Toshkent viloyati: aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lida
🇺🇿 Joylarda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijadorligi bilan yaqindan tanishayotgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanidagi “Do‘stlik” MFYda aholi tomonidan qulupnay yetishtirilayotgan maydonda bo‘ldi.
🏠 Mahalla aholisi xonadonlarining aksariyatida issiqxona mavjud bo‘lib, asosan qulupnay yetishtiriladi. Hozirda mazkur mahallada 21 nafar yoshlarning har biriga 30 sotixdan yer ajratilgan.
❗️ Albatta, bugun yurtimizda yoshlar uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash ayni vaqtda hayotiy zaruratdir.
ℹ️ Vazir o‘z navbatida, yoshlarning tadbirkorning faoliyati bilan tanishar ekan, ekin yetishtirish texnologiyasi, hosildorlikni oshirish borasida o‘z takliflarini berib o‘tdi.
🍄 Shundan so‘ng vazir navbatdagi lokatsiya bo‘yicha, mazkur mahallada yangi texnologiya asosida qo‘ziqorin yetishtirayotgan aholi xonadonida bo‘ldi. 3 sotix maydonda tashkil etilgan mazkur issiqxonada qo‘ziqorinning “veshenka” navi yetishtirilmoqda.
📈 Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, qo‘ziqorindan yil davomida mo‘may daromad topish mumkin, bitta qopga joylangan urug‘lar 10-12 kilogrammgacha hosil beradi. Harorat mo‘tadil ushlab turilsa, mavsumga qarab, 10-15 milliongacha daromad qilish mumkin.
🗣 Vazir o‘z navbatida tadbirkorning faoliyati bilan tanishar ekan, davlatimiz rahbari boshchiligida Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirilgan davlat tashrifi davomida qo‘ziqorin yetishtirish texnologiyasi bilan tanishilganligi va buni mamlakatimizda ham joriy etish masalasini ilgari surilganini qayd etdi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kasbiga fidoiy bir qator hodimlar rag'batlantirildi
🇺🇿 Joriy yilning 7-may aloqachilar kuni munosabati bilan Raqamli texnologiyalar vazirligida sohaning rivojiga o‘z xissasini qo‘shgan xodimlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
📄 Tadbirda AKT sohasining yuksalishi hamda ravnaqi yo‘lida xizmat qilayotgan, sohaning rivojlanishiga o‘zlarining salmoqli hissalarini qo‘shib kelayotgan, Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan kompaniya va jamiyatlar, korxona va tashkilotlar, shuningdek, sohadagi xorijiy va xususiy korxonalar rahbar-xodimlari va mutaxassislari “Faxriy yorliq”, “Mohir aloqachi” faxriy unvoni, “O‘z kasbining ustasi” belgisi bilan taqdirlandilar.
✔️ Taqdirlanganlar orasida Agrar sohaga AKTni joriy qilish va raqamlashtirish departamenti boshlig‘i I.Ikramov va Elektron hukumat loyihalari va axborot xavfsizligi bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Kadirshayevlar ham bor.
🗣 Taqdirlash marosimida Raqamli texnologiyalar vaziriligi rahbariyati faoliyat olib borayotgan xodimlarni ushbu sana bilan qutlab, ularning keyingi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyati: urug‘chilikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi
✅ Xabar berganimizdek, sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijadorligi bilan tanishish maqsadida Toshkent viloyatida bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov tashrif dasturiga muvofiq, O‘rtachirchiq tumanida joylashgan “Madoniz Diamond” MChJ korxonasida bo‘ldi.
✨ 757 gektar maydonni o‘z ichiga olgan mazkur korxona asosan, paxtani qayta ishlash va urug‘lik chigit ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Bu yerda 94 nafar doimiy hamda 24 nafar mavsumiy ishchi xodimlar faoliyat olib boradi.
📌 Aytish kerak, urug‘lik chigitni sifatli saqlash, saralash, tuksizlantirish, dorilash va ekish mavsumiga tayyorlash qiziq va muhim jarayonlardan biridir. Bunda sifatli mahsulot olish uchun alohida e’tibor kerak bo‘ladi.
🔗 Vazir o'z navbatida korxona faoliyati bilan tanishar ekan, ayni paytda Prezidentimiz boshchiligida yurtimizda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib, qulay sarmoyaviy muhit yaratilayotgani yirik xorijiy korxonalar bilan ishlashda yangi istiqbollar ochayotganini ta’kidlab o‘tdi.
➡️ Shundan so‘ng vazir mazkur korxonaning dala maydonida paxta urug‘lik chigitni ekish va uni yetishtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
:📈 Tanishuv davomida mas’ullar xorijdan olib kelingan baraka urug‘larining unib-o‘sishini, shuningdek bu maydonda agrotexnik tadbirlarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirishni nazorat qilish zarurligini ta’kidlab o‘tdi. Asosiy maqsad esa, avvalo, paxtadan yuqori hosildorlikka erishishdir.
❗️ Buning uchun esa, paxtani almashlab ekish, xorijdan yangi urug‘lik chigit olib kelib, sinash va ularni parvarishlash bizning bosh maqsadimizga aylanmog‘i darkor.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM