QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.3K photos
2.76K videos
7 files
9.75K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Buxoro: bugungi harakat – ertangi hosil garovi

🌱Qishloq xo‘jaligida ko‘p yillik tajriba maktabiga ega Buxoro viloyati Olot tumani mirishkorlari keyingi yillarda jami 18 135 gektar yer maydonida dehqonchilik qilib kelayotgan bo‘lsalar, shundan joriy yilda 7 652 gektar yerda sanoat uchun 15 370 tonnadan ortiq paxta yetishtirish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, hududda 5 369 gektardan ortiq yerda 15 370 tonnadan ortiq sara bug‘doy yetishtirish harakati bormoqda.

Ayni kunda qulay ob-havo sharoitida, har bir quyoshli kundan foydalanib, jumladan, Denov, Paxtakor, Chorbog‘, Oq oltin, O‘zbekiston, Bahoriston, Guliston hududlarida qishloq xo‘jaligida bajarilishi lozim bo‘lgan dolzarb agrotexnik tadbirlarga bag‘ishlangan amaliy seminarlar bo‘lib o‘tdi. Denov va Paxtakor hududlaridan boshlangan o‘rganishlarda dala-dehqonchilik ishlari, g‘alla maysalarini suspenziyalash, “sharbat”lab sug‘orish, qishda “sho‘ri yuvilib”, obdon tayyorlangan yerga chigit qadash va to‘la-to‘kis undirib olish, bahorgi ish mavsumini yuqori darajada tashkillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🌾 Bahoriston hududidagi "Shukrullo O‘rinov" fermer xo‘jaligi ko‘p yildirki, 168 gektar yer maydonda dehqonchilik qilib kelmoqda. Shundan 100 gektarida paxta, 68 gektar yerda esa bug‘doy yetishtirilmoqda.

🇺🇿🇨🇳Dehqonchilik tajribasini zamonaviy ilm-fan uyg‘unligida olib borishga intilayotgan fermer xo‘jaligida ta’minotchi va buyurtmachi tomoni – "Merganteks" MCHJ paxta-to‘qimachilik klasteri hamkorligida Xitoy tajribasi asosida 45 gektar yer maydonida mahalliy iqlimga mos, serhosil, Xitoy qattiq bug‘doyi ekib parvarishlanmoqda.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Шароф Рашидов туманидаги Туёқли маҳалласида бўлиб, аҳоли турмуш шароити билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил махаллю Туёкли в Шараф-Рашидовском районе, где ознакомился с условиями жизни населения.

#Mirziyoyev #safar #mahalla #tomorqa

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шароф Рашидов тумани Туёқли маҳалласидаги хонадонлардан бирида бўлди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
O‘zbekiston-Xitoy – hamkorlikning keyingi bosqichlari belgilab olindi

🇺🇿🇨🇳Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligida Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev boshchiligidagi vazirlik mas'ul xodimlari hamda Xitoy hukumati vakillari o‘rtasida O‘zbekiston-Xitoy — Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha Hukumatlararo quyi qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi.

📹 Video-konferens-aloqa shaklida o‘tgan muloqotda O‘zbekiston–Xitoy hamkorlik munosabatlari, qishloq xo‘jaligi, ayniqsa, oziq-ovqat xavfsizligi yo‘nalishidagi qo‘lga kiritgan yutuqlari, hosildorlikni oshirishga xizmat qiladigan yangi texnologiyalarini mamlakatimizda joriy etish, agrar ta'lim masalalari muhokama qilindi.

Xususan, savdo-iqtisodiy va investitsion sohada
– Xitoy Xalq Respublikasiga iste’mol uchun mo‘ljallangan bodom va danakli mevalar (olxo‘ri, shaftoli) eksport qilish bo‘yicha fitosanitariya talablari to‘g‘risida bayonnomani imzolash masalalari.
– Qishloq xo‘jaligi sohasidagi investitsion va grant loyihalarini jadallashtirish masalalari, jumladan:
1) “Lihao Group” kompaniyasi bilan paxta chigiti urug‘chilikni rivojlantirish, ilmiy-texnologik markazini va klasterni tashkil etish loyihasi;
2) “Xinjiang Jiuyu Agricultural Development” kompaniyasi bilan makkajo‘xori urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish;
3) “Famsun” kompaniyasi bilan don saqlash sig‘imlarini va uskunalarini ishlab chiqarish;
4) “Xinjiang Tianye group” kompaniyasi bilan hamkorlikda suv tejovchi uskunalarni ishlab chiqarish loyihasini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

🌱 Bundan tashqari urug‘chilik sohasida O‘zbekiston Respublikasi ekish uchun Xitoy Xalq Respublikasidan chigit urug‘liklarini olib kelish ishlarini tizimlashtirish masalalarini muhokama qilindi.

🎓 Shuningdek, ilmiy hamkorlik hamda ta’lim sohasida ham amalga oshirilishi lozim bo‘lgan hamkorlik masalalari yuzasidan fikrlar almashildi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qishloq xo'jaligini raqamlashtirishda yangi hamkorlik

Bugun Qishloq xo'jaligi vazirligi mas'ul xodimlari Koreya Respublikasi Qishloq jamiyati korporatsiyasi (KRC) vakillari bilan uchrashdi

📌Unda ODA liniyasi boʻyicha “O‘zbekistonda AKT asosida yerdan foydalanish nou-xau salohiyatini kuchaytirish va qishloq xo‘jaligi ma’lumotlar bazasini mustahkamlash” grant loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida muhokama protokoli loyihasi muhokama qilindi va imzolandi.

Uchrashuv yakunida ushbu hamkorlik oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda hamda qishloq xo‘jaligi sohasiga zamonaviy ilmiy-yondashuvlarni olib kelinishida debocha bo‘lib xizmat qilishi alohida qayd etildi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM