QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.3K subscribers
20.3K photos
2.56K videos
7 files
8.6K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Linkoln qo'ylari haqida eshitganmisiz?

🇬🇧Linkoln qo‘y zoti – go‘shti va juni uchun boqiladigan yarim mayin junli to‘qol qo‘ylar. XVIII–XIX asrlarda Angliyaning Linkoln grafligida jaydari qo‘ylarni Leyster qo‘chqorlari bilan chatishtirib chiqarilgan. Qo‘chqorlari 130– 190 kg, sovliqlari 80–90 kg.

🐏Qo‘chqorlari yiliga 9–10 kg, sovliqlari 6–6,5 kg jun beradi. Junining uzunligi 20–30 sm, bir xil, rangi oq, ipakdek tovlanuvchan, pishiq, 55–65% sof jun chiqadi. Tolasining ingichkalik sifati 36–44. 100 sovliqdan o‘rtacha 120 qo‘zi olinadi.

XX asrning 60-yillarida O‘zbekistonda Parkent va Ohangaron tumani xo‘jaliklarida Linkoln qo‘y zoti ishtirokida jaydari qo‘ylar negizida go‘sht-jun yo‘nalishidagi duragay va murakkab duragay (Linkoln qo‘y zotini merinoslar bilan chatishtirish orqali yaratilgan) qo‘ylar olindi va ko‘paytirildi, go‘shtdor-jundor O‘zbekiston qo‘y zotini yaratish va uni takomillashtirish ishlari boshlandi.

➡️Bu duragay qo‘y jaydari qo‘ylarga qaraganda 2–2,5 marta ko‘p jun beradi, uzunligi 13–16 sm.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Chigit ekish mavsumi uyushqoqlik bilan o‘tkaziladi

🟢Namangan viloyati Namangan tumanidagi “Toshbuloq Teks” paxta-to‘qimachilik klasterida "2024-yilgi paxta hosili uchun chigit ekish mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish yuzasidan viloyat ko‘rgazmali seminari" bo‘lib o‘tdi.

🟡Tadbir ishtirokchilari dastlab klasterning “Guldrov” hududidagi dalasida chigit ekishni boshlash uchun yer tayyorlash va pushta olish, ariqlarni betonlash, g‘alla parvarishi, o‘g‘itlash va dala chetlariga tut, uzum, terak ko‘chatlari, shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi ekinlari ekish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

🔵Seminarda 2024-yil hosili uchun g‘allachilikda belgilangan agrotexnika tadbirlarini o‘z vaqtida bajarish, yerga chigit qadash ishlarini tez va sifatli amalga oshirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlarini turli kasallik, zararkunanda hasharotlardan himoya qilish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Сайхунобод тумани Иттифоқ маҳалласида бўлиб, томорқа ва уй хўжаликлари билан танишди. Шу билан давлатимиз раҳбари ташрифни якунлаб, Тошкентга қайтиб келди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил махаллю Иттифок Сайхунабадского района, где ознакомился с приусадебными и домашними хозяйствами населения. На этом глава государства завершил поездку и вернулся в Ташкент.

#Mirziyoyev #safar #Sirdaryo #mahalla

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Сайхунободдаги Истиқлол маҳалласида намунавий томорқа хўжалиги билан танишди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Sohani raqamlashtirish ish sifatini oshiradi

🟡Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazida tizimdagi nav sinash stansiya va uchastkalari rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda bugungi kunga qadar amalga oshirilayotgan ishlar to‘xtalib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish borasida bir qator ishlar muhokama qilindi. Jumladan, 10 kun ichida ichki ariqlarni betonlashtirish ishlarini tugatish, dala atroflarini obodonlashtirish hamda 1000 donadan mevali, manzarali buta va gul ko‘chatlarini ekish bo‘yicha topshiriq berildi.

🟢O‘z navbatida, sohani tizimli ravishda raqamlashtirish, topshiriqlarni o‘z vaqtida va samarali tashkil etish orqali yer egasining ishini yanada osonlashtirish mumkinligi qayd etildi. Bunda eng asosiysi hozirgi holatni buzmagan holda, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar ko‘lami belgilab olindi.

💻Yig‘ilish yakunida tizimni raqamlashtirishni yanada tezlashtirish hamda ish unumini oshirish maqsadida markaz tizimidagi stansiya va uchastka rahbarlariga kompyuter to‘plami topshirildi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📈Qishloq xo'jaligi vazirligining rasmiy sahifalari orqali biz doimiy ravishda hududlardagi dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining minimal va maksimal narxlari to'g'risida ma'lumot berib boryapmiz.

Mazkur infografika orqali 2024-yil 14-mart holatiga ko’ra, meva va sabzavotlarning hududlardagi narxlari bilan tanishishingiz mumkin.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM