilayotgan ta’lim jarayonlari, hujjatlarni rasmiylashtirish yuzasidan taqdimotlar bilan yaqindan tanishtirildi. O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida Ochiq universitet tamoyili asosida kadrlar tayyorlash yuzasidan qator masalalar muhokama etilib, bu borada Yevropa tajribasi tahlil qilindi. Qolaversa, oliygohlarning moddiy-texnik bazasi va asosiy faoliyat yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, Latviyaning Ranka hududidagi “Kelmeni” oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash korxonasiga tashrif amalga oshirilib, donni qayta ishlash hamda non mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.

➡️Bundan tashqari, "Rankadagi Milmani" Ltd ichimliklar kompaniyasiga tashrif amalga oshirilib, mazkur kompaniya menejerlarining oziq-ovqat innovatsiyalari bo‘yicha tajribasi bilan tanishildi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ШҲТ Давлат раҳбарлари кенгашининг навбатдаги мажлиси ва "ШҲТ плюс" форматидаги учрашувда иштирок этиш учун Остона шаҳрига келди. Давлатимиз раҳбарини Қозоғистон Бош вазири Олжас Бектенов кутиб олди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл в Астану для участия в очередном заседании Совета глав государств ШОС и встрече в формате «ШОС плюс». Главу нашего государства встретил Премьер-министр Казахстана Олжас Бектенов.

#Mirziyoyev #sammit #ShHT

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍👍👍👍👍👍👍👍

Shifobaxsh va serdaromad Pekan yong‘og‘i haqida nimalar ma’lum? U qanday yetishtiriladi?

🌳Pekan yong‘og‘ining eng muhim xususiyati – u inson organizmining immun tizimini oshirib, qon-tomir devorlarini mustahkamlashda katta yordam beradi. U ko‘z kasalliklarini davolaydi, organizmda qonni har xil zararli moddalardan tozalaydi.

🧬Bu yong‘oqlar o‘zida saraton kasalligi paydo bo‘lishining oldini oluvchi antioksidantlarni saqlaydi. Pekan yong’og’i tarkibida B1, B2, B3 (PP), B4, B5, B6 va B9 (foliy kislotasi) vitaminlari mavjud.

📍Bu yong‘oq Surxondaryo viloyati sharoitida ko‘pdan beri ekilib kelinishiga qaramasdan, u aholiga kam tanish bo‘lgan o‘simliklardan biridir. Yong‘oq biologik xususiyatiga ko‘ra, dastlabki 2 yilda juda sekin o‘sadi, ammo 3-yili rivojlanishi tezlashadi.

🌡️Meva tuproq namligiga talabchan, lekin doimiy namlikni yoqtirmaydi. Issiq va soyaga bardoshli. O‘zimizda ekiladigan oddiy yong‘oqlarga qaraganda u sovuqqa chidamli bo‘lib, 32-36°C gacha bardosh beroladi.

🌲Yong‘oqning bo‘yi qulay sharoitda 50 metrgacha, 40-45 yoshli katta daraxtining shoxlanish diametri 35-40 metrgacha boradi, 300-400 yil yashaydi, 300 yilgacha mo‘l hosil olish mumkin. Ildizlari tuproqning pastki qatlamlaridagi suvni o‘zlashtirib, o‘zini ta’minlaydi.

💧Pekan ko‘chatlari uchun sizot suvlari chuqur joylashgan unumdor tuproqli yerlar foydalidir. Ko‘chatlar kuzda o‘tkaziladi. Hosilga kirgan bog‘larga 3 yilda bir marotaba har gektariga 30-40 tonna go‘ng va har yili 90-120 kg dan azot, 60-90 kg dan fosfor solinadi. Yiliga 5-6 marotaba sug‘oriladi.

Yaxshi parvarishlansa hosildorligi oshib borib, serdaromad mevaga aylanadi. Masalan, bir tup daraxtdan o‘rtacha 100 kg hosil olinib, bir kilogrammi 30-40 ming so‘mdan sotilsa, bir tup pekan yong‘oq daraxtidan 3 mln so‘m daromad qilish mumkin.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💬 Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan bo‘lib o‘tgan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan masalalari borasida Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori Tohirjon Sultanovning fikr mulohazalari.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini sug‘urtalashda sug‘urta mukofotining bir qismi uchun subsidiya ajratish tartibi belgilandi

🇺🇿 Hukumat Qarori (373-son, 02.07.2024-yil) bilan “Qishloq xo‘jaligi subyektlariga qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini sug‘urtalashda sug‘urta mukofoti uchun to‘lov xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

📌Unga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi subyektlariga qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini sug‘urtalashda sug‘urta mukofoti uchun to‘lov xarajatlarining 50 foizini, biroq sug‘urta summasining 4 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun Davlat byudjetidan subsidiya ajratish tartibi belgilandi.

📃Sug‘urta qildiruvchi subsidiya olish maqsadida “Agroplatforma” ATda ro‘yxatdan o‘tadi va quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi:

– sug‘urta shartnomasi;
– sug‘urta polisi;
– sug‘urta shartnomasida qayd etilgan sug‘urta mukofotining to‘liq to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov topshiriqnomasi va hisob-faktura.

🧑‍💻 Sug‘urta qilish nazarda tutilgan sug‘urta qildiruvchining qishloq xo‘jaligi ekinlari “CropAgro” ATga elektron joylashtirilgan bo‘lishi lozim.

❗️Qishloq xo‘jaligi vazirligi 3 ish kuni ichida subsidiya ajratish yoki ajratmaslik yuzasidan xulosani tayyorlaydi va tasdiqlaydi.

❗️Subsidiya ajratishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

🔸sug‘urta qildiruvchining o‘z arizasiga asosan;
🔸belgilangan hujjatlar to‘liq taqdim etilmaganda;
🔸sug‘urta qildiruvchi tomonidan soxta hujjatlar, noto‘g‘ri yoki yolg‘on ma’lumotlar taqdim etilganda;
🔸qishloq xo‘jaligi subyekti tugatilganda.

🟢 Sug‘urta qildiruvchiga subsidiya ajratishni boshqa asoslar bilan rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ma'naviyat va ma'rifat soati o‘tkazildi

🟢Kuni kecha oliy ta’lim muassasalarida yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mutasaddi rahbar va mas’ul xodimlar mazkur lavozimlar malakaviy talablariga ko‘ra ushbu yo‘nalishda zaruriy bilim va malakaga ega bo‘lishlari lozimligini e’tiborga olib, ular uchun maxsus ravishda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda o‘quv kurslari o‘tkazildi.

🌐Ushbu o‘quv kursi zoom dasturi orqali videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda bo’lib o’tdi, shuningdek, Toshkent davlat agrar universiteti professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etdi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM