QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.2K photos
2.56K videos
7 files
8.58K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Xalqaro munosabatlar, investitsiya va innovatsiyalar

🟢Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida boshqaruv ishlarini samarali tashkil etish hamda tizim tashkilotlari bilan integratsiyani kuchaytirish maqsadida joriy yilning 13-fevral kuni “Statistik va tahliliy ma’lumotlarni sifatli tayyorlash va o‘zaro integratsiyani kuchaytirish” mavzusida Xalqaro hamkorlik va reytinglar boshqarmasi hamda Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish va innovatsiyalarni joriy etish departamenti boshchiligida o‘quv amaliy seminari o‘tkazildi.

Seminarda Tashqi ishlar vazirligi, Investiyalar, sanoat va savdo vazirligi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti, vazirlik tizim tashkilotlari hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar Qishloq xo‘jaligi boshqarmalaridan 50 ga yaqin xodim ishtirok etdi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Андижон вилоятига ташриф буюрди. Ташриф дастурининг биринчи манзили “Асака текстиль” кластерининг тўқимачилик корхонаси бўлди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл в Андижанскую область. Первым пунктом в программе поездки стало предприятие текстильного кластера "Асака текстиль".

#Mirziyoyev #safar #Andijon #tuqimachilik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Асакадаги йирик тўқимачилик корхонаси билан танишди ва жамоа билан суҳбатлашди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
O‘zbekiston va Britaniya qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini yanada rivojlantirish sohalarida hamkorlik qiladi

🇺🇿🤝🇬🇧O‘zbekistonning Londondagi elchixonasida Buyuk Britaniya Biznes va savdo vazirligi yetakchi mutaxassisi Svetlana Kolliyer, Qishloq xo‘jaligi va genetika texnologiyalari tashkiloti huzuridagi (UK TAG) Agrotexnologiyalar eksporti jamiyati direktori Kris Jekson hamda “Export Certification Limited” (UKECP) kompaniyasi veterinariya bo‘yicha maslahatchisi Rob Grinnall bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🟢 Britaniya vakillari UKTAG va UKECP faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot taqdim etdilar. Shuningdek, chorvachilik metodologiyasi, genetikasi va agrotexnologiyalar sohalarida O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga qiziqish bildirildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi, xususan chorvachilik sohalari xodimlarining malakasini oshirishda o‘zaro tajriba almashish, onlayn trening va maslahatlashuvlarni o‘tkazish taklifi ilgari surildi.

🟢Tomonlar joriy yil iyul oyida Britaniyaning Malvern shahrida bo‘lib o‘tadigan "NSA Sheep Event" xalqaro ko‘rgazmasida o‘zbek fermerlari hamda hamkor tashkilotlarining ishtirokini tashkil etish masalalarini ham muhokama qildilar.

🤝Uchrashuv yakunida “Export Certification Limited” kompaniyasining veterinariya bo‘yicha maslahatchisi Rob Grinnallning shu yil 5-6-mart kunlari O‘zbekistonga ishchi safarini uyushtirish yuzasidan kelishib olindi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😄 "UzA" axborot agentligi rasmiy sahifasi orqali "Havoning keskin sovishi ertapishar hosillarga qanday taʼsir qiladi? (+video)" sarlavhasi ostida tahliliy reportaj e'lon qilindi.

🇺🇿 Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlangan mazkur materialda mamlakatimizga kirib kelayotgan sovuq havo oqimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga qay darajada ta'sir qilishi va ularni asrash borasida bir qator taklif va tavsiyalar berilgan.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston-Tojikiston: agrar sohadagi hamkorlik mustahkamlanmoqda

🇺🇿🤝🇹🇯Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev boshchiligidagi delegatsiya ishchi tashrif bilan Tojikiston Respublikasida bo‘lib turibdi.

🟢Tashrif doirasida delegatsiya a'zolari Tojikiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyati va agrar soha tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashdi.

📈Uchrashuvda so‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi yaqin qo‘shnichilik va hamkorlik munosabatlari agrar sohada ham tobora mustahkamlanib borayotgani qayd etilib, qishloq xo‘jaligi sohasida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

📌Shuni alohida ta'kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-11-iyun kunlari Tojikiston Respublikasiga oliy darajadagi tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarga asosan O‘zbekiston – Tojikiston “Do‘stlik bog‘i”ni barpo etish belgilangan edi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM