QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.3K photos
2.76K videos
7 files
9.74K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekiston 24” telekanali orqali “Shaxsiy tomorqalardan yuqori daromad olish va intensiv dehqonchilik usullari” mavzusida ko‘rsatuv efirga uzatildi.

🎙Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlanga mazkur ko‘rsatuvda vazirlik huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bo‘lim boshlig‘i Shahnoza Ergasheva va Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri Kamol Mamatov ham ishtirok etib, yurtimizda ilk bor sinov tariqasida aholi tomorqalarida amalga oshirilayotgan “Xonadonbay” ilmiy loyihalarning ahamiyati xususida so‘z yuritilgan.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xabar berganimizdek, O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochgan Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (IFAD) Prezidenti Alvaro Lario mamlakatimizga amalga oshirgan tashrifi va erishilgan natijalari borasida o‘zining shaxsiy fikrlarini Linkedin sahifasida bayon etdi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▶️Mamlakat iqtisodiyotida muhim o‘rin tutuvchi tarmoqlarni rivojlantirish bevosita kadrlar tayyorlash tizimining qanday yo‘lga qo‘yilgani hamda sohada mehnat qilayotgan xodimlarning ilmiy salohiyatiga bog‘liq. Shu bois har bir yo‘nalish bo‘yicha nafaqat professional ta'lim muassasalari va oliy o‘quv yurtlari, balki ilmiy izlanishlar olib boruvchi ilmiy-tadqiqot institutlari va sohaga innovatsion yangiliklarni joriy etuvchi markazlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Mamlakatimiz agrar tarmog‘i misolida mavzuni davom ettiradigan bo‘lsak bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida 26 ta professional ta'lim muassasasi 10 ta oliy o‘quv yurti va 21 ta ilmiy-tadqiqot institutlari mavjud bo‘lib, yaqinda vazir Ibrohim Abdurahmonov tomonidan professional ta'lim muassasalari faoliyatini tubdan isloh qilish maqsadida vazirlik rahbariyati, boshqarmalar boshliqlari va bunga aloqador tizim tashkilotlari rahbarlariga tegishli topshiriqlar berilgan edi.

Xo’sh, o‘tgan qisqa vaqt davomida qanday ishlar qilindi?

🎞Bu haqda Toshkent davlat agrar universiteti qoshidagi akademik litsey direktori Sirojiddin Abdurahmonovning intervyusida tanishishingiz mumkin.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM