QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
18.4K photos
2.48K videos
5 files
8.1K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Mavjud investitsiya loyihalarining joriy holati muhokama qilindi

Bugun Qishloq xo'jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida investitsiya masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda vazirlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari rahbarlari hamda viloyat boshqarma boshliqlari ishtirok etdi.

📹Video-konferens-aloqa shaklida o'tgan yig'ilishda investitsiya loyihalarning amaldagi holati, xususan, Germaniya, Xitoy, Fransiya, Rossiya, BAA, Saudiya Arabistoni hamda boshqa bir qancha mamlakatlar bilan qishloq xo'jaligi sohasida o‘rnatilgan aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama doirasida bo‘ldi.

🟧Bundan tashqari hududlar va tarmoqlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar ko‘lamini kengaytirish, ularni amalga oshirishda qat’iy nazorat o‘rnatish uchun yangi tizim tashkil etish lozimligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

⚡️Yig‘ilishda investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar ijrosini ta’minlash yuzasidan ko‘rilayotgan choralar haqida mas'ul xodimlarning hisoboti tinglandi.

🔗Shuningdek, ipakchilik hamda chorvachilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar ham sarhisob qilindi. Bu borada mas'ullarga tegishli topshiriqlar, ish ko'lamini kengaytirish borasida vazifalar berildi.

📌Yig‘ilish so‘ngida vazir Ibrohim Abdurahmonov to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish, chet ellik investorlarga har tomonlama yordam berish har bir xodimning eng muhim vazifasi bo‘lishi kerakligini ta’kidlab o'tdi.

❗️Bunda eng asosiy vazifa yurtimiz obodligi, aholi bandligini ta'minlash orqali migratsiya foizini kamaytirish yotadi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺“O’zbekiston24” telekanali orqali “Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligini iqlim o‘zgarishiga moslashtirish, yerlardan samarali foydalanish va sohani ilmiy rivojlantirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi” sarlavhasi ostida tahliliy reportaj efirga uzatildi.

🔗Unda Qishloq xo’jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning qishloq xo’jaligi ekinlarini iqlim o’zgarishi sharoitiga moslashtirish, yerdan unumli foydalanish hamda ilmiy rivojlanish masalalariga bag’ishlangan taqdimoti xususida so’z yuritilgan.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yo'qolib borayotgan yalpizdoshlar. Bozulbang qanday o‘simlik?

O‘rta Osiyoda antropogen va iqlim o‘zgarishi oqibatida ko‘plab noyob turdagi o‘simliklar yo‘qolib bormoqda. Xususan, yalpizdoshlar oilasi shular jumlasidandir. Ular yer yuzidagi eng yirik o‘simlik bo'lib, asosan issiq va mo‘tadil iqlimli mamlakatlarda keng tarqalgan.

📌Yalpizdoshlar oilasi Oʻzbekiston florasida ham keng tarqalgan. Jumladan, yalpiz, marmarak, kiyikoʻt, bozulbang, togʻrayhon, limonoʻt, arslonquyruqlardan tibbiyotda, oziq-ovqat, qandolatchilik va parfumeriya sanoatida foydalanib kelinmoqda.

🌱Bozulbang dorivor o‘simligi qadimdan xalq tabobatida ishlatib kelinadi. Samarqand viloyatida o‘sadigan 3 turi O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

🍀Bozulbangdan sal-shira va efir moyi olinadi. Uning Yer yuzida 46 ta, O‘zbekistonda 13 ta turi bor.

❗️Afsuski, bugun ushbu turlarining ko‘pchilik populyatsiyalari yo‘qolib ketish xavfi ostida.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🅰️👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍

Qaysi mahsulotlarni muzlatkichda saqlash mumkin emasligini bilasizmi?


🥔Kartoshka – agar kartoshka muzlatkichda saqlansa, poʻchogʻi qorayadi va yaxshi koʻrinishini yoʻqotadi. Bundan tashqari, kartoshka kraxmali asta-sekin shakarga aylana boshlaydi — ildiz mevalari shirin boʻlib, foydali moddalar yoʻq boʻlib ketadi. Kartoshkani qorongʻi hamda salqin joyda saqlash tavsiya etiladi.

🧅Piyoz – doimiy ravishda toza havo bilan taʼminlanishi kerak — uni toʻrli qoplarda sotishlari bejiz emas. Uni kartoshka bilan saqlash mumkin emas, sababi ular oʻrtasida reaksiya boshlanadi, bu esa piyozlarning toʻliq yaroqsiz holga kelishiga olib keladi.

🧅 Sarimsoqpiyoz – tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, sarimsoqpiyoz erta unib chiqadi va sovuq havoda yomonlashadi. Bundan tashqari, u ham piyoz kabi toza havoga muhtoj. Shuningdek, uni ham boshqa sabzavotlar, ayniqsa mevalar birga saqlamaslik kerak. Aks holda ularning barchasi sarimsoqpiyoz tufayli taʼmi oʻzgaradi.

🍅Pomidor – muzlatkichda saqlash uchun qo‘yilganda bu mahsulot tezda yumshaydi va foydali xususiyatlarini yoʻqotadi, ularni xona haroratida qorongʻi joyda saqlash yaxshidir.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xabaringiz bor, Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi Qashqadaryo viloyati Janubiy dehqonchilik Ilmiy–tadqiqot institutida urugʻlik gʻalla maydonlarida aprobatsiya koʻrigini oʻtkazish boʻyicha koʻrgazmali oʻquv-seminari o’tkazildi.

🔗Unda, vazirlik masʼullari, viloyat va tuman qishloq xoʻjaligi sohasi xodimlari hamda soha mutasaddilari, olim va izlanuvchilardan iborat 190 nafar vakillar ishtirok etdi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘tgan bir hafta mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyati bilan bog‘liq muhim tabdirlarning qisqacha dayjesti

Tilda, fikrda va ishda birlik – ish unumi demak

Navoiy viloyatida zararli chigirtkalarga qarshi kurash tadbirlari boshlandi

Tomchilatib sug'orish - suv tejashning samarali usuli

“Yoshlar va innovatsion qishloq xo‘jaligi” tanlovi o‘tkazildi

Toshkent viloyati: urug‘chilikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

Zamonaviy tadbirkorlikning zamonaviy boshqaruv usuli

Eksport salohiyatini oshirish — har bir hududning ustuvor vazifalaridan biri

Mavjud investitsiya loyihalarining joriy holati muhokama qilindi

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM