O‘zbekiston-Niderlandiya: qishloq xo‘jaligida innovatsion bilim va ko‘nikmalar
🇺🇿 🇳🇱 Joriy yilning 18-aprel kuni Samarqand shahridagi "Hilton Garden Samarkand" mehmonxonasida Qishloq xo‘jaligiga oid texnologiyalar transferi bo‘limi hamda Niderlandiya kompaniyalari bilan birgalikda “Netherlands Fruit Solutions Uzbekistan” loyihasi yuzasidan ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
✔️ Unda viloyat fermer xo‘jaliklari, mahalliy hamda xorijiy tadbirkorlar, agrar sohada faoliyat olib borayotgan mutaxassislar, o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.
🤝 Konferensiya doirasida Niderlandiyaning "Fleuren" kompaniyasi tomonidan rezavor mevalar ko‘chatchiligi bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi hamda yurtimizdagi fermer xo‘jaliklari bilan hamkorlik qilish yuzasidan muzokaralar olib borildi.
🛫 Aytish kerak, ushbu kompaniya tomonidan yiliga 2,6 mln. rezavor mevalar ko‘chatlar 30 dan ortiq davlatlarga eksport qilinmoqda.
📈 O‘z navbatida Niderlandiyaning suv va oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha maslahatchisi Alfred Evers Niderlandiya qishloq xo‘jaligi jahonda e’tirof etilayotganligini ta’kidlab, 1 gektar rezavor mevali bog‘ dalasidan 50 tonnagacha hosil olinayotganligini va O‘zbekiston bilan taqqoslaganda bu ko‘rsatkich 4 barobarga ko‘p ekanligini ma’lum qildi.
✅ Tadbir yakunida Niderlandiyaning innovatsion qishloq xo‘jaligini o‘rganish, qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan transfer texnologiyalar bilan yaqindan tanishish, bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish maqsadida yurtimizdagi fermer xo‘jaliklarini ushbu davlatga yuborish yuzasidan kelishuvga erishildi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Душанбега давлат ташрифи доирасида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Тожикистон Республикаси Бош вазири Қоҳир Расулзодани қабул қилди.
—
В рамках программы государственного визита в Душанбе Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял Премьер-министра Республики Таджикистан Кохира Расулзода.
#Mirziyoyev #qabul #Tojikiston #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Yuqori hosildorlikka erishishda zamonaviy texnikalarning ahamiyati
ℹ️ Bugun agrar sohaga ilm va innovatsiyani, fan va texnikaning ilgʻor yutuqlarini joriy etmasdan turib, yuqori hosildorlikka erishish imkonsiz ekanligini hayotning oʻzi koʻrsatib turibdi. Bunda agrar sohaning quyi boʻgʻinida mehnat qiluvchi soha vakillarini sohada olib borayotgan ilmiy izlanish, innovatsion yangilik, fan va texnikaning eng soʻnggi yutuqlaridan xabardor qilish muhim ahamiyatga ega.
🔵 Shu bois Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamkorligida Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanidagi “TCT Cluster” MChJ hududida “Qishloq xoʻjaligida zamonaviy texnikalarni qoʻllashning afzalliklari va samaradorligi” mavzusida koʻrgazmali seminar tashkil etildi.
🌾 Dastlab seminar ishtirokchilari “TCT Cluster”ning sholini qayta ishlashga moʻljallangan zamonaviy texnologiyasi bilan tanishdi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, ushbu texnologiya Markaziy Osiyoda yagona boʻlib, sholini yetti bosqichli jarayonda qayta ishlashi bilan ahamiyatlidir.
ℹ️ O‘z navbatida, agrar sohada foydalanish uchun ishlab chiqarilayotgan zamonaviy texnologiyalarining ishlash uslubi va afzalliklari, mamlakatimiz iqlim sharoitiga qay darajada mosligi, ularning tuproq holatiga taʼsiri, bunday texnikalarni xarid qilish uchun hukumatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar haqida yetarlicha maʼlumotlar berildi.
🚜 Shuningdek, klaster hududidagi paxta dalasida ham boʻlib, bugun qizgʻin pallaga kirgan chigit ekish jarayonida foydalanilayotgan zamonaviy texnikalar bilan tanishildi.
❓ Savol-javoblarga boy tarzda oʻtgan koʻrgazmali seminarda ishtirokchilar tomonidan bir qancha takliflar ham oʻrtaga tashlanib, ularning yechimlari boʻyicha hamkorlikda ish olib borishga kelishib olindi.