QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.3K subscribers
25.5K photos
2.76K videos
7 files
9.81K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Toshkent viloyati: urug‘chilikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

Xabar berganimizdek, sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijadorligi bilan tanishish maqsadida Toshkent viloyatida bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov tashrif dasturiga muvofiq, O‘rtachirchiq tumanida joylashgan “Madoniz Diamond” MChJ korxonasida bo‘ldi.

757 gektar maydonni o‘z ichiga olgan mazkur korxona asosan, paxtani qayta ishlash va urug‘lik chigit ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Bu yerda 94 nafar doimiy hamda 24 nafar mavsumiy ishchi xodimlar faoliyat olib boradi.

📌Aytish kerak, urug‘lik chigitni sifatli saqlash, saralash, tuksizlantirish, dorilash va ekish mavsumiga tayyorlash qiziq va muhim jarayonlardan biridir. Bunda sifatli mahsulot olish uchun alohida e’tibor kerak bo‘ladi.

🔗Vazir o'z navbatida korxona faoliyati bilan tanishar ekan, ayni paytda Prezidentimiz boshchiligida yurtimizda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib, qulay sarmoyaviy muhit yaratilayotgani yirik xorijiy korxonalar bilan ishlashda yangi istiqbollar ochayotganini ta’kidlab o‘tdi.

➡️Shundan so‘ng vazir mazkur korxonaning dala maydonida paxta urug‘lik chigitni ekish va uni yetishtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

:📈Tanishuv davomida mas’ullar xorijdan olib kelingan baraka urug‘larining unib-o‘sishini, shuningdek bu maydonda agrotexnik tadbirlarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirishni nazorat qilish zarurligini ta’kidlab o‘tdi. Asosiy maqsad esa, avvalo, paxtadan yuqori hosildorlikka erishishdir.

❗️Buning uchun esa, paxtani almashlab ekish, xorijdan yangi urug‘lik chigit olib kelib, sinash va ularni parvarishlash bizning bosh maqsadimizga aylanmog‘i darkor.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryoda qovun pishdi

🇺🇿 Surxondaryo viloytining Angor tumanidagi "Qodir shahb" MCHJ mirishkorlari Yuqori Tallimaron mahallasi hududidagi 9 gektar maydonga aprel oyining boshlarida “Dakara” navli qovun ekgan edi. Ayni kunlarda ilk hosillari pishib yetildi. Tez kunlarda qovun eksporti boshlanishi rejalashtirilgan.

🌻 MCHJning umumiy maydoni 41 gektarni bo‘lib, 20 gektarida bog‘ tashkil etilgan. Shuningdek, qovun, tarvuz, pomidor, kungaboqar va oshqovoq kabi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiriladi.

🍉 Investorlarning aytishicha, "Dolbi" navli tarvuzlar ham yaqin kunlarda pishib, bozor rastalaridan o‘rin oladi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyati: sohada o’rta bo’g’in mutaxassislarni taraqqiyotining muhim omili

Toshkent viloyatida ishchi tashrif bilan bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi Bo‘ka agrotexnologiyalar texnikumi faoliyati bilan tanishdi.

📌Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 2019-yilda tashkil etilgan mazkur texnikum xalqaro hamkorlikka ham keng yo‘l bergan bo‘lib, aynan 2022-2023-o‘quv yili yakuniga ko‘ra, 23 nafar yoshlar Rossiya Federatsiyasiga o‘qishga yuborilgan.

🔗Vazir Ibrohim Abdurahmonov Toshkent viloyatining qishloq xo‘jaligi tizimi uchun tayyor agronom kadrlar yetishtirib berishi lozim bo‘lgan ta’lim dargohidagi sharoitlar bilan tanisharkan, o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlashga jiddiy e’tibor qaratish lozimligini aytib o‘tdi.

✍️Dala maydonlarida ishlaydigan, bevosita ilmni amaliyotga joriy etish vazifasini amalga oshiradigan, uni amaliyotda qo‘llay oladigan kadrlarni tayyorlash eng muhim vazifa ekanligi qayd etildi.

🎓Aynan o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash uchun nafaqat bir tomonlama ilm, balki, bugun texnologiyalar, ilm va barcha amaliyotni integratsiyasi to‘g‘risida fikr yuritish zarur.

☁️Vazir shuningdek, bu yerdagi ta’mirlash ishlari, o‘quv jarayonlari yoshlar bilim olishi uchun zarur sharoit yaratish borasida o‘z takliflarini bildirdi.

Agrar soha uchun bilimli yosh agronomlar juda zarur bo‘lgan bir paytda texnikumda ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun viloyat kesimida fermer va klasterlarning ehtiyojlarini o‘rganib chiqqan holda yangi o‘quv yilidan agrar soha uchun kadrlar tayyorlashda qo‘shimcha yo‘nalishlar tashkil etish bo‘yicha o‘z tavsiyalar berildi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM